O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Усимликлар географияси мажмуа.
b) Itburundoshchalar—Rosoideae
Bu oilachaga o’t, chala buta va buta o’simliklar kiradi. Barglari patsimon, murakkab yoki o’yilgan oddiy, yonbargchali. Poyasi ko’pincha tikanli. Gulko’rg’oni murakkab, changchilar soni ko’p, urug’chisi bitta yoki ko’p meva bargchadan tashkil topgan. Gul o’rni botiq yoki qavariq. Tugunchasi ustki yoki o’rta. Mevasi yong’oqcha yoki murakkab danakchali meva. Itburun namatagi. 1-gulli novda; 2-gulining bo’yiga kesimi; 3-urug’chi; 4-5- meva va uning bo’yiga kesimi; 6-gul diagrammasi v) Olmadoshchalar—Pomoideae Bu oilachaning vakillari daraxt va buta o’simliklardir. Ularning barglari, oddiy, ba`zan murakkab, yonbargchali. Gulkosacha va gultojbargi 5 tadan, joylashgan. Changchilari soni ko’p. Urug’chisi bitta, ba`zan 2-5 ta mevabargchadan iborat. Gul o’rni botiq. Tugunchasi ostki, mevasi sersuv soxta meva. g) Olxo’ridoshchalar —Prunoideae Olxo’ridoshchalar vakillari daraxt va buta o’simliklardir. Barglari oddiy, butun, poyaga ketma—ket joylashgan. Gulko’rg’oni murakkab, 5 tadan joylashgan. Changchilari 10 — 20 ta. Urug’chisi bitta mevabargchadan hosil bo’lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi quruk yoki sersuv, danakcha. Ahamiyati. Atirguldoshlar oilasining ko’pchilik vakillari oziq — ovqat o’simligi hisoblanadi. Ularning mevasini tarkibida qand moddalari, har xil organik kislotalar, vitaminlar va efir moylari uchraydi. Shuningdek bir qancha turlari tibbiyotda dori tayyorlashda, manzarali o’simlik sifatida 131 istirohat bog’larida ekib o’stirib kelinmoqda. Ishning bajarish tartibi va topshiriqlar: 1. Gerbariy na`munalaridan foydalanib, Atirguldoshlar oilasining umumiy morfologik belgilari bilan tanishing va oilachalarning bir — biridan farqlang. 2. Har bir oilacha vakillaridan birini alohida ajrating, ularning bargiga (oddiy yoki murakkabligiga), to’pguliga, ayniqsa gul qismiga kosachabarg, gultojbarg, changchi, meva xillariga e`tibor bering va ularning rasmlarini chizing. Gul formulalarini tuzing; a) Tubulg’idoshchalar. * Ca (5) Co 5 A (oo) G (5) b) Itburundoshchalar. * Ca (5) Co 5 A (oo) G oo v) Olmadoshchalar. * Ca (5) Co 5 A (oo) G ( 5 - 1 ) g) Olxo’ridoshchalar * Ca (5) Co 5 A 5,oo G( 1 ) Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling