O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
-MAZU: MO`TADIL ILIQ HUDUDLARNING NAMLI, LAVRLI
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Усимликлар географияси мажмуа.
6-MAZU: MO`TADIL ILIQ HUDUDLARNING NAMLI, LAVRLI
O`RMONLARI Reja 1.Kanar orollarining lavrli o`rmonlari. 2.Sharqiy Osiyoning lavrli o`rmonlari 3.Shimoliy Amerikaning lavrli o`rmonlari. 4.Kaliforniyaning mamaont daraxtli o`rmonlari. 5.Avstraliya Tasmaniya va Yangi Zellandiyaning namli o`rmonlari. 72 Qit’alarning sharqiy tomoni tumanli, yozi quruq, yog‘ingarchiligi kam bo‘lib qattiqbargli o‘simliklar jamoasiga namli turli o‘rmonlar tutashadi. Bu hududlarda tropik namli (yomg‘irli) va yozgiyashil bargli o‘rmonlarning oralig‘idagi xolat-o‘rinni egallaydigan o‘rmonlar joylashgan. Ularning floristik tarkibi juda boy va asosan doimoyashil o‘simliklardan iborat. Bu daraxt va butalarning barglari tropik yomg‘irli o‘rmonlardagidan ancha mayda va ko‘pincha tig‘iz, terisimon bo‘lib lavr yaprog‘ini eslatib unga o‘xshab keng yaproqli ninabarglilardan araukariyadoshlar (Araucariaceae)va podokarpadoshlar (Podocarpaceae), shimoliy yarimsharda esa taksodiyadoshlar (Taxodiaceae) tarqalgan. Bu yerda lianalar va efipitlar, bananlar yo‘q. Namli va lavrli o‘rmonlarning hammasi sistematikasidan o‘zaro alohidalashgan uchlamchi davrda yoki undan ham ilgari shakllangan qadimgi turlardan iborat. Bunday o‘rmonlar turli floristik olamlarda uchraydi ularning shakllanishi ham turlicha tarzda ro‘y bergan. Ilgarilari lavrli o‘rmonlar bo‘lgan hududlar hozir allaqachonlardan beri yo‘q qilinib madaniy xolga keltirilgan. Osiyoda bunday hududlarda hozir choy (Theasinensis)keng tarqalgan. Mo‘tadil iliq hududlarning namli va lavrli o‘rmonlari materiklarning yomg‘irga boy sharqiy hududlari hisoblanadi. Shunday tipdagi o‘rmonlar Florida, Avstraliya, Tasmaniya va Yangi Zellandiyada, avvalo Sharqiy Osiyoda bor. Bunday o‘rmonlarni mavjud bo‘lishi uchun yil davomida havoning namligi yuqori bo‘lishi xatto u suv bug‘lari bilan to‘yingan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari qish ham muzlamalarsiz bo‘lishi kerak. Xuddi shu talablarga Qoradengizning sharqiy qirg‘og‘i, janubiy Amerikaning tog‘li okean qirg‘og‘i, Tasmaniya va Yangi Zellandiya javob beradi. Bu hududlarda yog‘ingarchilik ko‘p xollarda qishda ro‘y berib uning miqdori yiliga 2500 mm ga boradi. Yozning ikki oyida yomg‘irlar yog‘maydi. Materiklarning sharqiy qirg‘og‘i passat va mussonlar ta’siridaligidan bu erlarda yilning iliq davrlarida yog‘in ko‘p yog‘adi. Bunday iqlim Sharqiy Osiyoning katta hududlari (Xitoy, Yaponiya) uchun xos. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling