O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Shoxkuya-Claviceps purpurea 
Tulasne. 
1-javdar boshog'idagi 
sklerotsiylar, 2-sklerotsiy, 3-
meva tanachali sklerotsiy, 4-
meva tanachaning boshchasi, 
5-xaltachali periteriy. 
Bu zamburug‘ parazit xolatda g‘alladon o‘simliklarida uchraydi. 
Xaltachali zamburug‘ga kiradi. Tarkibida ergotin gruppasiga kiradigan bir 
qancha alkaloidlar bor. Bu zamburug‘dan tayyorlangan ekstrat gnikologiya 
praktikasida qon to‘xtashda ishlatiladi. Shoxkuya alkaloid mushaklarni 
qisqartirish xususiyatiga ega. 1942 yili Rus olimi Yermolyeva Penicillium 
deb atagan xaltachali zamburug‘dan pensillin oladi. 1938 yili rus olimi 
Krasilnikov xali yaxshi aniqlanmagan zamburug‘lardan Actinomycetes dan 
stretomitsin oldi. Zamburug‘lardan bo‘yoq moddasi olinadi. Zamburug‘ning 
ahamiyati bilan birga ularning zarari ham bor. Parazit zamburuhlar qishloq 
xo‘jaligida juda katta zarar keltiradi. Mas: Bazidial zamburug‘lar sinfiga 
kiruvchi qora kuya zamburug‘ (Golovnya) Ustilago hamda zang zamburug‘i 
(rjavchina) Puccinia 1932 y qishloq xo‘jaligida 300 mln so‘mlik zarar 
yetkazgan. Bu zamburug‘lardan qutilish yo‘li qora kuya va zang 
zamburug‘lariga chidamli o‘simlik navlarini yetkazish, ekin ekiladigan 
dalalarni begona o‘tlardan tozalash, urug‘ini dorilab ekish va x.k. 
LISHAYNIKLAR-Lichenes 
Lishayniklar 2 xil o‘simlikning birga yashashidan xosil bo‘lgan 
organizmdir. Lishayniklarda suv o‘ti hamda zamburug‘ bor. Lishayniklarda 
bo‘lgan suv o‘ti va zamburug‘ bir-biri bilan simbioz xolatda yashaydi. 
Simbioz bu bir-biriga xamkorlik va qarama-qarshi kurashdir. Zamburug‘-
lardan asosan xaltachali zamburug‘lar, ba’zan bazidial zamburug‘lar, suv 
o‘tlaridan ko‘k-yashil yoki yashil suv o‘tlari ishtrok etadi. Lishaynikni tashkil 


119 
etgan bu 2 organizm bir biridan foydalanib, qisman bir-biriga zarar yetkazib, 
yashashni davom ettiradi. 
Zamburug‘lar suv o‘tiga suv va mineral moddalarni beradi, suv o‘tidan 
esa organik moddalarni oladi. Suv o‘tining xujayrasida yashil rang beruvchi 
pigment bo‘lmagani uchun, fotosintez bo‘lib, organik modda tayyorlanadi. 
1867 yil rus olimlari Fomitsen va Baronetskiylar lishayniklarning 
tanasidan suv o‘tlarini ajratib olgan. Erkinlikka chiqqan suv o‘tlari kuchli 
taraqqiy etib, zoosporalar ko‘paya boshlagan. Suv o‘tlaridan ajrab qolgan 
zamburug‘lar esa normal taraqqiy eta olmagan. Fomitsin va Baronetskiylar 
suv o‘tlari zamburuqqa tushgan asir degan xulosaga kelgan. Bu 2 xil 
o‘simlikni bir-biri bilan qo‘shilib yashashdan nixoyat darajada sovuqqa va 
issiqga chidamli organizm kelib chiqqan. Lishayniklar, suv o‘tlari yoki 
zamburug‘lar yashay olmaydigan joylarda o‘sadi va taraqqiy etadi. Mas: 
toshlarning ustida, daraxtlarning po‘stlog‘ida, cho‘llarda va boshqa yerlarda. 
Lishayniklar tashqi ko‘rinishi jixatidan 3 ta gruppaga bo‘linadi: 
1.Ko‘pikka o‘xshash bo‘lgan lishayniklar (Nakipniye yoki korkoviye) 
2.Bargga o‘xshash lishayniklar (Listoviye) 
3.Shoxlanib o‘sadigan lishayniklar (Kustistiye) 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling