O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


O‘rta Sibirning oqqayinli o‘rmonlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

O‘rta Sibirning oqqayinli o‘rmonlari 
Tayga bilan cho‘l orasida Uraldan to Oltoygacha ensiz ko‘rinishli 
oqqayinli siyrak o‘rmonlar joylashgan. Uning eng yaxshi ifodalangani Irbit 
bilan Tyumen va Kolыvan orasida namoyon bo‘lgan. Bu joylarning iqlimi 
qishda sovuq bo‘lsa ham, kontinental deb hisoblash mumkin. Qisqa va iliq 
vegetatsiya davri xazonrezgili o‘rmonlarni rivojlanishiga imkon beradi. Yillik 
yog‘in o‘rtacha 400 mm, yanvarning o‘rtacha harorati -20
0
S, iyulniki +20
0

ga yaqin. Bu hududdagi o‘rmonlar ancha siyrak, istisnosiz ravishda 
oqqayindan iborat. Ulardan shoxlari egilgan oqqayin (Betula pendula), quruq, 
paxmoq oqqayin (B.pubescens) ancha nam joylarda tarqalgan. Oqqayin 
o‘sgan joylarda doimo terak (Populus tremula) ham o‘sadi. O‘rmonning 
chekkasida tol (Salix) turkumining turlari ham uchraydi. O‘rta Sibirning 
oqqayinli o‘rmonlarini pastki qavatida Markaziy Evropada tarqalgan 
o‘simliklar uchraydi. Ular orasida andiz (Inula salicina), platantera 


88 
(Platanthera bifolia), zo‘rcha (Silena nutans), kupena (Polygonatum 
officinale), dafna (Daphne mezereum), navruzgul (Primula elatior) ko‘p 
o‘sadi. 
Sharqiy Osiyoning yozgi yashil o‘rmonlari 
Sharqiy 
Osiyoning 
yozgiyashil 
o‘rmonlari 
ham 
insoniyat 
madaniyatining qadimgi markazlaridan Yaponiya va Xitoy xalqlarining 
ta’sirida Evropadagidan ham kuchliroq ta’sirga uchragan. Manjuriya floristik 
viloyatining katta hududlarida hozir o‘rmonlar butunlay yo‘q qilib yuborilgan. 
Ularni o‘rnida hozir “Amur preriyasi” deb ataladigan katta maydonlar 
mavjud. Muqaddam kedr qarag‘ayidan iborat bo‘lgan o‘rmonlarni ayovsiz 
kesish natijasida qorabosh shmit (Carex schmiotii) va shu kabi o‘t 
o‘simliklardan iborat o‘tloqlar hosil bo‘lgan. SHunga qaramay Amur viloyati 
va Uzoq Sharq o‘lkasida katta maydonlarda xali insonning salbiy ta’siri 
bo‘lmagan o‘rmonlar saqlanib qolgan. Rossiyaning Uzoq Sharqida, Koreya, 
Xitoyning shimoliyada va Yaponiyada Shimoliy Amerikaning o‘rmonlariga 
xos turlar ko‘p. Bu hududlarda aralash o‘rmonlar ko‘p bo‘lib, ularning 
tarkibini asosan nibarglilar tashkil qiladi. Bu o‘rmonlarda magnoliya 
(Magnolia) turkumlarining turlari ayniqsa M.stellata boshqalaridan ko‘p 
uchraydi. Bundan tashqari tut (Morus), aylant (Ailanthus altissima), 
tikandaraxt (Gleditschia), gamamelis (Hamamelis), siren (Syringa) hamda 
past bo‘yli bambuk ko‘p o‘sadi. Markaziy Evropadagi kabi o‘rmonlarni hosil 
bo‘lishida eman, qayrag‘och, jo‘ka va grab ko‘p sondagi turlari bilan 
qatnashadi. Sharqiy Osiyo o‘rmonlari uchun rutadoshlar oilasidan Amur 
barxati (Phellodendron amurense), ussuriya noki (Pyrus ussuriensis), 
lespedeza (Lespedeza), chubutnik (Phyladelphus), aktinidiya (Actinidia), 
limonnik (Schizandra) turkumlarining turlari, araliyadoshlardan akantopanaks 
(Acanthoponax sessilifolia), yovvoyi qalampir (Elentherococcus senticosus
xarakterli hisoblanadi. Yovvoyi qalampirni hozir jen-shen o‘rnida ko‘plab 
ekib o‘stiriladi. Buta o‘simliklarning florasida Evropada ma’lum bo‘lgan 
uchqat (Lonicera), ramnus (Rhamnus), normushk (Euonymus), do‘lana 


89 
(Crataegus) va yovvoyi mevalarning turlari tarqalgan. CHirmashib o‘sadigan 
poyasi yog‘ochlashib ketgan lomonos (Clematis) turlari, aktinidiya 
(Actinidia), selastris (Celastris), pierariya (Pyeraria) bilan bir qatorda yapon 
gigant chirmovig‘i (Cuscuta) kabilar bu o‘rmonlarni o‘tib bo‘lmaydigan xolga 
keltirgan. Qishning sovug‘i qattiq bo‘lganligidan bu o‘rmonlarda qishda 
yashilligini saqlaydigan o‘simliklar yo‘q. O‘t o‘simliklar floristik jihatidan 
juda boy va yaxshi rivojlangan. Bu hududlarning shimoli va janubdagi iqlim 
farqlanganligidan o‘t o‘simliklarning turlarini tarkibida katta farqlar bor. Erta 
bahorda gullaydigan erantusdan (Eranthis stellaria) keyin pufanak (Anemone 
amurensis) va yozda gullaydigan bir qator o‘simliklar gullaydi. O‘tloq 
boshoqdoshlarining orasida baland bo‘yli o‘simliklar ham bor. Gigant o‘t 
qoplamini bug‘doyiqamish (Calamagrostis langsdorffii). Yaponiyada 
tarqalgan eng baland miskantus (Miscanthus) va keng yaproqli arundinella 
(Arundinella anomala) tashkil qiladi. Turli o‘simliklardan iborat bag‘oyat 
chiroyli gullaydigan o‘tlar o‘tloqlarga go‘zallik bag‘ishlaydi. Bu davrda 
gemerokalis 
(Hemarocalis 
minor), 
trollis 
(Trollius 
ledebauris, 
T.macropetalis), lixnis (Lychnis filgens), sariq gullari bo‘lgan, qizilpoycha 
(Hypericum ascyron) va sapsargul (Iris kaempferi) juda chiroyli ko‘rinadi. 
Daur liliyasining bo‘yi bir yarim (Lilium danuricum) metrlarga boradi. 
Gullagan davrida b erlarda uchraydigan pedikularis (Pedicularis), filipendula 
(Filipendula), astra (Astra) turkumlarining turlari ayniqsa chiroyli bo‘ladi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling