O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Qoraqayinli o‘rmonlar. Markaziy Evropadagi barcha tipdagi 
o‘rmonlar ichida qoraqayinlisi muhimi hisoblanadi. Uning tarqalgan areali 
O‘rtagerman tog‘larini va O‘rta dengizning yuqori tog‘ mintaqalarini o‘z 
ichiga oladi. Qoraqayinlar suv va oziq moddalar o‘rtacha ta’minlangan 
joylarda, deyarli barcha tipdagi o‘rmonlarda tarqalgan. Bu zichbargli 
o‘rmonlar katta kollona-ustunli zalni eslatib ulardan tuproqqacha 2%dan ko‘p 
bo‘lmagan yorug‘lik etib boradi xolos. SHu boisdan bu joyda soyasevarlar 
o‘sadi. Daraxtlar barg yoza boshlaganda ularning ostida boshoqlilar ko‘p 
o‘sadi, ular bilan birga melisa (Melica iniflora) va elma (Elmus 


82 
europaeus,=Hordeum enropaeus) hamda ko‘p yillik o‘tlar va paparotniklar 
ham bor. Balandlik mintaqalari va mahalliy sharoit xususiyatlariga qarab 
qoraqayinli o‘rmonlar turli variantlarda uchraydi. Perlovlikli o‘rmonlar avvalo 
Baltika qirg‘oqlarida, chimli-karbonatli tuproqlarda tarqalganlari Tyuringi
SHvab Albe, Shveysariya Yure hamda Ohakli Alda o‘sadi. Bu o‘rmonlarda 
orxideyalar va issiqsevar aralash emanli o‘rmonlar ham bor. Markaziy 
Evropaning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy hududlarida doimoyashil o‘simliklar 
masalan, dafna (Daphne laureola) va sutlama (Euphorbia amygdalides) ham 
o‘sadi. 
Eman-grabli o‘rmonlar. Oziq moddalari tuproqda etarli bo‘lgan 
tekisliklar va qiyaliklarda va biroz iliq joylarda eman-grabli o‘rmonlar bor. 
Eman-grabli o‘rmonlarni Quericus robusvagrab oddiylisi (Carpinus betulus
ga farqlanadi. Ular zax tuproqlarda sizot suvli joylarda tarqalgan. Eman-grabli 
o‘rmonlar odamlar tomonidan ko‘p asrlar davomida jadal foydalanib 
kelingan. Hozirgi ko‘rinishida chorva mollari ko‘p boqilgani, o‘rmon 
xo‘jaligida past yoki o‘rtacha darajada ishlar olib borayotganligi yaqqol 
seziladi. Mahalliy aholi dehqonlar o‘rmoni ham deyishadi. Bu o‘rmonlarning 
floristik tarkibi ancha boy. Bu erda yuqorida aytilgan daraxtlar bilan birga 
zarang (Acer platanoides), gilos (Cerasus avium) o‘sadi. Buta o‘simliklar 
odatda ko‘p ular orasida do‘lana (Crataegus), kornus (Cornus), namatak 
(Rosa) turkumlarining turlari ko‘p o‘sadi. Daraxtlar barg yozayotgan davrda 
er ustidagi o‘simliklar ancha qalin bo‘ladi. Ularning orasida marvaridgul 
(Convalaria majalis), melampir (Melampyrum nemorosum), stellariya 
(Stellaria holostea), galum (Galium sylvaticum) boshqalaridan ko‘p tarqalgan.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling