O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

5-mavzu: Ra`nodoshlar oilasi 
 O`rganilayotgan vakilning sistematik o’rni 
Ra`nokabilar ajdodchasi— Rosidae
Ra`nonamolar qabilasi — Rosales
Ra`noguldoshlar oilasi—Rosaceae
Tubulg’idoshchalar oilachasi — Spiraeoideae


129 
Vakil: To’kdor tubulg’i — Spiraea pilosa 
Itburundoshchalar oilachasi — Rosoideae
Vakillari: 1. Itburun na`matagi— Rosa canina
(23 rasm) 
2. Zangori maymunjon — Rubus caesius 
3. O’rmalovchi g’ozpanja —Potentilla reptans 
4. Qulupnoy — Fragaria grandifolia (gibrid) 
Olmadoshchalar oilachasi— Pomoideae
Vakillari: 1. Yovvoyi olma— Malus sylvestris 
2. Madaniy olma—Malus domestica 
3. Madaniy nok —Pyrus domestica 
4 Bexi — Cydonia oblonga 
5. Sariq do’lana — Crataegus pontica 
Olxo’ridoshchalar oilachasi — Prunoideae
Vakillari: 1.Yoyilgan olxo’ri — Prunus divaricata 
2. Maxaleb olichasi, kamxastak — Cerasus mahaleb 
3. Qizilmeva olicha, chiya —C.erythrocarpa 
4. Yovvoyi bodom — Amygdalus petunnikovii 
5. Oddiy o’rik — Armeniaca vulgaris 
6. Oddiy shaftoli — Persica vulgaris
Mavzuning maqsadi: Oilaga mansub o’siimliklarning anatomo - 
morfologik tuzilishini, ko’payishini, turlar sonini, tarqalishi va ekologiyasini, 
tizimda tutgan o’rnini, muhim vakillarini ilmiy (lotincha) nomlarni va 
ahamiyatini o’rganish. 
Kerakli jihozlar: Gerbariylar, o’simliklar aniklagichi, rasmlar, 
jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, quruk va xo’l mevalar, lupa, pintset, 
preproval nina va boshqalar. 
Nazariy tushuncha: Ra`noguldoshlar oilasiga 120 ta turkum va 3000 
dan ortiq tur kiradi. Ular daraxt, buta, chala buta, ko’p yillik ba`zan bir yillik 
o’t o’simliklari bo’lib, er sharining deyarli hamma qismida, ayniqsa shimoliy 
yarim sharda keng tarkalgan. Barglari poyada ketma —ket joylashgan, oddiy 
yoki murakkab bo’lib, ko’pincha yon bargchalarga ega. Gullari to’g’ri, 
ikki jinsli, yakka, ba`zan to’pgullarni hosil qiladi. Gulko’rg’oni murakkab, 
uning a`zolari 5 tadan (ba`zan 4 — 6) doyra shaklida joylashgan. 
Kosachabargi erkin ba`zan qo’shilgan, ost kosachabarg bo’lishi yoki 
bo’lmasligi ham mumkin. Gultojbarglari 5 ta bo’lib erkin o’sgan, ba`azan 
4 ta. Changchilar soni gultojbarglar soniga teng yoki undan, ikki, to’rt, 
ba`zan bir necha barobar ko’p bo’lib, doyra shaklida joylashgan. 
Urug’chisi bitta yoki bir nechta mevabarchalardan tashkil topgan. Ular bir — 
biriga qo’shilgan yoki alohida. Mevasi pistacha yong’oqcha, danakli meva, 
to’pmeva, soxta meva va rezavor mevalardir. 
Atirguldoshlar oilasi gul va mevalarining tuzilishi jihatidan 4 ta 
oilachaga bo’linadi. 
a) Tubulgidoshchalar— Spiraeoideae 
Bu oilachaning vakillari buta o’simliklaridir. Barglari oddiy yoki 
murakkab, gullari mayda sochok yoki qalqonsimon to’pgulga yig’ilgan. 


130 
Gullari to’g’ri, qo’shgulko’rg’onli kosacha va gultojbargdan iborat, ular 5 
tadan bo’lib joylashgan. Changchilar soni ko’p, urug’chisi 5 ta meva 
bargchaning birikishidan hosil bo’lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi to’p 
yoyma meva. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling