O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Download 329.72 Kb.
bet68/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

GAP
16 - mashq. Matndagi sodda gaplarni ajrating. ular tarkibidagi so‘z
birikmalarini belgilang va rnoslashuv aloqasidagi birikmalarni ko‘rsating

Majlis tamom bo'lib, kishilar bir-biriga so‘z ma’qullab, bir-biri bilan urushib, tarqala boshladi. Saidiy hamon o'tirar edi. Jamo! Karimiy uning yonidan ko'zi bilan salom berib, o‘tib ketdi. Abbosxon prezidium stoli yoniga o‘tirdi. Uni yaxshi kiyingan allanarsasiga mag'rur bo'lgan bir necha kishi отаЬ oldi. Yana bir qancha yoshlar ulardan uzoqroqda, xuddi birovning osh yeganiga qarab turgan ochlarday, mo'ltiliashib o‘tirardi. Qayerdandir Jamol Karimiy paydo bo‘lib, Abbosxonga bir quti papiros uzatdi. Abbosxon go'yo ko‘p mol bilan kelgan va ko‘ngliga yoqadigan kishilarga arzonroq narxda mol bera oladigan katta savdogar, uning atrofini отаЬ olganlar esa eski, yangi do‘kondorlar... Saidiy bu yerga kelganiga pushaymon bo‘lib chiqib ketdi (A.Qahhor).
17 - mashq. Matndagi darak gaplarni belgilab, undagi boshqaruv
aloqasidagi birikmalarni ko‘rsating. Murakkab so‘z birikmalari qandav
vazifadakelganliginiayting.


Bahor kelib, oftobning iliq nurlari elkani qizitadigan kunlar bo‘lib qolgan edi. Bodom tagida o‘tirib varrak yasashga tushdim. O‘rikning yelimi qog'ozga yopishsa qamishga yopishmaydi, qamishga yopishsa qog‘ozga... Burnimni tortib-toitib urinib yotibman. Oyim nariroqda tagiga po‘stak tashlab, kir yuvyapti. Dadam «kambag‘al kiyim» deb aka-ukalarga chiyduxoba shim olib bergan. Chiyduxoba aslida yaxshi narsa-yu, chillak o‘ynagandami, koptok tepgandami, bir dumalasang, ora-orasiga loy kirib ketishi yomon... Xullas, oyim unisini olib, bunisini qo'yib shimlami yuvar, har siltab ishqaganda jomashovdan ko'pik sachrar, atrofni sovun hidi tutib ketganedi. (O‘.Hoshimov)
GAPLARNING KUZATILGAN MAQSADGA KO'RA TURLARI
18 - mashq. Berilgan gaplarning orasidan darak gaplarni ajratib,
undagi turli xil modal ma’nolarni tushuntirib bering. Otli so‘z
birikmalarini ajratib ko'rsating.

1. Baquvvat, semiz qorabayir ot qo‘shilgan aravaga yozgi qiziJ olma ortilgan (Oybek). 2. Bir to'da oTtoqlarim, har kundagi kabi yig'ilishib. Shayhontoxurga ketishdi (Oybek). 3. Oy nuriga ters o‘tirgani uchun uning yuzida ko'zida qandoq, ifoda kasb etayotganini bilmasdim (S.Ahmad). 4 Insonning jasoratga xavrli ishlarga yetaklaydigan shu emasmi?! (S.Ahmad). S.Afzalxon akam anchagacha cho‘kkalab o‘tirdida-da, sekin qaddini rostladi (O‘.Hoshimov) 6. Kiyimidan yigit ko‘proq studentga o‘xsharedi. (A.Qahhor)
19-mashq. O‘zingiz mustaqil ravishda yozuvchi Odil Yoqubov
asarlaridan darak gaplarga misollar to'plang. Tenglanish munosabatidagi
bo'laklar ishtirok etgan gaplarga beshta misol toping.

Darak gaplar quyidagi belgilariga ko‘ra gapning boshqa turlaridan farqlanadi: darak gaplarning fe’l kesimlari ko‘pincha aniqlik maylidagi fe’llarbilanifodalanadi.
Darak gaplar oxirida intonatsiya (ohang) pasayadi. Misol: Samanadrov qamchi dastasi bilan kanal tomonni ko‘rsatdi. (A.Qahhor).

Hammamiz Navro’z bayramini munosib kutib olish uchim tayyorlana boshlactik.

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling