O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Planktondagio‘simliklar 
“Plankton” atamasini gidrobiolog Viktor Genzen barcha tirik jonzotlar 
uchun 1887 yili birinchi marta suv oqimida qalqib, o‘zi harakat qiladiganlarga 
qo‘llagan. Kattaligi 20-500 mkm bo‘lgan tirqish orqali suvdan ajratib 
olinadiganlarni “mikroplankton”, setrifuga yordamida cho‘ktirish bilan 
ajratiladiganlarni “nanoplankton” deyilib, ularning o‘lchamlari 5-20 mkm ni 
tashkil qiladi. Ultraplankton organizmlarning o‘lchamlari 5 mkm dan 
oshmaydi. Dengiz fitoplanktonida yirik sistematik guruhlarga mansublari 
kam. Dengizlarda diatom suvo‘tlari tarkibida kremniy ko‘p bo‘lganlari 
muhim ahamiyat kasb etadi, ular bir muncha sovuq dengizlarda dominantlik
qiladi. Ularning sistematikasi hujayrani qoplagan pallaning tuzilishiga 
bog‘liq. Diatom suvo‘tlari orasida radial-simmetrik Centrophyceae sinfiga 
mansublari bilan bisimmetrik tuzilishli Pennatophyceae sinfining suvo‘tlari 
keng tarqalgan. Qiyoslab olganimizda dengizlarda birinchi sinfning suvo‘tlari 
ikkinchisidan ko‘proq xilma xillikka ega. Dunyo okeanidagi diatom 
suvo‘tlarning turlarini soni 11000-14000 deb hisoblaniladi. Diatom 
suvo‘tlarning turlari yoritilishga turlicha talablar qo‘yadi. Shu boisdan dengiz 
va okeanlarning o‘rtasidagi suvlarning yuzasida Chaetocerus va Rhizosolenia 
turkumlarning turlaridan iborat jamoalarni hosil qiladi. Chuqurroqda 
Planctoniella, Sceletonema, Streptotheca, Cerataulina, Caudaria va 
Asteromphalis turkumlarining suvo‘tlari jamoalarni tashkil qiladi. Ko‘pchilik 
diatom suvo‘tlar fotosintezda moylar hosil qilganligi tufayli, solishtirma 


109 
og‘irligi kamayib, planktonda bo‘lishi osonlashadi. Diatom suvo‘tlar bilan 
birga dengizlarning planktonida dinofitlar ham ancha ko‘p. Bu guruh 
suvo‘tlarning orasida po‘stsizlari bilan birga sellyulozali qobiqqa ega 
bo‘lganlari anchagina. Ularning anchasini hujayralari uzun o‘simtali, 
o‘ramaga o‘xshash qismi bo‘lib u planktonda bo‘lishini osonlashtiradi. 
Hammasida ikkita xivchini bor. Dinofit suvo‘tlar bir muncha iliq suvlarda 
ko‘p tarqalgan. Ayrim joylarda ular shunchalik ko‘payib ketadiki, natijada 
suv qizil-jigarrangga kiradi. Uni tarkibida Exuviella balticavaProrocentrum 
micans boshqalaridan ko‘p tarqalgan. Ular zaharli modda ajratganligidan 
baliqlarni halokati ham ro‘y berib turadi. Dinofitlar orasida rangsizlari 
organik modda bilan oziqlanadiganlari ham anchagina bor. Dinofit 
suvo‘tlarning ayrimlari lyuminessensiyalanish xususiyatiga egaligidan dengiz 
suvlarini yaltirab ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Bunday xususiyatga tunyog‘dusi 
(Voctilica miliaris) ega, uni diametri 2 mm keladigan shar ko‘rinishida. 
Poridiniumva Gonyaulaxturkumlarining suvo‘tlari ham shunday xususiyatga 
ega. Bu guruh suvo‘tlarni “olovli” (Pyrrophyta) deb atalishi ham shunday.
Dengizlarning 
fitoplanktonida 
kokkolitofora 
(Coccolitophoridophyceae) suvo‘tlari ham muhim ahamiyatga ega. Ularning 
o‘lchamlari 5-15 mkm kelib hujayrani o‘ragan membrana ohakli qalqonlar 
(kokkolitlar) bilan qoplangan. Ularning shakli ham turli tuman. Odatda disk 
(yassi), piyola, to‘g‘nog‘ich kokkolitlar boshqalaridan ko‘p bo‘ladi. Ularni 
elektron mikroskoplar orqali aniqlangan. Ayrim xollarda ular shunchalik 
ko‘payib ketadiki, 1 l dengiz suvidagi soni milliongacha boradi. 
Pontosphaeria huxleyi iliq dengizlarda Coccolithus pelagicus sovuq 
dengizlarda keng tarqalgan C.fragilis turi dengizlarning 4000 m chuqurligidan 
aniqlangan. Kokkolit suvo‘tlar dengiz suvlarida shunchalik ko‘p tarqalganki, 
1 l suvdagi ularning miqdori 30 mln ni tashkil etishi odatiy xolat. 
Dengizlarning suvlarini planktonida tarqalgan boshqa guruhlarning 
suvo‘tlari yuqoridagiday katta ahamiyat kasb etmaydi. Ayrimlari suvni 
“ko‘karib” ketishiga sabab bo‘lib, salbiy ta’sir ko‘rsatadiganlari ham bor. Bu 


110 
xolat juda kam ro‘y beradi. Yashil suvo‘t Halosphaeria viridis
ko‘kyashilTrichodesmum turkumining suvo‘tlari tropik dengizlarda ko‘p 
tarqalgan. Qizil dengiz deb atalishiga ham undagi suvo‘tlar sabab bo‘lgan. 
Dengizlardagi suvo‘tlarning turlari, tarqalishi ham bir xil emas. Shunga ko‘ra 
dengizlarning birlamchi mahsuldorligida ham katta farq bor. Suv va undagi 
karbonat angdridning miqdori etarli bo‘lsa ham suvo‘tlar uchun yorug‘lik va 
oziq moddalar Dunyo okeanining turli sarhadlarida bir xil emasligi plankton 
mahsuldorligini belgilaydi. U esa yil davomida turli omillarning ta’sirida 
o‘zgarib turadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling