O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

O‘rmonlarning tiplari. Mo‘g‘il emani (Quercus mongolica), daur 
tilog‘ochi (Larix dahurica), oqqayinning Betula platyphyllava B.dahurica 
turlaridantashkil topgan o‘rmonlarni Blagoveshensk yaqinida baykalorti 
ninabargli o‘rmonlar almashtiradi. Bu o‘rmonlarni buta qavatida Manjuriyaga 
xos turlar, xususan o‘rmon yong‘og‘i (Corylus heterophylla) uchraydi. Eman-
tilog‘ochli aralash o‘rmonlar sharqqa borgan sari Blagoveshenskdan yakka 
emanli o‘rmonlarga aylanadi. Ularni orasida mo‘g‘il emani boshqa 
daraxtlarsiz kichik Xingandan to Koreyagacha boradi. Bunday o‘rmonlarning 
tagida pastki qavatda pion (Paeonia aebiflora), astilbe (Astilbe), veratrum 


90 
(Veratrum), gemerokalis (Hemerocalis) turkumlarining turlari hamda, pushti 
gullaydigan daur rododendroni (Rhododendron dahuricum) chiroyli gullari 
bilan ko‘zga tashlanadi. Sixote-Alin tog‘larida bu o‘rmonlar odamlarning 
faoliyatini ta’sirida qimmatli yog‘ochli va Sibir qarag‘aylari bilan almashgan. 
Ularni orasida oqqarag‘ay (Abies holophylla) boshqa daraxtlardan baland 
o‘sib turadi. Sibir qarag‘ayidan tashqari bu erda tiss (Raxus cuspidata) ham 
o‘sadi. Butalardan aktinidiya (Actinidia arguta) uzoq Sharqdagi eng katta 
liana hisoblanib, uning tanasini qalinligi 16 sm gacha etadi. O‘rmonning 
pastki o‘t qavatida qadimdan dorivor sifatida foydalanib kelingan o‘simlik 
jen-shen (Panax schin-seng) uchraydi. Uning tarqalish areali dengiz 
qirg‘oqlarining yaqinidan to Xitoyning va Koreyaning shimoliy qismlarigacha 
boradi. Sharqiy Osiyo yozgiyashil bargli o‘rmonlarning barcha tiplarini 
orasida zarang turkumining turlariga boy o‘rmonlar eng taniqlisi, mashhuri 
hisoblanadi. Uning ko‘p qavat yog‘ochli qatlami zarangning ko‘plab 
turlaridan tashkil topgan. Masalan,Acer monoba A.gunnala, yo‘g‘on tanali 
jo‘kalar (Tilia amurensis, T.taquetii), qayrag‘och (Ulmus propinqua), 
manjuriya yong‘og‘i (Juglans manshurica), oqqayinlar hamda Amur barxati 
keng tarqalgan. Bunday o‘rmonlar vodiylardagi tog‘ daryolarning 
yonbag‘irliklariga xos. Ular o‘sadigan tuproqlar oziq moddalarga boy. Butalar 
orasida Yevropa o‘rmonlarida keng tarqalganlaridan beresklet (Euonymus), 
ramnus (Rhamnus), filadelfis (Phyladelphus) turkumlarining turlari keng 
tarqalgan. Butalar ichida manjuriya yong‘og‘i (Corylus manschurica) ayniqsa 
ko‘p uchraydi. Primare o‘lkasida chumchuqtol-yasenning (Fraxinus 
rhynchophylla), kashtan (Castania crenata), lavrli o‘rmonlardan kirib kelgan 
yapon stirkasi (Styrax japonica) ham o‘sadi. Bu o‘rmonlarda lianalar ham 
o‘zining o‘rniga ega. Ulardan Xitoy limonnigi (Schizandra chinensis), amur 
uzumi (Vitus amurensis) va aktinidiyani (Actinidia) alohida qayd etish lozim.
O‘t o‘simliklardan iborat qavat floristik jihatidan juda boy. Bu o‘rmonlarga 
xos neottiya (Neottia asiatica), paris (Paris) turkumining ko‘plab turlari, 
ayniqsa paparotniklar, masalan adiantum (Adiantum pedatum) ko‘p o‘sadi. 


91 
Qoraqayinli o‘rmonlar faqat Koreya va YAponiyaning o‘rtacha 
balandliklardagi tog‘larda o‘sadi. Yaponiyadagi qoraqayinli o‘rmonlar 
asosanFagus crenata turidan Koreyadagilari unga qarindosh qoraqarag‘aydan 
(F.multinervis) iborat. Sharqiy Osiyoda Yevropadagi kabi daryolarning 
quyilish qismidagi ayniqsa Kamchatka va Saxalinda flora uncha boy emas, u 
o‘ziga xos xususiyatli. Bu yerdagi tolzorlar orasida o‘t o‘simliklar barq urib 
o‘sadi. Ulardan angelika (Angelica ursina), filipendula (Filipendula 
kamtschatka) va bo‘yi 2,5 metrlargacha boradigan petasit (Petasites 
japonicus) hamda 4,5 metrli gigant xeraklium (Heracleum dulce) keng 
tarqalgan. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling