O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Download 329.72 Kb.
bet66/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

7- mashq. O'zingiz biror badiiy asardan ega va kesim orasidagi moslashuv va qaratqich-qaralmish orasidagi moslashuvga uchtadan misol toping va ulami to‘liq izohlab bering.
8- mashq. O'zbek xalq maqollari bo‘yicha bitishuv aloqasiga kirishadigan birikmalar ishtirok etgan gaplarga beshta misol toping va uni to‘liq izohlab bering.
9-mashq. Berilgan matndagi bitishuv aloqasiga kirishgan
birikmalarni ajratib ko'chiring. Ular qanday so‘z turkumlari va qaysi xil
gap bolaklari orasida ekanligini tushuntiring.

Inson bamisoli bitta mashina, mashinaning sarf qilingan quvvatni foydali ishga aylantirish qobiliyati turlichadir. Inson ham insonga foyda keltirish qobiliyati turlicha. Fan mashinalarning shu qobiliyatini orttirishga, ya'ni sarf qilingan quvvatdan iloji boricha ko‘proq foyda chiqarishga uringanday, tarbiya ham insonning jamiyatga foyda etkazish qobiliyatini oshirishga urinadi. Fan hali sarf qilingan butim quvvatini isrofsiz foydali ishga aylantiradigan mashina topolgani yo‘q, ammo tarbiya buni topdi. Yer yuzida shunday tarbiya borki, bu tarbiyani ko‘rgan kishi kuch va umrini samarasiz, xudbinlik natijasi bo‘lgan ishlarga sarf qilmaydi (A.Qahhor).
SO‘Z BIRIKMASI
10 - mashq. Keltirilgan matndagi otli birikmalarni aniqlang, tobe
qismlarning qanday so‘z turkumi bilan ifodalanganini belgilang. Matndagi
boshqaruv aloqasiga kirgan so‘z birikmalarini tagiga chizing.

Bu yo‘llar g'oyat go'zal, maftunkor. Bugun ertalabdan quyosh chiqib, qir-adirlardagi qorlarni eritib yubordi. Yerdan bug' ko‘tarilib, navbahor hidi anqib qoldi. Ikki otliq qir oralig‘idagi yolg‘iz oyoq yo‘ldan oldin-keyin shitob bilan ketishmoqda. Oldinda ketayotgan uzunbo‘yli, qaddi-basti kelishgan, sabza mo‘ylovli bu yigitni Cho‘lpon kuni kecha choyxona yonidagi maydonda ko‘rgan, uzoqda bo‘lsa ham, har holda, tanishib qolgandi. Taqdirni qarangki, kelib-kelib, kuyovnikiga eltib qo‘yish shu yigitning zimmasiga tushibdi. Bo'lmasa qancha askar yigitlar bor. Cho‘lpon shunga ham shukur qildi, har holda bu yigitni o‘sha kuni

majlis bo‘lgan joyda ko‘rib qolgan, ko‘zi-ko‘ziga tushgan. Shu boisdan unga bir oz bo‘lsa ham yaqin bo'lib qolgandek. (M.Qoriyev).
11- mashq. Keltirilgan misollardagi fe’lli birikmalarni ajratib yozing va tobe so‘z qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini belgilang. Moslashuv aloqasidagi birikmalarni tagiga chizing.
1. Endi ular kitoblarda, shoirlaming nazmida, bastakorlaming dilini o‘rtovchi kuylarida qolgan (S.Ahmad). 2. Bu qissa adibning adolatsizlikka, zo‘ravonlikka, qonunsizlikka qarshi ko‘targan isyoni edi (S.Ahmad). 3. Akam dadamning, oyimning, kelinoyim, jiyanlarimning nomidan qizg‘in duoyi salom yo'llabdi (O'.Hoshimov). 4. Bobom cho‘p-xashak, kunjaralarni vaqtida g‘amlab qo'yar ekanlar (Oybek). 5. Bahor keladi. Suvlar sharqirab, ariqlarga to'Iib oqadi. Samoda atlasday yongan bulutlar kezadi (Oybek). 6. Saidiy hujrasiga yarim kechada etib keldi (A.Qahhor).

  1. Saidiyning shu kungi suhbatdan olgan taassuroti shu bo‘ldi (A.Qahhor).

  2. Bir mahal u Abduvohidning ko‘z ochganini ichki bir his bilan his qildi-yu, uyg’onib ketdi. (O'.Hoshimov)


Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling