O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Barg poyali moxlar sinfi. Asosan tanasining poya va bargga 
bo'linganligi, rizoidlarining ko'p hujayrali hamda sershox bo'lishi bilan jigar 
moxlardan farq qiladi. 3 ta tartibga bo'linadi. 1. Yashil moxlar, 2. Sfognum 
moxlar, 3. Andera moxlari. Yashil moxlar tartibiga kakku zig'iri va 
respublikamiz hududida uchraydigan funariya moxi kiradi. Kakku zig'iri ko'p 
yillik bo'yi 20 - 40 smga yetadigan o'simlik. 
4. Plaunsimonlar. Lycophyta. Yer yuzida tarqalgan yuksak o'simliklar 
orasida eng qadimiysidir. Plaunsimonlar toshko'mir davrida keng tarqalgan 
bo'lib, daraxtsimon vakillarining bo'yi 30 metrgayetgan. Hozirgi vaqtda bu 
bo'lim ko'p yillik o'tsimon past bo'yli yashil(plaun,selaginella)o'simliklarni 
eslatadi. Daraxtsimon vakillari toshko'mir qoldiqlarini hosil qilishdajudakatta 
rol 
o'ynagan. 
Plaunsimonlar 
bo'limi 
ikki 
sinfga: 
plaunlar 
va 
lepidodendroplarga bo'linadi. Plaunlar sinfi ikkita tartibni o'z ichiga oladi: 
plaunsimonlar-teng sporalilar va selaginallar har xil sporalilar. 
5. Bo'g'imlilar - Sphenophyta. Bu bo'limning bo'g'imlilar deb 
nomlanishiga sababpoyalaribo'g'im va bo'g'im oraliqlarga bo'lingan, 
qolaversa, barglari mayda bo'lib,reduksiyalangan poyasiga xalqasimon 
shaklida birikkan bo'ladi. Ko'payish uchun xizmat qiluvchi sporafit ham 
boshoqchada doira shaklda joylashgan. Bo'g'imlilar devon davrida yashagan. 
Toshko'mir davrida juda barq urib o'sgan. Baland daraxtsimon turlari yer 
yuzini qoplashda katta rol o'ynagan. Hozirgi vaqtda ko'p yillik vakillaridan 
faqat qirq bo'g'imlar saqlanib qolgan. Bu bo'lim uch sinfga: giyeniyasimonlar, 
bo'g'imlilar va qirq bo'g'imsimonlarga bo'linadi. Yuqor-idagi ikki sinf 
vakillari allaqachonlar yo'qolib ketgan. Faqat qirq bo'g'imlar oilasi vakillari 
soqlanib qolgan. Qirqbo'g'imsimonlar sinfi. Bu sinf bo'g'imlilar bo'limining 
boshqa sinflardan poyasining ichi ko-vak bo'lishi hamda o'simliklarning 
deyarli hammasida barglar doira shaklida joylashishi bilan farq qiladi. Bular 
spora yetishtirish yo'li bilan ko'payadi. Sporalar sporangiylarda yetishib, 
sporangiyalar shakli o'zgargan barg hisoblanadi. Sporafillar qalqon shaklida 
bo'lib, poya uchidagi xalqalarda joy-lashadi. Ba'zi yo'qolib ketgan avlodlari 
ikkilamchi yo'g'onlanish xususiyatiga ega bo'lgan. Dala qirqbo'g'imi Markaziy 
Osiyo florasida ko'p uchraydi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling