O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Усимликлар географияси мажмуа.
O‘sadigano‘simliklari.
Kurrai zaminimizning barcha arid mintaqalarida sahro va chalasahrolarni o‘ragan cho‘l va savannalariga tomon o‘simliklarning qoplami siyraklashib boradi. Uning zichligi yog‘in miqdorini kamayishi bilan teng boradi. Sahrolarda o‘simliklarning qoplami ularning suv bilan ta’minlanishi qulay bo‘lgan joylarda yaxshi rivojlanadi xolos. Chalasahrolarda o‘simliklar tarqalgan bo‘lsa u ma’lum me’yorga ega, shu bilan birga sahrolarni o‘simliklari butunlay yo‘q bo‘lgan joylari xam anchagina. Arid mintaqasining o‘simliklari o‘zini suv bilan ta’minlashning turlicha usullarini hosil qilgan. Ular mavjud suvni imkoni boricha tejab, transpiratsiyani kamaytirish bilan amalga oshiradilar. Sahro o‘simliklarida bargning yaproqlari maydalashadi, ildiz tizimi kuchli rivojlanadi. Bu yerlardagi o‘simliklar keng tarmoqlangan ildizga ega shu boisdan ular katta maydondagi yomg‘ir namini shimib oladi. Boshqalarida ildiz chuqurga kirib yerosti suvlarigacha yetib boradi. Buning yorqin misoli bo‘lib qandim (Calligonum)hisoblanib bu buta Sahroi kabirdan Gobi sahrolarigacha bo‘lgan xududlarda tarqalib uning ildizini uzunligi 30 m chuqurliklarga boradi. Sahro 49 va chala sahrolarda shunday o‘simliklar ham borki, yaproqlari keng yoyilgan bo‘lib erta sahardagi havo namligini shimib suvga bo‘lgan talabini qondiradi. Sahro va chalasahrolarda ko‘p yil davom etadigan qurg‘oqchilikka (sabr, bardosh bilan) o‘zida chidamlikni hosil qilganlarni ko‘p turlar tashkil qiladi. Sahrolarda tarqalgan o‘simliklarni bir necha ekologiya guruxlariga bo‘linadi. Birinchi guruxga biryillikefemerlar deb ataladiganlari mansub bu gurux o‘simliklari qisqa muddat davomida o‘sadi: ularning urug‘i yomg‘irdan keyinoq unadi va ko‘p xollarda bir necha kunlardayoq xayotiy davrini urug‘ hosil qilguncha tugallaydi. Bu davrda g‘aroyiblik – sahro gullaydi. Efemer-geofitlar guruhiga ildiz tugunak va piyozboshlari bo‘lgan ko‘p yillik o‘simliklar mansub. Ular yer yuzasida barglari va reproduktiv qismlarini yomg‘irdan keyingina hosil qiladi. Bir necha yillar davom etadigan qurg‘oqchilikni bu o‘simliklar tinim davridagi yerosti qismi bilan o‘tkazadi. Sahrolarning uchinchi gurux o‘simliklariga qisqa muddat namlanishdagina (tirik) bo‘ladigin poykilogidrid deb ataladiganlari mansub. Bu guruxga ayrim ko‘kyashil suvo‘tlar (masalan, Nostoc commune, Microcoleus vaginatus kabilar), lishayniklar, ba’zi moxlar Selaginellaturkumining o‘simliklari va paporotniklari ayrimlari va xatto ba’zi gulli o‘simliklar mansub. Ularning hammasi qurg‘oqchilikni tinim xolida o‘tkazadi. Yomg‘irdan so‘ng ular ko‘karadi, o‘sadi, ko‘payadi keyin yana quriydi. Sahroda eng ko‘p tarqalgan o‘simliklar kserofitlar hisoblanadi. Ularning yerusti qismi qurg‘oqchilikda ham tirik qoladi. Sahro va chalasahrolardagi kserofitlar asosan qattiq bargli sklerofillashgan. Kuchli rivojlangan va chuqurga kirib boradigan ildizlari qurg‘oqchilik davrida ham o‘ziga suv topa oladi. Bug‘lanishni kamaytirish uchun ularning bargalari ancha reduksiyalangan va qalin tuklar bilan qoplangan. Ba’zilarida esa barg butunlay yo‘q. Fotosintezni novdalari amalga oshiradi (masalan Halaxilon aphillum). Sahro kserofitlariga Tamaricaceae oilasidan Tamarix, qandim Calligonum, Zygophyllaceae oilasidan Zygophyllumkabilar yorqin misol 50 bo‘ladi. Sahro va chalasahrolardagi yana bir ekologik gurux bu haqiqiy sukkulentlar. Bu gurux o‘simliklarning barglari, novdalari, tanasida yoki yerostki qismida ko‘p miqdorda yomg‘ir davridagi suvni tutadi. Ulardagi moddalarning almashinuvi juda sekin ro‘y berganligidan-o‘simlik ham sekin o‘sadi. Haqiqiy sukkulentlar bo‘lib kaktuslar, ularga morfologiyasidan o‘xshab ketadigan sutlamadoshlar, semizo‘tdoshlar mansub. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling