O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


-MAVZU: TROPIK HUDUDLARNING YOZGI NAM DAVRLI


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

3-MAVZU: TROPIK HUDUDLARNING YOZGI NAM DAVRLI 
MINTAQASI 
Reja 
1.Kattaligi va chegaralari. 
2.Iqlim va tuproqlari. Nam tropiklardagi o‘simliklar 
3.Tuzilishi va tarkibi. 
Kattaligivachegaralari. Nam tropiklardagi o‘rmonlarning tarqalishi 
asosan ekvatorning iqlim mintaqasi bilan chegaralanib u juda katta hududlar 
asosan, Janubiy Amerika, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Afrikani egallaydi. Bu 
hududning eng kattasidan biri-Amazonka uning irmoqlari hisoblanadi va u 
tropiklardagi nam o‘rmonlarning etaloni. U g‘arbdan janubga 3600 km, 
shimoldan janubga 2800 km ga cho‘zilgan. Boshqa, unchalik katta bo‘lmagan 
nam tropiklardagi o‘rmonlar Braziliyaning sharqiy qirg‘og‘ida. Undan 


27 
keyingisi tropik Osiyoda. Afrikada nam tropiklardagi o‘rmonlar Gvineya 
qirg‘oqlaridan Kongo yoyilmasigacha cho‘zilgan. 
Iqlim va tuproqlari. Nam tuproqlardagi haroratning absolyut 
maksimumi 33 va 36
0
S oralig‘ida. O‘rtacha oylik harorat o‘zgarishsiz va u 
24-28
0
S ni tashkil qiladi. Braziliyaning ayrim joylarida va Afrikaning sharqiy 
qismidagi nam o‘rmonlarda yillik yog‘in miqdori 2000 mm ayrim xollarda 
12000 mm ga boradi. Ekvator yaqinida yil fasllarida farq yo‘q hisobi, u erda 
har kuni ertalab soat 6 da kun chiqadi. Choshgohdan keyin momaqaldiroq 
bo‘lib, kuchli yomg‘ir yog‘adi. Keyin tezda quyosh charaqlaydi. B xolat kun 
botguncha yana bir marta takrorlanadi. Kech soat 6 da kun botadi. 
Haroratning eng pasti quyosh chiqishdan oldin, choshgohda ko‘tarilib yana 
pasayadi. Havoning kechasigi va sahardagi namligi 90-100% ga etadi, 
choshgohda 40% kamdan kam xollarda 25% gacha pasayadi. 
Nam tropiklardagi o‘rmonlar mintaqasida ergacha ya’ni tuproqqacha 
yorug‘lik juda kam etib keladi. YOritilganlik 0,1-1% darajasida ham moxlar 
va paparotniklarning ko‘pchiligi plaunlar (Selaginella) va xatto gulli 
o‘simliklar ulardan begoniya va toshyorardoshlar (Comnelinaceae), imbernыe 
(Zingiberaceae), marantadoshlar (Marantaceae), marenovыe (Rubiaceae) va 
balzaminlar (Balsaminaceae) oilalarining vakillari bu sharoitda ham 
o‘saoladi. Nam tropiklardagi o‘rmonlarning tuproqlari (ayrim joydagilarini 
hisobga olmaganda)uchlamchi davrda hosil bo‘lgan. YOg‘ingarchilikni ko‘p 
bo‘lishi birlamchi tog‘ jinslaridan iborat asosni hamda kremniykislotalarni 
yuvib ketadi. Buning natijasida tuproqni temir, alyuminiy tuzlari bilan boyishi 
ro‘y beradi. Bu jarayon ferrallitlanish yoki laterlanish deyilib nam 
tropiklardagi o‘rmon mintaqasi uchun xos hisoblanadi. Bu tuproqlarda kalsiy, 
azot, fosfor yo‘q yoki deyarli yo‘q. SHunday bo‘lsada o‘simliklar qoplamini 
qalinligi uning qadimiyligi bilan izohlanadi. YUzlab asrlar davomida 
tuproqdagi oziq moddalar o‘simliklar qoplamiga o‘tgan u ekotuzilmaning 
oziq manbaiga aylangan. O‘simlik qoldiqlarini qulay iqlimiy sharoitda 
minerallarga aylanishi natijasida tezda o‘simliklarga o‘tadi. 


28 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling