22
bilan bog‘liq. Ko‘chib yuruvchi qushlar urug‘larni uzoq masofalarga olib
ketishadi.
Epizooxoriya. Urug‘ va mevalar hayvonlarning ustiga
yopishish bilan
oson tarqaladi. Bunday epizooxoriya urug‘larni tarqalishida chaynaganda
ezilishdan, hazmlanishidan saqlaydi, hayvonda bo‘lish
muddatini
cheklamaydi. O‘simliklarda hayvon tanasining yuzasida saqlanib turishi
uchun turlicha moslamalarni (ilashish, yopishish kabi) hosil qilgan. Asosiy
tarqatuvchilar bo‘lib sutemizuvchilar hisoblanadi, qushlar bu borada ikkinchi
o‘ringa tushgan. Areallari katta bo‘lgan ko‘plab o‘simliklar
hamda ayrim
kosmopolitlar qit’alar xatto butun dunyo bo‘ylab shunday tarzda tarqalgan.
Epizooxoriya xolatini yozda dala, adirda, tog‘da yurganimizda oyog‘imizga
urug‘larni yopishib, ilashib qolganligini uni
tozalash ham qiyinligini
ko‘rganmiz. O‘tlab kelgan qo‘y tanasi qo‘ytikan bilan qoplanganligini
hammamiz bilamiz. Botqoq yoki suv o‘simliklarni urug‘lari ham qushlarni
tanasi, tumshug‘i, oyoqlariga yopishib tarqaladi.
Bu xolatda ular katta
maydonlar, masofalarga ketadi. Ko‘chib yuradigan qushlar ayrim
o‘simliklarning urug‘larini uzoq masofalarga olib ketishlari natijasida
dizyunktiv areallarni hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: