O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
JanubiyAmerikaning namli tropik o‘rmonlari
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Усимликлар географияси мажмуа.
JanubiyAmerikaning namli tropik o‘rmonlari
Hozirgi kunda tropik o‘rmonlardagi o‘simliklarning rang-barangligi Amazonka basseynida boshqa joylardan yaxshi namoyon bo‘lgan. Sayohatchilar “yashil jaxannam” deb atashadigan bu hudud o‘zining tadqiqotchilarini kutmoqda. Avval bu yerlar uchun fitotsenologlar zarurki hozirgacha ham bu yerda tarqalgan o‘simliklar bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar oz. Janubiy Amerikaning namli tropik o‘rmonlarida eng katta maydonli quyi yassilikdagi suv bosmaydigan joy nam o‘rmonlar tashkil qiladi. Janubiy Amerikaning aholisi bu joylarni ispanchasiga “terrafirma”- qattiq er deb atashadi. Uning daraxtlar qavatini bag‘oyat turli sistematik tarkibi asosan dukkaklilar tartibining daraxtlari tashkil qiladi. Bu yerda sezalniyadoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning ikkita markazidan bittasi daraxtlardan Dimorphandra, Elizabetha, Eperua, Heterostemon, PeltogynevaSwartzia turkumlarining chiroyli gullaydigan turlari tarqalgan. Mimozadoshlar (Mimosaceae) oilasining tarkibiga Amazonka basseynidagi bo‘yi eng baland 60 metrlarga etadigan Dinizia excelsa ko‘p turlari tarqalgan. Parkia turkumi ko‘p uchraydi. SHu bilan birga 32 muskatdoshlar (Myristicaceae), sapotadoshlar (Sapotaceae), letsitiyadoshlar (Zecythidaceae), sutlamadoshlar (Euphorbiaceae), lavrdoshlar (Zauraceae) va kurtdoshlar (Apocinaceae) oilalarining daraxtlari ko‘p tarqalgan. Amazonka basseynining muhim foydali o‘simligi-geveya (Hevea brasilensis) kauchuk beradi.Geveya sutlamadoshlar oilasiga (Euphorbiaceae) mansub, bo‘yi 30 metrlarga tanasining diametri 1 metrga etadi. Braziliyaning ichki hududida kurtdoshlar oilasidan kauchuk (avvalo chaynaydigan saqich) olinadigan Conta turkumining turlari ham keng tarqalgan. Boshqa faydali o‘simlik-Bertholletia excelsadaraxtidan “braziliya yong‘og‘i” teriladi. Lesythidaceae oilasiga mansub daraxtning bo‘yi 50 metrlargacha etadi. Qimmatbaho yog‘ochlik beradigan daraxtlardan sveteniya (Swietenia macrophylla)bo‘lib uning yog‘ochligi haqiqiy qizil daraxtdan (Maxogon) qolishmaydi. Bu daraxt Antil orollarida keng tarqalgan, uning bo‘yi ham 50 metrlarga boradi. Amazonkaning nam o‘rmonlarida lianalar ayniqsa barq urib o‘sgan. Ulardan Abuta (Menispermaceae oilasidan), Bauhina (Caesalpiniaceae) Derris (Fabaceae), Entada (Mimosaceae) vaStrychnos (Loganiaceae)turkumlarini qayd etish lozim. Abuta va Strychnos turkumlari o‘simliklaridan mahalliy aholi nayzalarini uchiga surtadigan zahar- kurara tayyorlashadi. Haqiqiy epifitlardan birinchi navbatda Amerikaning namli o‘rmonlariga xos bromleyadoshlar (Bromeliaceae) hamda orxidlarning turlarga boy turkumlaridan Cattleya, Epidendron, Laelia, MaxillariavaOncidiumko‘p uchraydi. Doimo suv bosgan joylarda (ularning eni 100 km gacha boradi) qirg‘oqda butalar, undan keyin baland bo‘yli (50 m atrofida) daraxtlar, ulardan palmalar shokolad daraxt yoki kakao daraxti (Theobroma cacao) o‘sadi. Uning bo‘yi 10 metrlarga etadi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling