O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Download 329.72 Kb.
bet65/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

TENGLANISH VA TOBELANISH
5-mashq. Berilgan misollardagi moslashuv aloqasidagi
birikmalarni aniqlang. Ular qaysi jihatdan moslashganligini tushuntiring.

1. O‘ttizinchi yillarda u hayotga tashna, butun vujudini she’riyat sehri qamrab olgan, olam ko'zlariga alvon ranglarga chulg‘anib ko‘ringan, dunyo tiniq, shaffof nurlardan iborat bo‘lib tuyulgan shoir bola edi (S.Ahmad). 2. Bu mehribon, qayg'ungga aayg‘udosh odamga Polvonning mehri tushib qolgandi (S.Ahmad). 3. Ko‘tarma mashinalarning narvonli maydonchasi ustiga chiqib olgan kishilar binolaming devorini oqlashardi. (O‘.Hoshimov) 4. Sherzodning kirib kelishi sartaroshga yoqmadi (O‘.Hoshimov). 5. Saidiyning shu kungi suhbatdan olgan taassuroti shu bo‘ldi (A.Qahhor). 6. Markaziy gazetalarda yer islohatiga tayyorgarlik ishining boshlangani, uning borishi to'g’risida xabarlar bosilar, ularning ichida yoshlarning she’rlari, ocherklar ham ko‘rinar edi (A.Qahhor) 7. Cho‘lpon xayolidan shularni o‘tkazdi-yu, bexosdan ko‘zi yana o‘sha yigitga tushdi (M.Qoriyev). 8. Sovuq kunlarning birida hammamiz yig'ilib hovuz ustida, muzda to‘polon bilan sirg‘anar edik (Oybek). 9. Bahorda o‘riklar, shaftolilar, olcha-olxo‘rilar xilma-xil nafis gullarga tantana ila burkanmoqda (Oybek).
6-mashq. Matndagi boshqaruv aloqasidagi birikmalarni aniqlang.
Ular qanday shaklda boshqarilayotgani va qaysi so‘z turkumi bilan
ifodalanganligini tushuntiring.

Kishi o‘z onasini nima uchun yaxshi ko‘rishini bilmaydi. O'z onasi bo‘lgani uchun yaxshi ko‘radi. Kishi o‘z onasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni ham yaxshi payqamaydi. E’tibor bermaydi bunga. O‘zingiz yashab turgan shahar ham, shunaqa. Siz uni nima uchun yaxshi ko‘rishingizni bilmaysiz, ammo qattiq yaxshi ko‘rasiz. Uning qiyofasida bo‘layotgan o'zgarishlarga ko'pdan diqqat qilavermaysiz. Negaki, ular sizning ko‘z o‘ngingizda ro‘y beradi. Siz ularni ko‘raverib ko‘nikib ketasiz. Ammo vaqti kelib bir bahona bilan to‘satdan diqqat qiiib nazar tashlaysiz-u, qanchadan-qancha o'zgarishlar bo‘lib o‘tganini, siz bo‘lsangiz shuncha paytdan buyon ularni sezmay yurganingizni o‘ylab, hayron qolasiz.
Sherzod avtobus derazasidan qarab borarkan, hozir to‘satdan shuni his qildi. (O‘.Hoshimov)


Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling