O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

DENGIZ O‘SIMLIKLARI 
Yer sharining 71 %dan ko‘proq yuzasini okeanlar va dengizlar 
egallagan. Dengiz-bizning planetamizdagi hayotning ulkan joyi hisoblanadi. 
Dengiz, atmosfera va quruqlik orasidagi aloqadorliklarning muhimligi 
allaqachonlar tan olingan. Shunga qaramay dengizlarni tadqiq etish XX asrga 
kelib jadal ravishda olib borila boshlagan. Undagi tirik organizmlar haqidagi 
dastlabki ma’lumotlar 1772-1775 yillari “Rezolyushn” kemasida Jeyms Kukk 
va I. G. A. Forsterning dunyo bo‘ylab ikkinchi sayohati ma’lumotlarida Tinch 
okeanidagi dengiz yuzasini yaltirashi, korall riflari haqidagilardan ma’lum. 
1815-1818 yillari “Ryurik” kemasi dunyo bo‘ylab sayohatida uning kapitani 
O. E. Kotsebu birinchi marta fotometrik tadqiqotlarni olib borgan. Bu kemada 
bo‘lgan nemis olim-tabiatshunos A. Shamisso ochiq okeanning hayvonlari va 
o‘simliklarini tavsiflagan. Biologik tadqiqotlarning davomi CH. Darvin, K. G. 
Edenburg, E. Forbsa, Dj. Merrey, V. Genzen, E. Gekkel, Y. Reynke va 
boshqalarning nomi bilan bog‘liq. Bu boradagi tadqiqotlar anchagina. Hozirgi 
tadqiqotchilarning bosh maqsadi dengiz va okeanlarni to‘laroq o‘rganish (tom 
ma’noda) va uning tabiiy boyliklaridan ko‘proq foydalanish hisoblanadi. 
Ko‘p yillar davomida okean, dengizlaridagi baliqlarni ko‘proq ovlash bo‘lgan 
bo‘lsa endi, dengizlarning maahsuldorligini o‘rganish, unga zarar etkazadigan 
omillarning oldini olish bosh vazifa bo‘lib hisoblanadi. 
Quruqlikda odamlar o‘zlarining maqsadlari uchun o‘simliklardan 
foydalanib jamoasining tarkibi, xolatiga katta ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsalar, 
bunday salbiy xolat dengiz va okeanlarga bunchalik katta bo‘lgan emas. 
Ko‘pchiligimiz dengizlardagi organizmlar haqida juda oz ma’lumotga 
egamiz. Buning sabablardan biri Dunyo okeanidagi organizmlar ko‘p 
tomonlari bilan quruqlikdagilardan farq qiladi. Quruqlikda yuksak o‘simliklar 
dominant bo‘lsa, dengiz muhitida suvo‘tlar ko‘p. 30 000 dan ortiq turlardan 
dengizlarda bor yo‘g‘i 40 turga yaqin gulli o‘simliklar bor xolos, ularning 
hammasi bir pallalilarga mansub. Moxlar, paparotniklar dengizlarda yo‘q. 


108 
Suvo‘tlar yuksak o‘simliklarga o‘xshab ildiz, poya, barg hosil qilmagan
shunga qaramay morfologiyasidan juda xilma xil. O‘lchamini kattaliklari bir 
hujayralilarda millimetrning mingdan qandaydir bo‘lagidan boshlab, tropik 
dengizlardagi qo‘ng‘ir rangli suvo‘tlarini uzunligi 100 metrlargacha boradi. 
Okeanlarning biologik yillik mahsuldorligi o‘lchamlari katta suvo‘tlarda 
ma’lumotlarga ko‘ra 0,2·10
9
t, suv yuzasidagi mikroskopdagina ko‘rsa 
bo‘ladigan plankton deb ataladigan suvo‘tlar -550·10
9
tonna xo‘l mevasidan 
iborat. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling