O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Arktik tundraning o‘simliklari 
Tundra juda katta maydonlarni egallaganligiga qaramay floradagi 
turlarning xilma xilligi unchalik ko‘p emas. Ayrim viloyatlarda yopiq urug‘li 
o‘simliklarning turlari arang 200-300 ga etsa, arktikaning sovuq sahrolarida 
100 xatto 50 dan ortiq emas. Boshqa xech qanday mintaqa florasidagi va 
o‘simliklar jamoasidagi bir xillik bunchalik emas. Tundraning o‘simliklar 
qoplamidagi farqlar quyidagilar bilan izohlanadi. 
1) janubdan shimolga tomon o‘rtacha harorat va vegetatsiya davrining 


93 
davom etishini qisqarib borishi; 
2) u yoki bu hudud o‘simliklarini uncha uzoq vaqt bo‘lmagan yoki 
qadimdan o‘sib kelayotganligi. 
O‘rmontundra. Ninabargli shoxlari egilgan boreal o‘rmonlarning 
shimoliy chegaralariga borgan sari tarqalishida siyraklanish ro‘y beradi. 
O‘rmonsiz joylar paydo bo‘ladi, shimolga borgan sari bunday xolat ko‘payib 
boradi. Pasttak, ko‘rimsiz daraxtlar o‘zaro 10 m va undan kattaroq oraliqda 
joylashadi. Ularning orasida butachalar pakana, oqqayinlar, kichik tollar va 
boshqa o‘simliklar o‘sadi. Daryo vodiylarini shamoldan ximoyalangan 
joylarida kichik o‘rmonlar saqlanib qolgan. Ular bilan tundra 
chegaralanadiganida o‘rmontundra hisoblanadi. O‘rmontundra o‘rmon va 
tundra orasidagi aniq chegara o‘tkazib bo‘lmaydigan ensiz yuzlab 
kilometrlarga cho‘zilgan maydon. 
Daraxtlarning qutb chegarasida tarqalishi. O‘rmon tundraning 
shimoliy chegarasi daraxtlarning qutbdagi chegarasi bilan mos keladi. 
Tabiatda bu chegara bir tekis chiziqli emas. Daryolarning vodiylari va tog‘ 
yonbag‘irliklarida shimolga ancha kirib bor-sa, yassi suvayirg‘ichlarda 
janubga anchagacha boradi. Eng shimoliy nuqta Sibirda shimoliy72
0
kenglik 
Xatangi daryosini quyilishi va Lenaning quyi oqimiga to‘g‘ri keladi. Janubiy 
nuqtasi Labradorning sharqiy qirg‘og‘i (53,5
0
shimoliy kenglik) va 
Gudzonning janubiy qirg‘og‘i (54
0
shimoliy kenglik) to‘g‘ri keladi. Bundan 
tashqari daraxtlarning tarqalish chegarasi turli regionlarda har xil daraxtlar 
bilan: Skandinaviyada avvalo oqqayin burama (Betula tortuosa) va qarag‘ay 
(Pinus sylvestris), Oq dengizdan to Uralgacha qoraqarag‘ay (Picea obovata): 
Pechera daryosidan boshlab qoraqarag‘ayga tilog‘och (Larix sibirica
qo‘shilib, sharqqa borgan sari tilog‘och sibirlikni tilog‘och daur turi 
(L.dahurica) almashtiradi. Kamchatkada bu chegarani oqqayin toshday 
(Betula ermani) belgilaydi, Shimoliy amerikada qoraqarag‘ay kanadalik 
(Piceae canadensis) hamda qoraqarag‘ayni qorasi (P.marina) va tilog‘och 
amerikalik (L.americana) belgilaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu hududlarda 


94 
tarqalgan barcha o‘simliklar o‘sishi juda sekin u yiliga 1-2 sm dan oshmaydi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling