O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Усимликлар географияси мажмуа.
6. Paporotniksimonlar - Pterophyta. Bular qadimiy o'simliklar bo'lib
hisoblanadi. Qadimiyligibilan ular riniofit va plaunsimonlardan keyin turadi. Geologik kelib chiqishi taxminan qirqbo'g'imsimonlar bilan bir davrga to'g'ri keladi. Poporotniklar 300 avlod va 10000 to'rni o'z ichiga oladi. Bular cho'l, dasht, bot-qoqlik, ko'llar, sho'r suvlar va o'rmonlarda hayot kechiradi. Tropik iqlim sharoitida o'suvchi vakillarinnig balandligi 25 - 30 m ga, tanasining diametri 50 sm ga yetadi. Mayda vakillari bir nechamm ni tashkil qiladi. Paporotniklar barglari yirik patsimon bo'lib, ular yer usti poyasida va yer osti ildiz poyasida spiral shaklida joylashadi. Poporotniksimonlar sporadan ko'payadi. Sporalar sporangiyda, barglarda to'p-to'p bo'lib joylash-gan soruslarda yetishadi - sporalar paydo bo'lish oldidan reduksion yo'l bilan bo'linadi. Sporalardan yangi yuraksimon o'simta rivojlanadi. Bu o'simtalardan urg'ochi jinsiy organ-arxegoniy va erkak jinsiy organ-anteridiy vujudga keladi. Urug'lanish nam yoki kuchli yomg'ir, shudringda ro'y beradi. Paporotniklar, suvda urug'lanadi. Paporotniksimonlar 2 sinfga: dastlabki paporotniklar va chin paporotniklarga bo'linadi. 123 Dastlabki paporotniklar sinfi vakillari faqat qazilma holda topilgan. Ular hozirgi paporotniklardan kalta bo'yi, barglarining maydaligi, poyasining yaxshi o'smaganligi bilan farq qiladi. Hozir dastlabki paporotniklarning 60 ga yaqin turlari borligi aniqlangan. Chin poporotniklar sinfi. Bunga qazilma holldagi va hozirgi vaqtda uchraydigan paporotniklar kiradi. Polebotanika fani chin paporotniklar yuqori perm davrida paydo bo'lgan deb hisoblaydi. Chin paporotniklar sinfi 2 ta tartibga bo'linadi: chin yoki teng sporali hamda suv paporotniklar yoki har xil sporali paporotniklar. Savollar: 1. Yuksak o'simliklarni tuban o'simliklardan farqi nimalardan iborat? 2. Nima uchun arxegonial o'simliklar deyiladi? 3. Arxegonial o'simliklarga qaysi bo'lim o'simliklari kiradi? 4. Moxsimonlarning jinsiy ko'payishi organlari nima deb ataladi? 5. Plaunsimonlar qanday o'simliklar? 6. Qiriqbo'g'imlar qanday o'simliklar? 7. Paporotniklarning otalik jinsiy gametalari qayerda hosil bo'ladi va qanday nomlanadi? 8. Soruslarning hosil bo'lishi qaysi o'simliklarga xos? 1.Quruqlik sharoitida yashaydigan va urug' yetishtiradigan yuksak o'simliklar urug'li o'simliklar deb ataladi. Bu o'simliklarda urug' bo'lishi bilan arxegonial yuksak o'simliklardan,ya'ni moxlar,riniofit,plaun,qiriqbo'g'im va paparotniklardan tubdan farq qiladi.Hozirgi zamon yuksak urug' yetishtiruvchi o'simliklar asosan yuqorida aytilgan sporali yoki arxegoniylardan kelib chiqqan. Urug'li o'simliklar ikki bo'limga:ochiqurug'lilar(Gymnospermae) va yopiq urug'lilar (Angio-spermae) gabo'linadi. 2.Ochiqurug'lilar qadimiy o'simliklar bo'lib, ularning qadimiy avlodlari toshko'mir davrining oxirlarida yashaganlar. Jumladan urug'li paporotniklar, bennettitlar, keytonlilar yo'qolib ketib, qazilma holda saqlanib qolganlar. Ginkoviylar, velvichiyalarni bittadan turi saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda qarag'aylar, sagovniklar, gnetoviylar keng tarqalgandir. Yer yuzida ochiq urug'lilarning hozir 660 turi mavjud bo'lib, asosan daraxt, qisman buta va liana turlari uchraydi. Shoxlanish imonopodial bo'lib, poyasi kambiy vafellogen to'qimalarining faoliyati natijasida o'ziga xos tuzilishga ega. Ikkilamchi yug'onlashish xususiyati bilan yopiq urug'li o'simliklarga yaqintursada gistologielementlaridan-tarxeyalardan tuzilganligi va o'tkazuvchi bog'lamlar yo'qligi bilan ulardan farq qiladi. Bargining tuzilishiga qarab ikki guruhga bo'linadi. 1. Grmegofillinyasi bo'yicha poporotniklarga o'xshash barglar. 2 gr mikrofil linyasi bo'yicha hosil qilingan nina barglar. Bargi 2-5 yilda to'kiladi. Ochiq urug'lilar doimiy yashil o'simliklar bo'lib, ildizi-asosiy va yon ildizlardan iborat, mikoriza hosil bo'ladi. Ochiq urug'li o'simliklarning harakterli xususiyatlaridan biri urug' va urug' kurtakni ochiq bo'lishidir. Ularning urug'lari mevaning ichida emas, balki megosporafillarda ochiq holda joylashadi. Urug'kurtak megosporangiydan nutsellusdan tashkil topgan bo'lib, tashqi tomonidan intgument bilan o'rab olingan. Megosporofilning otalanishidan urug' rivojlanadi. Ochiq urug'lilarning muhim xususiyatlaridan biri, spermatozoidning spermiyaga aylanishidir. Spermiyani hosil bo'lishi bu o'simliklarni suvsiz muhitda ham otalanishiga imkon yaratib beradi. 124 Ochiq urug'lilar MDH ning shimoliy qismida, Uralda, Markaziy Osiyoda va Kavkazda keng tar-qalgandir. Ochiq urug'lilarnig kelib chiqishi, klassifikatsiyasi olimlar orasida jonli munozaraga sabab bo'lmoqda. Barcha arxegonial o'simliklar uchun xos xususiyat (moxsimonlardan to ochiq urug'lilargacha) tuxum hujayraning arxegoniyda hosil bo'lishidir. Ochiq urug'lilarning taraqqiy etgan shakillarning hosil bo'lishi yopiq urug'lilarning hosil bo'lish davriga - devon davriga to'g'ri keladi. Ochiq urug'lilar quyidagi 3 ta sinfga bo'linadi. 1-sinf Sagovniklar. 2-sinf qubbalilar 3-sinf qobiqli urug'lilar. Qubbalilar sinfi kordaitlar, ginkolar va ninabarglilar - qarag'aylar tartibiga bo'linadi. Qarag'aylar tartibi. Bu tartib vakillari toshko'mir davrining oxiri karbon davrining boshida keng tarqalgan. Yura davrida barq urib rivojlangan. Qarag'aylarning 560 turi mavjud bo'lib, 55 turkum va 10 ta oilaga bo'linadi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling