O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


- mashq. Keltirilgan misollardan sodda birikmalarni ajratib ko‘chiring. Ularning otli birikma yoki fe’lli birikma ekanligini aniqlang


Download 329.72 Kb.
bet67/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

12 - mashq. Keltirilgan misollardan sodda birikmalarni ajratib
ko‘chiring. Ularning otli birikma yoki fe’lli birikma ekanligini aniqlang.

1. Xiyobon chetidagi terak shoxlari bahor yorng‘irining jonbaxsh kuyiga mast bo'lib, muloyim chayqaladi. Namxush havoda qish uyqusini tark ctgan tuproqning mayin isi ohista qanot qoqadi (O'.Hoshimov). 2. Murodxo‘ja domla bularning hammasini Saidiyga aytdi (A.Qahhor) 3. Qorong'i tushib qolgani uchun yigitga minnatdorchilik bildirib uyga qaytdik (Oybek). 4. Mulozimlar va qo‘riqchilar kutilmagan falokatdan vahimaga tushib orqaga qochdilar (P.Qodirov). 5. Boburning mana shu, qonunni butunlay inkor etuvchi uslub bilan asar yozgani Xondamirga shakkoklikdek tuyuldi (P.Qodirov). 6. Ayollarni hovli etagidagi xonaga, erkaklarni kiraverishdagi mehmonxonaga olib kirishdi. (S.Ahmad.)
13 - mashq. Berilgan gaplardagi murakkab birikmalarni aniqlang.
Ularning qanday gap bo'laklaridan tashkil topganligini ko‘rsating.

1. Ma’naviy barkamollik buyuklikning aynan o‘zidir. 2. Navoiy g'azal mulkining sultonidir. 3. Odat edi bizlarga, Bog‘ o‘stirish, gul ekish. 4. Kitobxonning ko‘nglini topa bilish oson ish emas. 5. Dilda borini tilda

bayon eta bilish ham katta san atdir. 6. ko'p kulish dilni o‘ldiradi (maqol). 7. Bizning vatandan ayrilishimiz daryoning o‘zanini yo‘qotib, dashtu biyobonga toshib chiqib ketishiga o‘xshaydi (P.Qodirov.) 8. Xazonrezlik payti. Hirot bog‘lariga suv beradigan O‘riyrud daryosi va Injil anhorining qirg‘oqlariga za’faron yaproqlar to‘kilgan. (P.Qodirov).
14- mashq. Badiiy asardan beshta otli birikmaga, beshta fe’lli birikmaga misol topib yozing. Ulardagi sintaktik aloqaga kirituvchi vositalarni (egalik, kelishik, tuslovchilar yoki ko‘makchi so‘zlarni) aniqlang.
15- mashq. Maqollar misolida beshta murakkab birikmaga misol topib tahlil qiling.
Namuna: Chumchuqdan qo'rqqan tariq ekmas. Tagiga chizilgan birikma to‘ldiruvchi sifatdosh fe'l shakli) murakkab birikma bo‘lib. birikmali ega vazifasida kelgan.

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling