O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Afrikaning namli (yomg‘irli) tropik o‘rmonlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Afrikaning namli (yomg‘irli) tropik o‘rmonlari 
G‘arbiy va Markaziy Afrikaning namli tropik o‘rmonlari o‘zining 
floristik tarkibiga ko‘ra Amerikaning namli tropik o‘rmonlaridan farq qiladi. 


33 
Bu hududda dukkaklilar tartibiga mansub vakillardan tashqari o‘rmonlarning 
yuqorigi qavatining xarakterini belgilaydigan Afrika turkumlaridan 
sezalpiniyadoshlarning vakillari, shu bilan birga turkum va turlarga uncha boy 
bo‘lmaganBurseraceae, Icacinaceae, Meliaceae, Olaceae oilalarining 
endemik o‘simliklari ham ko‘p tarqalgan. 
Doimo yashil nam (yomg‘irli) suv bosmaydigan joylarda ibtidoiy xolda 
asosan Liberiya, Kamerun, Gabon mamlakatlarida va Kongo basseynida 
saqlanib qolgan. Ularning balandligi Amazonka basseyni va Hind-
Malaydagilardan pastroq 35-45 metrlar atrofida, mahsuldorligi ham kamroq. 
Afrikaning nam (yomg‘irli) tropik o‘rmonlarining foydali boshqa 
o‘simliklari orasida ma’lum va mashhuri kofe daraxti yoki kofe (Coffea
marenodoshlar oilasidan). Bu unchalik katta bo‘lmagan daraxt o‘rmonlarning 
quyi yoki o‘rta qavatiga mansub. 
Coffea arabica (araviya kofesi) Efiopiyaning janubiy-g‘arbiy qismini 
tog‘laridagi 
yomg‘irli 
o‘rmonlarining 
o‘simligi; 
Coffea 
canephora(kongoleziya kofesi), Coffea dewevrei (kongolez kofesi), Coffea 
liberica (liberiya kofesi) kola turlari Cola acuminate(uchi o‘tkirlashgan kola) 
va Cola nitida (yaltiroq kola) bilan G‘arbiy va Markaziy Afrikaning past 
tekisliklaridagi namli tropik o‘rmonlarda tarqalgan. 
Past tekisliklaridagi yomg‘irli tropik o‘rmonlarning epifitlari, 
orxiddoshlar va turli tuman paporotniklar keng tarqalgan. 
Daryolar ularning irmoqlarini qirg‘og‘ida suvga botgan boshoqlilar
qamishzorlar va suv o‘simliklarining jamoalari o‘sadi. Qamishzorlarda xlol 
(Cyperus), qo‘g‘a (Typha), qamish (Phragmitus), xanjaro‘t (Cladium) keng 
tarqalgan. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling