O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Yonbag‘irlikni ta’siri. Bizning sharoitimizdagi tog‘larni shimoliy va 
janubiy yonbag‘irligi, iqlimiy, edafik, gidrologik jihatidan ancha 
farqlanadigan xususiyatlarga ega. Bunday xolatni Yer sharining turli 
mintaqalaridagi tog‘ tizmalarida ham kuzatish mumkin. Shimoliy va janubiy 
yonbag‘irlikda harorat doimo farqlanadi. Janubiy yonbag‘irlikda harorat 
yuqori, namlik kamligidan bu joylardagi o‘simliklarning bo‘yi past muayyan 
maydondagi soni kam, ayniqsa turlarning sistematik tarkibi shimoliy 
yonbag‘irlikdagidan katta farq qiladi. Har ikkala yonbag‘irlikda o‘sayotgan 
o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish davrining uzoqligida ham farqlar bor. 
Janubiy yonbag‘irlikda bahorda quyosh nuri va haroratning ta’sirida o‘simlik 
una boshlaganda shimoliy yonbag‘irlikda qor saqlangan bo‘lishi yoki xali 
o‘simlikni unganligini bilinmaydi. 
Balandlik mintaqalari. Hozirgacha biz o‘simliklarning tarqalishini 
tekislik-gorizantal bo‘yicha ifodaladik. O‘simliklarning vertikal ya’ni 
balandliklar bo‘yicha tarqalishida ham o‘ziga xos tomonlari bor. Tog‘ga 
chiqqan odamlar balandlikka ko‘tarila borgan sari o‘simliklarning er yuzasini 
qoplaganida, ularning bo‘yini balandliklarida gullarining rangi, shaklidagi 
farqlariga ko‘ra turlar tarkibini o‘zgarib borayotganligini ko‘radi. Geografik 
xaritada bunday o‘zgarishlarni ifodalash qiyin, shart ham emas desak ham 


13 
xato bo‘lmaydi. Bu xolatni ifodalab ko‘rsatish uchun profil-kesma sxemadan 
foydalaniladi. 
O‘simliklarning balandlik mintaqalari bo‘ylab tarqalib taqsimlanishi 
iqlimiy omillar bilan bog‘lab ifodalanadi. 
Flora va o‘simliklarning balandlik mintaqalari bo‘ylab tabaqalashgan 
xolda namoyon bo‘lishi Yer yuzasining hamma joylarida ro‘y beradi u avvalo 
iqlim omillarini o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ilmiy adabiyotlarda 6 ta balandlik 
mintaqasi farqlangan. 
Quyi mintaqa-tekislik mintaqasi, undan keyin tepaliklar, keyin tog‘ 
mintaqasi. Bundan keyin oreal (grekcha Oreales-tog‘) mintaqa baland 
tog‘larni; yuqorigi o‘rmonlar tarqalgan chegara, subalp va alp mintaqa. 
SHunday balandlik mintaqalari hamma joyda bo‘lsa ham er sharining turli 
joylarida turlicha qabul qilinadi. O‘zbekistonda prof. Q. Zokirov taklif etgan 
balandlik mintaqalari: cho‘l, adir (quyi, yuqori), tog‘ (quyi, yuqori) va yaylov 
mintaqalariga botaniklarimiz amal qilishadi. Bu mintaqalarning floristik 
tarkibi ham har xil. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling