O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Baobabli o‘rmonlar. Afrikadagi g‘aroyib ko‘rinishli, shoxlari 
tarvaqaylagan umrboqiy daraxt bu baobab. Uni non daraxti (Adansonia 
bigitata)deyiladi. Mintaqaning ko‘plab viloyatlarida baobab boshqa daraxtlar 
bilan turlarga boy baobabli o‘rmonlarni hosil qiladi. Uning ostidagi ma’lum 
darajada siyrak buta qavati ham turlarga boy. Baobabli o‘rmonlar unumdor 
tuproqlarda rivojlanadi, oziq moddalarga boy, engil tuproqlarni yoqtiradi. 
Baobab odamlarning hayotida muhim ahamiyat kasb etadi, u aholi istiqomat 
qiladigan joylarda ko‘p uchraydi. Relikt o‘simlik sifatida uni o‘stiradi. Unga 


45 
bo‘lgan odamlarning qiziqishi faqat tashqi ko‘rinishidagina emas, odamlar 
uchun uni foydali tomonlari ko‘pligida urug‘i 15 %gacha yog‘ tutadi, 
mevasining eti iste’mol qilinadi. YOsh yangi barglari sabzavot sifatida 
ishlatiladi. Baobab tabobatda va ilmiy tibbiyotda uning mevasini eti ich 
ketishda (dizenteriya) va tutqanoqda foydalaniladi. Shimoliy Afrika va Sudan 
mamlakatining hududidagi katta maydonlarda Combretium turkumining 
daraxtlaridan iborat quruq tabiatli siyrak o‘rmonlar mavjud. Ular bilan 
dukkakdoshlar oilasining o‘simliklari ham keng tarqalgan. Klimanjaro 
etaklarida siyrak tarqalgan mevali bog‘lar yoki “mevabog‘li” sevannalar 
mavjud. Ularni ostidagi boshoqli o‘simliklardan iborat tig‘iz o‘t qavatni bo‘yi 
2 metrlargacha etadi. Ular bilan tarqalgan bo‘yi 10 metrlardan oshmaydigan 
daraxtlarning shoxlari o‘zaro tutashmaydi. Shu xolat mevali bog‘ni eslatadi. 
Bu joylarda yong‘inlar ro‘y bermaganligi tufayli baobabli va Combretium 
turkumining turlaridan iborat fitotsenoz shakllangan. Bunday tipdagi mevali 
bog‘lar Markaziy va Janubiy Amerikada ham mavjud. Antil orollari va 
Markaziy Amerikada Curatella-Byrsonima savannalari mavjud. Tashqi 
ko‘rinishiga ko‘ra alohida jozibali savannalar SHarqiy Peruda Braziliyaning 
ayrim shtatlarida ham (Mamu-Grosu, Baiya, Manas-Jerays) uchraydi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling