O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Yozgi yashil tropik o‘rmonlar, namli savanna


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Yozgi yashil tropik o‘rmonlar, namli savanna 
Yozgi yashil tropik o‘rmonlar mussonlar esadigan hududlarda asosan 
tarqalganligidan mussonlio‘rmonlar ham deyiladi. Undagi daraxtlar barglar 
bilan to‘la qoplangan paytda bu o‘rmonlar doimo yashil yoki yarim 
xazonrezgili ancha yorug‘roq tropik o‘rmonlarga o‘xshab ketadi. Ularda 
shoxlari egilgan va butali qavat yaxshi rivojlangan. Bunday o‘rmonlarning 
ancha qismini doimo yashil o‘simliklarning turlari tashkil qiladi. 
Daraxtlarning turlarini tarkibi boy emas. Ularning orasida teyko daraxti 
(Tectonia grandis) eng ko‘p tarqalgan. Daraxtning bu turi Hindiston, Birma, 
Tailanddagi yozgi yashil o‘rmonlarning asosini tashkil qiladi. U bilan birga 
ebena daraxti (Diospyros melanoxylonvaDiospyros ebenum)hamda lavr 
hindistonlik (Terminalia tomentosa) qimmatli yog‘och beradi. Ulardan 
ayniqsa teyko qimmatli xususiyatlarga : qattiq, zamburug‘lar, termitlar 
ta’siriga chidamli, namlik va haroratni o‘zgarishi kuchli ta’sir qilmaydi. SHu 
boisdan o‘rmonchilar uni maxsus o‘stirishadi (Afrika va Janubiy Amerikada 
ham). Mussonli o‘rmonlar Birma va Tailandda yaxshi o‘rganilgan. Ularda 
teyko bilan birga Pentacme snavis, Dalbergia paniculata hamilttonia keng 
tarqalgan. Butalar qavatida bambukning bir turi – Dendrocalamus 
strictuso‘sadi. O‘tlar qavati asosan boshoqlilardan iborat ularning orasida 
Andrapogon ustunlik qiladi. Yavaning sharqida teyko o‘rmonlari keng 
tarqalgan. Bu tur Yavaga Hindistondan keltirilgan bo‘lsa kerak. SHu bilan 
birga olovday qizil gullaydigan Butea monosperma, soyabon ko‘rinishga ega 
tanali Albizza stipulate, Schleicheria trijugahamda tanasi oq po‘stloq bilan 
qoplangan 
Albizza 
procera 
hamda 
Phyllanthum 
emblica, 
Ficus 


42 
hispidalianalardan ildizida baliqlarga zaharli ta’sir qiladigan rotenon tutgan 
Derris elliptica, urug‘i Hindistonda og‘irlik birligi sifatida foydalaniladigan 
Acacia pennatavaArbus precatoriustarqalgan. 
Birma o‘rmonlarida ancha quruq erlarda Pentacme suavis daraxtidan 
iborat o‘rmonlar bor. Bu o‘rmonlardagi daraxtlardan ayrimlari qimmatli 
yog‘och olish uchun maxsus ko‘paytiriladi. Ulardan Birma temir daraxti 
(Xylia xylocarpa) yog‘ochi termitlardan zararlanmaydi; qora mirobalan daraxt
(Terminalia chebula) yog‘ochi mebel ishlab chiqarishda: Antelaea 
azidarachta yog‘ochi qizil bo‘lganligidan haykalchalar va faner tayyorlashda; 
chilibuxi (Strychnos nuxvomica) daraxtidan strixnin va termitlarga chidamli 
qimmatbaho yog‘och olinadi. Bu erda ham bambuk u bilan birga kaltapoyali 
palma (Phoenix acanlis) o‘sadi. 
Yozgi yashil baland bo‘yli o‘rmonlar Amerika materigida ham bor. 
Tashqi ko‘rinishidan sharqiy Osiyodagilardan katta farq qilmaydi. Bu erda 
ham bo‘yi 25-35 m keladiganlari bor. Gvatemala, Salvador, Nikaragua va 
Panamaning dengiz qirg‘oq bo‘ylaridagi o‘rmonlarda Ceiba pentandra(jun 
yoki kopak daraxt), Enterolobium cyclocarpum va E.saman, Terminalia 
obovata vaAnacardium excelsum, butalar orasida tikanli palma Bactris 
subglobosavaCoccolobaturkumining turlari o‘sadi. Bunday tarkibli o‘rmonlar 
Antil orollarida ham bor. Juda katta maydonlarni egallagan tropik va 
subtropik o‘rmonlarda aholi ancha kam. Aholi sonining ortishi o‘rmonlarning 
kesilishiga olib keladi. Uni o‘rnida turar joylar, odamlarning faoliyati uchun 
zarur qishloq xo‘jalik erlari tashkil etiladi. Kurrai zamin bo‘ylab yarim 
xazonrezgili va nam yozgi yashil o‘rmonlarning maydonlari tobora kamayib 
ketmoqda. O‘rmonlarni yonishi bilan uning tuprog‘i chorva mollarini o‘tlatish 
va dehqonchilik uchun yaroqsizga aylanayapti. 
Afrikada tropik yomg‘irli o‘rmonlar o‘simliklarning ochiq jamoalari 
bilan chegaradosh. Bunday xolat Hindistonda ham katta maydonlarda mavjud. 
Bu esa bunday o‘rmonlarga tashqi ta’sir kuchli ro‘y berishiga olib keladi. 
Afrikada nam savannalar uning g‘arbiy tomonida katta maydonlarni 


43 
egallaydi. Bu joylarni Gvineya mintaqasi ham deyiladi. Gvineya savannasi 
deb ataladigan hudud shimolda tropik yozgi yomg‘irli o‘rmonlar Nigeriya 
orqali Sudanning janubigacha boradi. SHimoliy va janubiy savannalarda farq 
bor. O‘rmonli savannalarda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi. Tropik yomg‘irli 
o‘rmonlar janubiy mintaqada tegishli tarmoq savannalarga (Kongo 
basseynida, janubi-sharqiy Gabon-Katango) bo‘linadi. 
Namli savannalarda Daniella, Cophira, Nanclea turkumlarining 
turlariga mansub o‘simliklar bilan Isoberlinia hamda sezalpiniyadoshlar 
oilasiga mansub turkum turlari ham ko‘p. Ulardan tashqari bu erda moy 
daraxt (Butyrospermum parkii, karmandaraxt (Afzelia africana) ham ko‘p 
o‘sadi. Bu hududlardagi baland bo‘yli boshoqlilarning turlari ham anchagina. 
Eng balandlarining bo‘yi 2 metrdan to 5 metrlargacha etadi. Ularning asosini 
HyparrheniavaAndropogonturkumining turlari tashkil qiladi. Ularning 
barglarini enliligi diqqatga sazovor. Bo‘yi 50-150 sm keladigan qavat asosan 
Panicum Sataria, Chloris, Schizachyriumva boshqa turkumlarga mansub 
turlardan iborat. Boshqa oilalarning turkumlarini o‘simliklari ham bor, ular 
fitotsenozda katta ahamiyat kasb etadi. Markaziy Amerika savannalarida 
qarag‘ay va emanlar ham o‘sadi. Ularning orasida qarag‘ay kariblik (Pinus 
caribica), tropik (Pinus tropicalis), kubalik (Pinus cubensis) va eman virginlik 
(Quercus virginiana) ham keng tarqalgan. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling