O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


TROPIK VILOYATLARNING YOZGI NAM DAVRLI MINTAQASI


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

TROPIK VILOYATLARNING YOZGI NAM DAVRLI MINTAQASI 
Ekvatordan biroz uzoqlashilganda taxminan 10 va 25 parallellarni har 
ikkala yarimsharning orolig‘ida tropik iqlimli, bir kecha kunduzdagi 
haroratning farqi deyarli ro‘y bermaydigan o‘simliklarning o‘sishi va 
rivojlanishiga deyarli ta’siri bo‘lmaydigan hudud mavjud. Yomg‘irli 
o‘rmonlar v sahro mintaqasining orasida yozgi nam davrli tropik viloyat 
joylashgan. Buyerda savannalar, tikanli butalardan iborat chakalakzorlar 
joylashgan. 
Iqlimi va tuproqlari. YOg‘ayotgan yog‘in miqdori va uning yil 
davomidagi taqsimlanishi o‘simliklarning formatsiyalarini belgilaydi. 
Qurg‘oq katta maydonlar SHimoliy va Janubiy tropiklarning har ikkala 


37 
tomonida joylashgan. Bu hududlarda yozgiyashilbargli mussonli o‘rmonlar 
barq urib o‘sgan. Osiyo qit’asi juda katta maydonlarni egallaganligi tufayli 
ekvatorial mintaqada konvergenlik va ekvatoriallik tufayli yozgi mussonlarda 
yog‘ingarchilik miqdori ko‘p bo‘ladi. 
Hind okeanining shimoliy va Osiyoning Janubi-Sharqiy qismida ro‘y 
beradigan mussonlar tipik hisoblanadi. Bu erlarda yomg‘irlar apreldan 
oktyabr oyigacha davom etadi. buning natijasida Hindistonning sharqiy 
qirg‘oqlariga 900-1200 mm yog‘in yog‘adi. Boshqa oylarda qurg‘oqchilik 
kuzatiladi. Eng issiq kunlar yog‘ingarchilik oldidan ro‘y beradi. Dengizdan 
qanchalik uzoqlashish bilan yog‘in miqdori kamayib boradi, qurg‘oqchilik 
davri uzayadi. Hindiston yarimorolining janubi-g‘arbida yog‘adigan 
yog‘ingarchilik miqdori turlicha bo‘ladigan hududlarda uning g‘arbiy 
qirg‘oqlarida G‘arbiy Gataning tog‘lari joylashgan. Shimoliy kenglikning 12 
va 18
0
oralig‘ida yog‘ingarchilikning miqdori 3000 mmgacha etadi, tog‘ning 
shamolli tomonida faqat 600-700 mm ni tashkil qiladi xolos. Yarim orolning 
o‘rta qismini egallagan Dekan yassitog‘ligiga qurg‘oqchilik xos. 
Ekvatordan shimolroqda bunday iqlimiy sharoit Hindistonning ichki 
hududlariga ham xos. Ekvatordan janubroqda mussonli iqlim Avstraliya 
qit’asining ta’siri bilan belgilanadi. Bu erlarda o‘rtacha harorat 25-30
0

atrofida saqlanadi. YOzgi yomg‘irli davr (noyabr-aprel) aniq namoyon bo‘lib, 
yog‘ingarchilikni miqdori 800-1400 mm tashkil qiladi. Maksimal 
qurg‘oqchilik iyulga (Janubiy yarimsharda qish) to‘g‘ri keladi. Bunday iqlim 
shimoliy-sharqiy hududlardan tashqari Avstraliyada bor. Qirg‘oq bo‘yida 
yog‘in miqdori 1200-1500 mm bo‘lgani xolda 15 va 20
0
janubiy kengliklarda 
yillik o‘rtacha yog‘ingarchilik 700-370 mm. 
Afrikada undan ekvator chizig‘i o‘tadigan hududlarda yaxshi 
ifodalangan iqlimiy zonallik mavjud bo‘lib u o‘simliklar qoplami va floraning 
tarkibiga ham ta’sir qilgan. Sernam havo massasi Afrika materigi bo‘ylab 
shimoldan janubga iyulda (shimoldagi yoz) Sahroi Kabirgacha va yanvarda 
(janubda yoz) Janubi-G‘arbiy Afrikaning qurg‘oq hududlarigacha etib boradi. 


38 
Ana shuning uchun yilning bu davrida quyosh tikkaga kelganda yomg‘ir 
yog‘adi. Doimiy sernam ekvatorial mintaqada shimoldan janubga, Viktoriya 
ko‘lining atroflarida sharqdan aniq ifodalangan uch-besh oy davom etadigan 
qurg‘oq; yog‘ingarchiliksiz davr yondashadi. Yillik yog‘in miqdori ancha 
ko‘p, u g‘arbda 1990 mm gacha etadi. Keyin qurg‘oqchilik davri besh-etta oy 
davom etadigan mintaqa keladi, bu erlardagi yillik yog‘in 900-1200 mm ni 
tashkil qiladi. Ekvator yaqinidagi sharqiy afrika hududida passatlar mintaqasi 
joylashgan. Janubiy passat yog‘ingarchilik keltirsa ham u tog‘larning shamolli 
tomonida yog‘adi. Efiopiyaning janubi, Somali va Keniyada ikki marta ro‘y 
beradigan davrda 500 mm yog‘ingarchilik bo‘ladi xolos. Janubiy Amerikada 
Afrikadagi iqlimiy xolat ro‘y bersa ham bu hududda zonallikni aniqlash qiyin. 
Bu erlarda iqlimga passatlar kuchli ta’sir qiladi, u Atlantikadan iliq havo 
keladi. Orinoko basseynida yog‘in miqdori 900-1500 mm atrofida yog‘adi. 
Braziliyaning shimoliy-sharqiy qismi ancha quruq havoli, yog‘in miqdori 
o‘rtacha 700-800 mm xolos. Qurg‘oqchilik va yog‘ingarchilikli vaqtlar 
almashinib turadigan tropik hududlarning tuprog‘i laterintli. Bu tuproq 
quriganda juda qattiq, ezilishi qiyin xolga kelib qoladi, keyin u qatqaloqqa 
aylanadi. Uni orasidan o‘simlikning ildizlari o‘taolmaydi. O‘simlik qoplami 
ham shundan kelib chiqadi. 
Quruq (arid) hududlarda rangi qo‘ng‘ir-qizildan qizil-jigarrang tusli 
uncha unumli bo‘lmagan tuproqlar tarqalgan. Bu tuproqlar ancha g‘ovakligi 
tufayli daraxtlar kam yoki butunlay yo‘q. Afrikadagi quruq o‘rmonlar 
o‘sadigan erlarda katta maydonlarda qadimgi qumli tuproqlar mavjud. Sudan 
mamlakatida bu tuproqlar unumdor, namni yaxshi saqlaydi, shu boisdan 
o‘simliklarning ildizlari yaxshi rivojlanadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling