O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Bentosdagi o‘simliklar 
Dengizlarning qirg‘og‘idan to ancha chuqurliklargacha bo‘lgan 
joylardagi organizmlarni bentos deb atash odat bo‘lgan. Bu atamani nemis 
olimi E. Gekkel 1893 yili tadbiq etgan, chuchuk suvdagilar ham shunday 
ataladi. Dengizlarda o‘simliklarni bentosda tarqalishiga e’tibor berilsa bu 
guruhga faqat yirik suvo‘tlar va okeanlarning o‘tlarigina emas, mikroskopda 
ko‘rsa bo‘ladiganlarini ham kiritiladi. Dengiz suvlari quyiladigan joylardagi 
turli predmetlar, qirg‘oqdagilari diatom va boshqa guruh suvo‘tlari bilan 
qoplangan. Diatom suvo‘tlari boshqa guruh suvo‘tlarning ustida epifit xolida 
ham o‘sadi. Bentosdagi hayvonlar ancha chuqurliklargacha tarqalsa, 
fitobentos yorug‘lik etib boradigan joygacha uchraydi. Bunday sharoitdagi 
o‘simliklarni tarqalish chuqurligi yorug‘lik etgan joyigacha boradi. O‘rtayer 
dengizining Neopolitan bo‘g‘ozida suvo‘tlar 100 m, Kapri orollarida 150 m 
chuqurliklargacha tarqalgan. Bunday chuqurliklarda yoritilish 200 lk bo‘lsa 
ham fotosintezni amalga oshiraoladi. Ma’lumotlarga ko‘ra Boltiq dengizidagi 
bentosda tarqalgan o‘simliklar yorug‘lik etib boradigan 22, SHimoliy 
dengizning Gelgoland oroligi qirg‘oqlarida 15 metrlargacha chuqurlikda 
tarqalgan. Bentos o‘simliklarining qanchalik chuqurliklarda bo‘lishi yil 
davomida ham o‘zgarib turadi. Bunday tashqari dengizlarning qirg‘oqlarida 
sanoat korxonalarini tashlandiqlari tashlanadigan joylarda o‘simliklar biroz 
chuqurlikda o‘sadi. Dengizlardagi o‘simliklar toshlar va qoyalarga birikadi. 


111 
Birikadigan qismi o‘simlikni shu joyda tutib turish uchun xizmat qiladi. SHu 
boisdan dengizlarning qumli qirg‘oqlarida o‘simliklarning qoplami yo‘q. Suv 
quyiladigan shag‘alli joylar oqim ta’sirida ma’lum darajada harakatdaligi 
tufayli yirik o‘simliklar bu erda ham yo‘q. Birikkan o‘simliklar dengizlarda 
ikkita sistematik guruhga qizil (Rhodophyta) vaqo‘ng‘ir (Phaeophyta) 
suvo‘tlariga xos. Ulardan tashqari yashil (Chlorophyta) suvo‘tlarning vakillari 
ham bor. Ular orasida Ulothrix ning ipsimon, Cladophoraturkumini 
tarmoqlangan 
ipsimon, 
qopsimon Enteromorpha, 
yassiyaproq 
Ulva 
turkumining suvo‘tlari ham ko‘p tarqalgan. Yashil suvo‘tlarning orasida iliq 
dengizlarda sifonsimon (Siphonophyceae) sinfining vakillari ham ko‘p. 
O‘rtayer dengizi uning sharqiy tomonlarida tashqi ko‘rinishidan suvo‘t emas 
soyabonsimon zamburug‘larni eslatadigan Acetabularia mediterraneaturi 
keng tarqalgan. Dengizlarda bu turkumdan 500 ga yaqin turi uchraydi. Qizil 
suvo‘tlar dengizlarda taxminan 500 turkumga mansub 3800 dan ortiqroq 
turlardan iborat. Bu boshqa bo‘lim suvo‘tlaridan eng ko‘pi. Ularning qizil 
rangda bo‘lishiga hujayralaridagi fikoeritrin pigmentini boshqalaridan 
ko‘pligi sabab. U bilan birga fikotsian pigmenti bu suvo‘tlarni ancha keng 
tarqalishiga imkon yaratadi. Qizil suvo‘tlarning sodda tuzilganiga yupqa 
yassiyaproq tuzilishli Porphyra, bir muncha murakkabroqlariga Ceramium, 
Polysiphonia, Callythamnion, Polocamiumva Antithamnionturkumlarining 
tallomi bo‘laklarga bo‘lingan ko‘rinishli. Tallomi yaproqsimon tuzilgan 
Delesseria, Phycodrus, Chondrus, Rhodymenia, Phyllophora turkumlarining 
vakillari Boltiq dengizining sharqiy qirg‘oqlarida keng tarqalgan. Qizil 
suvo‘tlarning ohakka boy tallomli turlari korall riflarini hosil bo‘lishida 
ishtirok etadi. ulardan Litothamnion, Lithophyllum, Corallina turkumlari ko‘p 
uchraydi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlari dengizda sayohatchilarining ko‘zlari ko‘p 
tashlanadi. Ularning ayrimlarini uzunligi 3 metrlargacha etadi. 
Sarq-jigarrang uzunligi ko‘plab detsimetr, eni bir necha santimetrli 
fukus pufakchali (Fucus vesiculosus) va fukus arratishli (Fucus serratus
tallomini Boltiq dengizining qirg‘og‘ida suv to‘lqini tashlab ketgan joylarda 


112 
ko‘p bo‘ladi. To‘lqin qirg‘oqqa laminariya (Laminaria) tallomini kamroq 
tashlaydi. Shimoliy Amerikaning toshli qirg‘og‘ini sayoz joylarida 
laminariyaning Laminaria saccharina, L.digitata, L.hyperboreako‘p o‘sadi. 
Qo‘ng‘ir suvo‘tlarning eng kattalarini uzunligi laminariyadan ham uzun. 
Makrotsistis noksimon (Macrocystis pyrifera) uzunligi 400-600 metrlargacha 
etadi. Bu raqamlar bir qarashda ishonarsizroq bo‘lsada quruqlikdagi evkalipt 
va mamont daraxtlarining balandligicha keladi. Makrotsistis Tinch okeanining 
Janubiy Amerika qirg‘oqlarida tarqalgan. Uning poyasimon qismi suvda 
dastlab tikkasiga yo‘naladi keyin unda yaproqsimon o‘simta paydo 
bo‘lganidan keyin qalqib o‘sadi. Tanasi dengiz to‘lqini ta’sirida egri bugri 
ko‘rinish hosil qilganidan uni dengiz iloni deb qabul qilishadi. 
Qo‘ng‘ir suvo‘tlaridan sargissium (Sargassium) turkumining suvo‘tlari 
Sargass dengizida 5 mln km
2
maydonda tarqalgan. U faqat vegetativ ko‘payib 
dengiz to‘lqinlarining ta’sirida o‘ziga xos o‘simliklar jamoasini hosil qiladi. 
Dengizlarda tallomi uncha katta bo‘lmagan Ectocarpus, Pylaiella, 
Desmasteria, RalfsiavaLithoderma kabilar ham keng tarqalgan. Dengizlarda 
suvo‘tlardan tashqari bir pallalilarga mansub gulli o‘simliklar ham bor. 
Barglari uzunligidanular botqoqlilarga juda o‘xshab ketadi. Shu boisdan 
ularni dengiz o‘tlari ham deyiladi. Ulardan zosteriya (Zosteria marina) dengiz 
qirg‘oqlaridagi qumli joylarda o‘sadi. Tinch okeani qirg‘oqlarida 
Phyliospadix, Karib dengizida Talassia testudinum suvosti o‘tloqlarini hosil 
qilib o‘sadi. 
Boltiq dengizi uni quyilmalarida zannichelliya (Zannichellia palustris
xara suvo‘tlari bilan birga keng tarqalgan. Dengizlarning suvini quyilishi va 
qaytish qismida o‘simliklar ko‘p o‘sadi. Ular ma’lum muddat davomidagi 
qurg‘oqchilikka chidaydi. Dunyo okeanining turli joylaridagi sharoit tirik 
organizmlar uchun juda xilma xil u yil fasllariga bog‘liq xolda o‘zgarib ham 
turadi. Umuman olganda dengizlarda yashil suvo‘tlar suvning yuqori 
qatlamida qo‘ng‘ir suvo‘tlar o‘rta, qizillar esa ko‘proq chuqurroqda tarqalgan. 


113 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling