O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Chili viloyat qattiqbargli o‘simliklari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Chili viloyat qattiqbargli o‘simliklari 
Chilining qattiqbargli sklerofill o‘simliklarining jamoasi shimoliy 
yarimshardagi shunday jamoalardan farqlanadi. Ekinlar landshafti O‘rtayer 
dengiz atrofi landshafti bilan o‘xshash. Bu yerlarda ham ispan istilochilari 
keltirgan ekinlar ekiladi. Chili viloyatida hozir katta maydonlarda o‘tloqlar 
ko‘p, ularda soyasi siyrak akatsiya (Acacia caven) o‘sadi. Qurg‘oq sharoitli 
o‘rmonlarida litrea (Lithraea caustica), sumaxdoshlar (Anacandiaceae) oilasi 
o‘simliklari; ra’nodoshlardan sovundaraxt (Quillaja saponaria), Monimiaceae 
oilasidan urug‘lari iste’mol qilinadigan penmus boldo (Penmus boldus), 
lavrdoshlar oilasining vakillariCrytocarya rubra vaBeilschmeidia miersii ko‘p 
uchraydi. Butalarning ko‘pchiligi murakkabguldoshlar, toshyorardoshlar, 
sutlamadoshlar, bereskletdoshlar hamda Flacourticeae oilasining tropiklardagi 
vakillariga mansub. Valparasmo shahrining yaqinida Chilida yagona endem 
fil 
palmasi 
(Jubaea 
spectabilis
o‘sadi. 
Erica, 
 


70 
rutavamirtaturkumlariningo‘simliklaribuhududdayo‘q. Puya turkumining 
o‘simliklari ko‘p tarqalgan. Chilida sklerofill o‘simliklarning jamoalari 
tog‘larning 1400 m balandliklarigacha ham ko‘tarilib boradi. Eng yuqorilarida 
uning tarkibida janubiy Amerika, Alpning shag‘alli joylarida tarqalganturlar 
bor. Ulardan nastursiya (Tropaeolum)va kalseolyariya (Calceolaria
Evropada bog‘ sharoiti va xonada o‘stirishadi. Tog‘larda sarvqomat 
avstrotsedr (Austrocedrus chilensis) bag‘oyat chiroyli ko‘rinishni hosil qiladi. 
Kap viloyat o‘simliklari 
Janubiy Afrikaning eng quyi qismidagi qishi yomg‘irli o‘tadigan, uncha 
katta bo‘lmagan hududni egallagan Kap viloyati o‘ziga xosligi bilan ajralib 
turadi. Kap floristik olami florasi jihatidan juda ham xilma xil. Ma’lumotlarga 
ko‘ra uchlamchi davrdayoq bu erda lavrli o‘rmonlar bo‘lgan, ular iqlim 
o‘zgarishi, qurg‘oqchilik ta’sirida yo‘qolgan, o‘rniga terisimon, qattiq 
barglilar kelgan. Ularni orasida jadal rivojlangan turlari bor. Masalan, Erica 
turkumining turlari 600 dan ko‘proq, istoddoshlar oilasidan Muraetiaturkumi-
115, ra’nodoshlardan Cliffortia turkumi-118 turdan iborat. Kap viloyati 
florasining o‘ziga xos tomoni faqat uni hududidagina tarqalganlari ko‘p turni 
tashkil qiladi. Shundaylar qatoriga Restionaceae, Protoaceae oilalari 400 dan 
ortiq turlarga ega. Ular orasida Protea turkumining turlari ayniqsa ko‘p. Kap 
viloyatida bo‘yi 4 metrlargacha etadigan butalar ularni orasida balandligi 15 
metrlar atrofidagi daraxtlar bor. Bunday joylarni finbosh deb atashadi. O‘tkir 
xidli ninasimon bargli rutadoshlardanBorosmia, Agathosma, Phyeica, 
Ornithogalumturkumlarining turlari bilan birga kap orxideyasi (Disa) ham 
keng tarqalgan. Kap viloyati ma’lum va mashhur manzarali o‘simliklar: 
pelargoniya (Pelargonia), sparmanniya (Sparmannia africana),Amarillus 
vaClivia turkumlarining turlarini vatani hisoblanadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling