O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Markaziy Osiyo cho‘llari  
Markaziy 
Osiyo 
cho‘llari 
katta 
xududlilardan 
hisoblanib 
Mo‘g‘ilistonning shimoli va markazini egallaydi. Cho‘llarda yoz quruq va 
issiq, qish sovuq keladi. Bu xududlarda o‘simliklarning rivoji tuproqda 
namlik ko‘p bo‘ladigan bahorga to‘g‘ri keladi. Markaziy Osiyoda iqlimni 
keskin kontinentalligi tufayli o‘simliklardagi tinim davri ancha uzoq 
sentyabrdan to may oylarigacha davom etadi. Qishki qor qoplami deyarli 
bo‘lmaydi, yomg‘ir iyun oylaridagina yog‘adi. Shu boisdan bu hududda 
boshqa cho‘l mintaqasiga xos bo‘lgan bir yillik o‘tlar yo‘q hisobi. Yilning eng 
issiq davri yog‘ingarchilik bo‘ladigan davrga to‘g‘ri keladi, o‘simliklar yozda 
rivojlanadi.
Mo‘g‘ilistonning tog‘ o‘rmon cho‘lini shimoliy yonbag‘irliklarida 
uncha katta bo‘lmagan o‘rmonlar bo‘lib ularda Pinus sylvestris, Larix 
sibirica, Betula platyphylla, Papilus tremulao‘sadi. Butazorlarda Spiraea 
turkumining turlari ko‘p uchraydi. Qarag‘ayli o‘rmonlarga Rhododendron 
dahuricumchiroy bag‘ishlaydi. O‘t o‘simliklardan Pyrola incarnate o‘zining 
katta guli bilan e’tiborga loyiq. Ancha sernam oqqayinli o‘rmonlarda iyun 
oyining boshlarida tillarang gulli Trollius asiatica va oq gulli Anemone 
narcissiflorako‘p tarqalgan. Iyun oyining ohiriga kelib Paeonia anamaliaqizil 
katta gullarini namoysh qiladi. 
Suv rejimi qulay bo‘lgan joylardda o‘simliklarning qoplami 
rangbarang. Dasiphora parviflora, Rosa acicularis, Cotoncasterbutalari xam 


60 
uchraydi. Erta bahorda (may oyining o‘rtalari) o‘simliklar qoplamining 
rivojlanishini Pulsatilla flavescenssariq-yashil tusli shapoloqday gullari bilan 
boshlab beradi.Mayning ohiridan boshlab tog‘ yonbag‘irliklari Iris 
ruthonicaturining ko‘k gullari bilan bezanadi. Iyun oyining o‘rtalariga kelib 
baland bo‘yli Adenophora stenanthina, Delphinium cheilanthum, Geranium 
ruysehiana, Thalictrum minus, Polemonium coeruleum, Sanguisorba 
officinalis barq urib rivojlanadi. 
Boshoqdoshlarning xissasi bu o‘simliklarning qoplamida 25 % dan 
oshadi. Bu cho‘llardagi maxsuldorlik 1 ga maydonda 1000-2500 kg, quruq 
massani tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich boshoqli cho‘llardagidan (500-100 
kg/ga) ko‘p. O‘tloqli cho‘llarda daraxtlar yo‘q. Shag‘alli cho‘llardagi 
o‘simliklarning qoplami chiroyli emas. YOzning o‘rtalarida uning 
ko‘rinishini kulrang-oq gulli ildizmevali labguldoshlar oilasidan Phlomis 
ruberosa tashkil qiladi. Cho‘llarda Lilium tenuifolium ancha chiroyli gullaydi. 
O‘tloqli cho‘llar zaharli, achchiq, tikanli, bezlarga boy va tuklar bilan 
qoplangan o‘simliklar qo‘p tarqalganligi bilan xarakterli. 
Chorva mollari kam toptagan joylargaStellaria chamaejasme 
(Thymelacaceae oilasidan) uchraydi. Chorva mollar ko‘p boqiladigan joylarda 
achchiq tamli Artemisia frigida, Leontopodium campestre, Oxytropis 
glandulosa, Gentiana decumbens, Delphinium grandiflorumdominantlik 
qiladi.
Markaziy Osiyoda istisnosiz kashtan rangli tuproqlarda boshoqli 
cho‘llar keng tarqalgan. Agar janubdagi ochiq rangli kashtan tuproqlardagi 
boshoqli cho‘llar o‘tlatib boqiladigan chorva mollari uchun qulay bo‘lgani 
xolda shimoldagi to‘q-kashtan tuproqli boshoqli cho‘llardan xaydab 
dexqonchilik qilish uchun qulay emas. O‘simliklarning bunday 
uyuushmalarida boshoqdoshlar ustunlik qilganidan ular kulrang-yashil tusga 
ega. Shunisi xarakterligi katta maydonlarda boshoqdoshlarning qaysi bir turi: 
Stipa krylovii, Koeleria gracieais, Agropyron pectinatum, Anemrolepidium 
pseudoagropyron, Pao botryoides yokiCarex duriuscula turlaridan bari 


61 
o‘sadi. 
Bu cho‘llarda qorning qalinligi katta emas yoki butunlay yo‘q; shu 
boisdan qattiq sovuqlar erta tashadi, o‘simliklar vegetatsiyasining oxirida 
xuddi “yangi muzlatilganday” bo‘lganidan qishda xam chorva mollarini 
boqish mumkin. May oyining o‘rtalariga borib ayrim o‘t o‘simliklar gullay 
boshlaydi. Ular orasida sapsar gulli Pulsatilla tuzaninovii, ko‘kgulli Iris 
tigrida, sariq gulli Potentella acaulis, sutsimon oq gulli Androsace incana
moviy gulliAmblynotus obotusboshqalaridan ko‘p uchraydi. 
Yozning boshlarida cho‘l tillarang-sarg‘ish to‘pgulli Thermopsis 
lanceolateva yaltiroq katta gulli Cymbaria dahuricako‘p o‘sganidan cho‘l 
shunday rangga kiradi. Yozning o‘rtalarida cho‘lning tashqi ko‘rinishini sariq 
gulli Galium verum, ko‘k-Veronica incana, oq gulli chinni gul va edelveyslar 
belgilaydi. Kuzga yaqin Artemisia turkumining o‘simliklari cho‘lga kulrang-
yashil rang beradi.
Markaziy Osiyoning tuprog‘i unumsiz o‘rmon cho‘llarini shag‘alli 
janubiy yonbag‘irliklarida o‘t o‘simliklar va chalabutalar o‘sadi. 
Boshoqdoshlar kam. Bu cho‘llar Markaziy Osiyoning shimoliy qismini go‘zal 
ko‘rinadigan o‘smliklar jamoasiga ega. Baxordan to yozning o‘rtasigacha u 
yoki bu tur o‘simliklar gullab rangbaranglikni hosil qiladi. Bunday 
almashinuvlar xatto xar xaftada xam amalga oshaveradi. Shunga qaramay 
shag‘alli cho‘llar o‘simliklarining maxsuldorligi kam: bir yilda 1 ga 
maydondagi o‘simliklarning quritilgani 100-700 kg atrofida bo‘ladi xolos. 
Bahorda shag‘alli cho‘lning florasini tarkibi xilma-xil. Och-sariq 
gullovchi Oxytropis caespiyosaboshqalaridan soni jihatidan ko‘p uchraydi. 
Iyun oyining boshlarida Pedicularis rubensva P. flavao‘simliklarining qizil 
gullari ko‘zga tashlanadi. Iyun oxirlarida Rhaponticum iniflorumCentaurea 
monanthoso‘simliklarining katta qizil savatday gullari ko‘payadi. Qoyalar 
Haplophyllum dahuricum o‘simligining sariq gullari bilan bezanadi. Kuzning 
oxirlarida 
shag‘alli 
cho‘l 
Filifolium 
sibiricum, 
Orostashys 
sinosao‘simliklarining sariq tikanli gullari bilan yashnaydi. Hammadan keyin 


62 
Goniolimon speciosumsariq rangli gul hosil qiladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling