O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

3. Moxsimonlar-Bryophyta. Moxsimonlar hayot kechirishi, ekologiyasi 
jihatidan suvo'tlariga yaqin guruh bo'lib, harakterli xususiyatlaridan biri 
ildizini bo'lmasligi, o'tkazuvchi naylarhosilqilmasligi va yog'ochlangan 
shakllarining bo'lmasligidir. 
Moxsimonlarga 35000 turdagi o'simliklar kiradi. Yer yo'zining barcha 
materiklarida turlicha tar-qalgandir. Ayrim vakillari daraxt po'stloqlarida 
epifit hayot kechiradi. 
Moxsimonlar asosan shimoliy yarim sharning sovuq va o'rta mintaqasida 
keng tarqalgan. Ayniqsa, o'rmon va botqoq hududida ko'p uchraydi. 
Moxsimonlarning kelib chiqishi masalasi turlicha hal qi-linadi. Filogenetik 
sistema asoschilari A. Taxtadjan,G. Gayekkel fikricha moxsimonlar 
psilofitlardan kelib chiqqan. Amerika biologlari G. Fray va A. Klark 
moxsimonlarni ipsimon yashil suv o'tlaridan kelib chiqqan degan fikrni ilgari 
suradi. Bu fikr-lar K. Meyer tomonidan ham tasdiqlangan. Moxsimonlar 
avtotrof o'simliklardir. Ularning tanasi poya va barg hosil qiladi, ildizi 
bo'lmaydi. Ildiz vazifasini rizoidlar bajaradi. Rizoidlar epidermisini o'sishi 
natijasida hosil bo'ladi. Moxsimonlarda o'tkazuvchi naylar bog'lami hosil 
bo'lmaydi. Moxsiomnlarn-ing o'lchami 20-40 sm ni tashkil qiladi. 
Moxsimonlar jinssiz, jinsiy va vegetativ usulda ko'payadi. 
Jinssiz usulda ko'payish sporafit nasl deb nomlanadi. Sporangiyda 
yetilgan sporalar qulay sha-roitga tushib protonema yashil o'simtani hosil 
qiladi. 
Jinsiy ko'payish moxsimonlarda anteridiy va arxegoniynnig hosil bo'lishi 
bilan boshlanadi. Jinsiy nasl gametofit deb nomlanib, o'zida sporofit naslni 
saqlash xususiyatiga ega. Vegetativ ko'payish vegetativ tananing biror bo'lagi 
bilan amalga oshadi. 
Klassifikatsiyasi. Moxsimonlar 3 ta sinfga bo'linadi. 
1. Sinf Jigar moxlari - Hepaticae 2. Sinf poya bargli moxlar - Musci 3. 
Sinf antoserotlar - Antho-cerotales. 
Jigar moxlar sinfi. Bu sinfni shunday nomlanishga sabab sinf vakillaridan 
biri morshansiya avlodi tallomidan XIX asrda Yevropada jigar kasalligini 
davolashda foydalanilgan. Jigar moxlar vakillari ta-nasi dorzoventral 
tuzilishda bo'lib, tanasining usti ostiga o'xshamaydi. Tallomlari, shakllari 


122 
plastinkasimon bo'lib, poya va bargga bo'linmagan. Morshansiya ikki uyli 
o'simlik bo'lib, bir tal-lomida arxegoniy, ikkinchi tollomida esa anteridiy 
yetishadi. Marshansiya jinsiy, jinssiz va vegetativ usullarda ko'payadi, zax va 
soya yerlarda ya'ni o'rmonlarda va ariq bo'ylarida o'sadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling