O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Kapolami. Kap olami boshqalaridan uncha katta bo‘lmagan hududni 
egallasa ham (Afrika materigining eng pastki janubiy qismi) u 6000 dan 
ortiqroq turlardan iborat gulli o‘simliklarga ega. Faqat bu emas bu olamda 
tarqalgan o‘simliklar morfologiyasidan xilma xillikni hosil qilgani hamda 
endemik taksonlarning ko‘pligi bilan ajralib turadi. Kap olamining florasi 
paleotrof olamining tarkibiga kiradigan Afrikadagilardan tubdan farq qiladi. 
SHunga 
qaramay 
ayrim 
oilalarning 
ayniqsa 
proteydoshlar 
va 
restioniyadoshlarning o‘simliklari avstraliya va antraktika floristik viloyatlari 
bilan aloqadorliklari mavjudligini isbotlaydi. Proteaceae oilasining ayrim 
turkumlari masalan, ProteaLeucadendronva boshqalar faqat shu olamga xos. 
Boshqa oilalardan ayrim turkumlar faqat shu joyda tarqalgan ko‘p turlarni o‘z 
ichiga 
oladi. 
Masalan, 
Mesembryanthemumturkumi 
(bargli 
sukkulentlar)Aizoaceae oilasidan 250 atrofidagi turlarni va Geraniaceae 
oilasidan Clivia, liliyalar oilasidan HaworthiavaGasteria(bargli sukkulentlar). 
Bu o‘simliklarning ko‘pchiligini bizda xona o‘simligi sifatida o‘stiriladi. 
Bundan tashqari kap florasida Ericaceae oilasining turkumlari juda ko‘p 
tarqalgan. Erica turkumi kap floristik olamda ikkilamchi kelib chiqish 
markazini hosil qilgan: bu uncha katta bo‘lmagan hududda uning 500-600 
turlari uchraydi. 
Antarktikolam. Antarktik olamga Antarktikadan tashqri, u erda bir 
necha turdagi o‘simliklar o‘sadi xolos. Janubiy okeannning Folklend
Kerchelen va boshqa orollari va Janubiy Amerikaning eng janubiy qismi 


26 
G‘arbiy Patogoniya, Olovli Yer ularning janubidagi orollar mansub. Ko‘plab 
botaniklar bu floristik olamga Yangi Zellandiya, hech bo‘lmaganda uning 
Janubiy orollarini kiritishadi. Turli oilalarning tarkibiga antarktik olamning 13 
maxsuslashgan 
turkumi 
mansub, masalan 
Acaena 
(Ra’nodoshlar 
oilasidan)g‘alatiroq tig‘iz yostiq ko‘rinishidagi Azorella juda katta bargli
Gunnera va janubiy buk-Nothofagus shular jumlasidan. Agarda qayd etilgan 
oltita floristik olamni joylanishi va kattaliklariga qarasak, janubga tomon 
ularning hududlari kichiklashganligini va bo‘laklarga bo‘linganligi ko‘zga 
tashlanadi. Shimoliy yarimsharning tropik qismidan tashqarisini jami bitta 
yagona golarktik floristik olamdan iborat bo‘lgan xolda, tropik va subtropik 
hududlar ikkita, janubrog‘idagi hududlar xatto uchta olamga mansub. 
Quruqlikda ro‘y bergan tarixiy geologik jarayonlar floraning rivojlanishida 
naomyon bo‘lgan. Qit’alarning ajralishi ma’lumki, janubdan boshlangan va u 
kuchliroq ravishda shimolda namoyon bo‘lgan. SHu bilan birga floraning turli 
olamlarga mansublari shundan dalolat beradikki, bir floristik olamning 
o‘simliklar dunyosi boshqa o‘simliklar olamidan ajralgan holda bo‘lmagan. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling