O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


- mashq. Keltirilgan misollar orasidan fe'1+fe’l shaklida tuzilgan sostavli fe’l kesimli gaplarni ajratib ko‘chiring


Download 329.72 Kb.
bet76/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

45 - mashq. Keltirilgan misollar orasidan fe'1+fe’l shaklida tuzilgan
sostavli fe’l kesimli gaplarni ajratib ko‘chiring.

1. Bu durni men ilgari ko‘rmaganman va men uni sotib olib bermaganman (O'.Umarbekov). 2. Munisxon bo‘lmasa, boshqa bir odamni topardi (O'.Umarbekov). 3. Bu xabarni eshitgan rais shamoldan tez uchib borar edi (A.Qahhor). 4. Hayratdan serrayib turib qolgan Asqarali, uni o‘nglab qulfi ochiqmi, yopiqligini bilmoqchi bo‘ldi (S.Ahmad). 5. Xartumning bozoridan bir qadoqqina sedana opkelib bering (S.Ahmad). 6. Baxt tushiinchasini o‘ylaganimda, dastavval nomus, vafo ko‘rinadi (S.Ahmad). 7. Yuzlari, ko‘zlari doim kulib turardi (S.Ahmad). 8. Ertalab ishga ketayotganlar, avtobusdagilar, mashinadagilar unga ajablanib qarashadi. (S.Ahmad)
46 - mashq. Misollar orasidan ot+fe’l yoki sifat+fe’l shaklidagi
sostavli kesimlar ishtirok etgan gaplarni ajratib ko‘chiring. Shu gaplardagi
egani ham aniqlang.

1. Biz talabalarning bilimdonligi, sezgirligi va ko‘p narsani bilishga intiluvchanligidan mamnun bo‘ldik. 2. Ular bizni ertangi yig’ilishda ishtirok etishga taklif qilishdi. 3. Qishlog‘imiz yana-da obod bo‘ldi. 4. Talabalarning taklif qilgani biz uchun yaxshi bo‘ldi. 5. Qarindosh urug'lari, qo‘ni-qo‘shnilari, уог-birodarlari Sharipovning ota-onalarini tabrik qilishdi (S.Ahmad) 6. Bu mustahkam devorlar tikanli simlar hech narsani ko‘rmagandek gung-soqov bo‘lib qolishdi (S.Ahmad). 7. Afsuski, shunday odam Gulchehra bo'lib chiqdi. (O'.Umarbekov)
47- mashq. Badiiy asardan fe'1+fe’l shaklida va ot+fe’l shaklida tuzilgan fe’l kesimli gaplarga misollar toping. Shu gaplarda ega vazifasida qaysi so‘z turkumiga kiradigan so‘zlar ishtirok etganligini tushuntiring.
48-mashq. Matndagi kesimlarning qanday so‘z turkumlari bilan ifodalanganini aniqlang. Tuzilishiga ko‘ra qanday turga oidligini aytib bering.
Ayasi harsillab nafas olgancha par yostiqni karavot boshiga tashladi. Katta-yu kichik barobar «Rais buva» deb ataydigan tajang rais Sherzodning ko‘z o‘ngiga keldi. Ayasining gapi to‘g‘ri. Rais buva kajbaxs odam. Ayasi karavotga imo qildi:

-Birpas damingni ol, bolam. Halizamon kelganingni eshitib odam yopiriladi.
Ayasi chiqib ketishi bilan Sherzod karavotda yonboshlagancha uyni ko‘zdan kechirdi. Uy to‘rida bir surat turar, bu dadasi bilan onasining surati edi... Tokchalardagi yaltiroq mis samovaru, barkashlar ham devordagi eski gilamu, kapkirli soat ham - hammasi qadrdon edi unga. Faqat uy burchagida yangi servant paydo bo‘pti. Shiftga qo‘shaloq chiroqii nafis qandil osilibdi. (O‘.Hoshimov)

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling