O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Qandog‘och-shumtolli o‘rmonlar. Daryo va daryochalarning 
qirg‘oqlarida tarqalgan eman-qayrag‘ochli o‘rmonlar tog‘li hududlarga 
borganda qandog‘och-shumtolli bilan almashadi. Kvars tog‘ jinsli tog‘larda 
asosan qandog‘ochning turlari keng tarqalgan. Bu joylar uchun tog‘larga xos 
o‘simliklar masalan, buten (Chaerophyllum hirsutum) va akonit (Aconitum 
variegatum) xarakterli. Agar o‘rmonlar pastroqda joylashgan bo‘lsa, allyuvial 
tuproqlarga xos stellariya (Stellaria nemorium) va strausnik (Matteuccia 
struthiopteris) ko‘p o‘sadi. Kulrang qandog‘ochli o‘rmonlarda odatda kulrang 
shumtol (Salix elegans), petasi turlaridanPetasites hibridus va P.albus, 
Carduns personata ko‘p uchraydi. Daryo qirg‘oqlari va buloqlarning 
atroflarida, oziq moddalar tuproqda ko‘p bo‘lgan joylarda shumtolli 
o‘rmonlar mavjud. Bu o‘rmonlarda iloq (Carex remota) va stellariya 
(Stellaria alsine), xrizosplen (Chrysosplenium) boshqalaridan keng tarqalgan. 
Botqoqliklardagi qandog‘ochli va oqqayinli o‘rmonlar. 
Botqoqliklardagi o‘rmonlar deyarli istisnosiz qandog‘ochning turlaridan 
iborat. Ular sizot suvi yaqin, oziq moddalari ko‘p bo‘lmagan, juda sernam 
joylarda o‘sadi. Qandog‘ochli o‘rmonlar oziq moddalarga boy suv xavzalarini 
o‘simliklar bilan qoplanishiga o‘tishi, almashinishi uchun oraliq zveno bo‘lib 
hisoblanadi. Bu o‘rmonlarning daraxtli qavati istisnosiz qandog‘ochdan 
(Alnus glutinosa) iborat. Ularni ostidagi past bo‘yli daraxtlar va butalardan 
iborat qismda frangula (Frangula alnus), qora smorodina (Ribus nigrum) va 
ko‘proq oqqayin (Betula pubescens) tarqalgan. O‘tlar qavati faqat namsevar 
o‘simliklar ituzum (Solanum dulcamara), nozik yaproqli botqoq drioterisi 
(Dryopteris thelypteris), va ro‘vak (Calamagrostis canescens) kabi 
o‘simliklardan iborat. Zax o‘rmonlarda suv xavzalarini o‘simliklar bilan 
qoplanib ketishiga olib keladigan iloq (Carex acutiformis), sapsargul (Iris 
psendocorus) va gorichnikdan (Pencedanus paeustre) iborat. Shimoliy-
sharqiy hududlarda gunafshalar (Viola epipsilavaV.uliginosa) ham tarqalgan. 
Tuproqdagi oziq moddalari kam bo‘lgan joylarda oqqayinli botqoqliklar 
mavjud. Bunday o‘rmonlarning tuproq usti qavatida botqoqni o‘t o‘simlik 


85 
bilan qoplanishiga olib keladigan torf moxi (Sphagnum recurvum), 
eriforumlar (Eriphorum vaginatumvaE.polystachyn) va vassinum (Vaccinium 
uliginosom) o‘sadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling