O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


O‘simliklarning qurg‘oqchilik davriga moslanishlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

O‘simliklarning qurg‘oqchilik davriga moslanishlari 
Qurg‘oqchilik besh oydan ko‘p davom etmaydigan yog‘ingarchiliksiz 
davrning oxiriga kelib daraxtlar deyarli bargsizlanadi. Yog‘ingarchiliksiz davr 
besh-etti oy davom etsa bu xolat savanna tipidagi siyrak daraxtli o‘rmonlarga 
xos. Bunday o‘rmonlarning tarkibini qurg‘oqchilikka chidamli daraxtlar 


39 
turlari tashkil qiladi. Quruq o‘rmon deb ataladigani savanna bilan o‘rmon va 
o‘t o‘simliklar jamoalarining oralig‘ini egallaydigani bilan almashadi. 
YOg‘ingarchilik kam bo‘ladigan joylarda quruqchilik davri etti to‘qqiz oy 
davom etib bu joylarda tikanli siyrako‘rmon o‘sadi. 
Ekvator atrofidagi yomg‘irli o‘rmonlarning shoxlari pastga egilgan 
bo‘lgan xolda tropik mintaqalarda unday emas. Bu daraxtlarni 
yog‘ingarchilikni kamayshishi tufayli daraxt barglari suv bug‘latishni buta 
vaa o‘t o‘simliklaridan ko‘p bug‘latadi. O‘simlik bug‘latgani o‘rniga 
tuproqdan qancha kam suv olsa, daraxtni o‘sishi uchun sharoit qiyinlashadi. 
SHu boisdan yozgi nam davrli tropik mintaqalarning daraxtlari qurg‘oqchilik 
davriga o‘zlarida moslanishlarni hosil qiladilar. Bu moslanish suvni g‘amlash 
uni yo‘qolishini kamaytirishi bilan amalga oshadi. 
Barglar orqali suv bug‘lanishini kamaytirish maqsadida daraxtlar 
qurg‘oqchilik davrida barglarini to‘kadi. Tropiklarda daraxtlar qurg‘oqchilik 
davrida tuproqdagi namlik etarli bo‘lganida yashilligini saqlaydi. Hamma 
daraxtlar ham qurg‘oqchilikda xazonrezgilikni amalga oshirmaydi. Bir xili 
yomg‘irli davr tugashi bilan barglarini to‘kadi, boshqalarida xazonrezgilik 
uzoq vaqt davom etadi. uchinchilari qurg‘oqchilik davrining oxirida yangi 
kurtaklar ochila boshlaganda bargini to‘kadi. 
Doimo yashil o‘simliklarning barglari qurg‘oqchilikka chidamli 
bo‘ladi. Ularda kutikula qavati qalin, barglari kichkina. Mustahkamlik 
beruvchi to‘qimali yaproq tig‘iz, deformatsiyaga chidamligi tufayli ular 
shamolda ovoz chiqaradi. Boshqalarida barg patsimon tuzilgan, ular quyosh 
nurini o‘ziga eng kam tushiradigan xolda joylashadi. 
Tikanbutali savannalardagi daraxt va butalarning barglari ko‘pincha 
redutsiyalangan yoki ular tikanga aylangan (Afrikaning ko‘pchilik 
akatsiyalari, kaktuslar va boshqalar). Bunday o‘simliklarda assimilyasiyani 
etdorsukullent deb ataladigan poyalar amalga oshiradi. 
Uncha baland bo‘lmagan, kuchli shoxlangan savannalardagi 
daraxtlarning qalin po‘stloqlari masalan, Cussonia teri daraxtida 32 mm gacha 


40 
qalinlikka ega, bu uni nam yo‘qolishidan, olovdan saqlaydi. Uni tashqi qismi 
olovdan qorayib ko‘mirga o‘xshab qoladi xolos, ichki qismi avvalo kambiy 
saqlanib qoladi. Butalarning erga yaqin joydagi kurtaklari olovdan saqlanadi. 
Savannadagi daraxtlarning yassilangan, disksimon yoki soyabonsimon 
tanalari ularni qurg‘oqchilikdan yaxshi saylaydi. Qurg‘oqchilik davrida 
to‘xtovsiz esadigan shamollarga bunday tanali daraxtlar oson chidaydi. Bunga 
soyabonsimon akatsiya (Acacia spirocarpa)va boshqalar misol bo‘ladi. 
Soyabonsimon 
ko‘rinishni Burseraceae, Caesalpinaceae, Myrcaceae, 
Anacardinaceae oilalariga mansub turkumlarning turlarida ham ko‘rish 
mumkin. 
Qurg‘oqchilikka moslanishning yana bir turi ayniqsa daraxtlar tanasida 
suvni g‘amlashi hisoblanadi. Sukullentlik qurg‘oqchilik ro‘y berib turadigan 
hududlarda tarqalgan boshqa o‘simliklarga ham xos. Bunday xolat 
daraxtlardan ko‘ra o‘t o‘simliklarda ko‘p uchraydi. Ular suvni tuproqlarida 
to‘playdi. Bunday sukullentlar bizda xonadonda gultuvaklarda o‘stiriladigan 
manzarali aloe, sanseveriya, kalonxoe, semizo‘tlar shunday. Tanasida suv 
saqlaydigan daraxtlar bizga bir muncha g‘aroyib tashqi ko‘rinishga ega, 
ulardan baobab (Adansonia digitata) bo‘yi 20 metrlarga etib, aylanasi 
ba’zilarida 20 metrga, uning yumshoq yog‘ochligida ayrim ma’lumotlarga 
ko‘ra 12000 litrgacha suv bo‘ladi. Avstraliyada butilkasimon daraxt 
(Brachychiton) Janubiy Amerikada kavanilleziya (Covanillesia) shishgan 
tanaga ega, uning ichida suv bo‘ladi. Xuddi shu maqsadlar uchun Janubiy 
Amerikadagi buta Andria lanrifolia o‘simlikning ildizlari xizmat qiladi. 
Uning odam bilagining yo‘g‘onligidagi xuddi erosti daraxtiday ildizlari 10 m 
atroflargacha ketadi, tuproq ustida uni mayda ildizlari ko‘rinadi xolos. 
Janubiy Amerikaning savannasimon o‘rmonlarida daraxt ustida 
o‘sayotgan o‘simlikni ya’ni epifitlar ko‘p. Ular ildizi bilan tuproqdan suv 
olmaydi, kuchli yoritilish ostida va suv bilan ta’minlanishi juda kam. Mana 
shu ularning aniq ifodalangan kseromorf tuzilishini belgilaydi. Bu 
mintaqaning epifitlariga paparotniklar ham xos bo‘lib, qurg‘oqchilikda 


41 
ularning barglari deyarli quriydi, namgarchilikda ana “tiriladi”. Bu 
mintaqadagi o‘simliklarning gullashi va mevalashi qurg‘oq va namli 
davrlarga moslashgan. Agar o‘simlik oziq moddalarni saqlayolsa (bu avvalo 
daraxtlarga tegishli) ularning gullashi quruq yog‘ingarchiliksiz davrga to‘g‘ri 
keladi. Qurg‘oqchilik davrining oxiriga kelib o‘t o‘simliklar ham gullaydi. 
Birinchi yomg‘irdan keyin o‘t o‘simliklar qiyg‘os gullaydi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling