O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Kaliforniyaning mamont daraxtli o‘rmonlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Kaliforniyaning mamont daraxtli o‘rmonlari 
Balandligi 100 metrlargacha etadigan zich doimoyashil mamont 
daraxtlar yoki doimoyashil sekvoya (Sequoia septervirens) suvni yaxshi 
tutadigan Origonaning tuproqlarida to shimoliy-g‘arbiy Kaliforniyaning 
balandligi 700 metrlargacha bo‘lgan joylarida tarqalgan. Boshqa daraxtlar 
xususan Lythocarpus oidendron giganteum bu hududda katta ahamiyat kasb 
etadi. Butalardan faqat karnus (Carnus natela) va biroz ko‘proq korilus 
(Corylus cornuta) uchraydi. Doimoyashil mamont daraxt 30 yil ichida bo‘yi 
24 metrlarga etadi. Eng kattasining yoshi 500, ayrimlarida xatto 1800 
yillargacha ham boradi. Kurrai zaminimizdagi eng ulug‘vor o‘rmonlardan biri 
gigant mamont daraxtlaridan tashkil topgan o‘rmonlar hisoblanadi. Bu 
o‘rmonlar asosan sekvoyadendrondan (Sequoia) iborat o‘rmonlar 
Kaliforniyaning Serra-Nevada tog‘ tizmasining janubi-g‘arbida joylashgan. 
Mamont daraxtning ayrimlarini bo‘yi 85 metrlarga, tanasining asosini 
diametri 3 metrgacha etadi. Bu daraxtning uncha katta bo‘lmagan 32 areali 
ma’lum. Ularning maksimal yoshi 3000-5000 yil bo‘lishi kerak deb 
hisoblaniladi. Sequoiadendron giganteum o‘simligidan tashkil topgan 
o‘rmonlarni shartli ravishda namli o‘rmonlarga kiritish mumkin. Ularning 
hozirgi zamondagi areallari quruq va tog‘larning ninabargli o‘rmonlarini 
orasida turadi. 
Janubiy Amerikaning namli o‘rmonlari 
Namli o‘rmonlar Chilining katta maydonlarini egallaydi ular asosan 
mamlakatning janubiy tomonida tuman bilan namlanadigan okean qirg‘oq 
bo‘yi hududlarida tarqalgan. Janubda Valdiviya viloyatida (42-43
0
j.sh.kenglik) o‘rmonlar aniq ifodalangan subtropik xarakterga ega. Bu 
hududda tropik o‘simliklar bilan birga notofagus (Nothofagus) hamda 
Cunoniaceae tropik oilasidan Weinmannaturkumining o‘simliklari, yorug‘ 
ko‘p tushadigan maydonlarda bambuklar o‘sadi. Lianalardan poyasi bilakday 


76 
va gullari oq Hortensia scandensko‘p ko‘zga tashlanadi. Bu erda epifit 
paparotniklar, orxideyalar va bromeliyalar ham o‘sadi. Braziliya, Paragvay va 
Urug‘vayning tog‘li hududlarida soyabonsimon tanali Chili arakuariyasidan 
iborat landshaft ham diqqatga sazovor. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling