O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


- mashq. Berilgan misollardagi bosh bo‘laklarni aniqlang. Birikmali qo'llangan eganing tagiga chizib, uning qanday birikmalardan tuzilganini ayting


Download 329.72 Kb.
bet77/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

49 - mashq. Berilgan misollardagi bosh bo‘laklarni aniqlang.
Birikmali qo'llangan eganing tagiga chizib, uning qanday birikmalardan
tuzilganini ayting.

1. Achchiq, izg‘irinli shamol esardi (Sh.XoImirzayev). 2. Kakliklarning ovozi onda-sonda eshitiladigan bo‘lib qoldi (Sh.XoImirzayev). 3. Cho'ida to'da-to‘da to'rg‘aylarning ovozi yoqimli yangraydi (OMJmarbekov). 4. G‘iybat qilingan odam, albatta, g‘iybatchining so'zlarini eshitmay qolmaydi (Oybek). 5. Insonni inson qilib yetishtiruvchi narsa - tarbiyadir. 6. Bir oqshom kutilmagan vaqtda, ko'chamizda tuyalarning baqirishi, havoni yangratgan qandaydir notanish ovozlar eshitiladi (Oybek) 7. Qop-qora qalin bulutlar orasidan mo‘ralagan quyosh isitmaydi.
50 - mashq. Misollar bo‘yicha avval sostavli ot kesimlarni, so‘ngra
sostavli fe’l kesimlarni aniqlang. Ularning tarkibi qaysi xil so‘z
turkumlaridan tashkil topganligini izohlab bering.

Namuna: Talabalar erishgan yutuqlardan mamnun bo'ldik. ot-fe’l=sostavliotkesim
Keyingi vazifalarni belgilab berishdi fe'1+fe’l = sostavli fe’l kesim.
1. U qo‘yday yuvosh, kiyikday hurkak, lekin qahri kelganda, yarador yo'lbarsday beomon kishi edi. 2. U bu ishni nabirasi Muhammad Tarag'ay xavfsizligini ta’minlash uchun qilgan edi (X. Davron). 3. Rusiyadan qaytganlar bilan qo'shilib, majlisbozlik, va’zxonlik qilib yurgan (Oybek). 4. Uning tovushidan quloqlar yorilguday bo‘ldi (Oybek). 5. Go‘zallik nafosat olamining mag’zidir. 6. Inson eng oiiy qadriyatdir. 7. Bobom bozordan opam uchun turli narsalar sotib oldilar (Oybek). 8. Kelin, darhaqiqat, yosh va sodda boigan ekan.

51- mashq. Badiiy asardan ot, sifat, olmosh va son bilan
ifodalangan kesimlar ishtirok etgan gaplarga misollar tanlang va ularni
izohlab bering.

52 - mashq. Keltirilgan misollardagi murakkab (birikmali) kesim
ishtirok etgan gaplarni aniqlab, ulardagi kesimlarning murakkab kesim deb
olinishiga asos nimalar ekanini tushuntiring.

1. Umringda samovarningjo‘mragini buramagan bo'lsang ham, ko‘p to‘qimtabiat samovarchilarga ibrat bo'ladigan ish qilibsan. (A.Qahhor). 2. Yellar, bir daqiqa to‘xtang esishdan, Sernavo bulbullar sayramang bir oz! (E.Vohidov). 3. Bu kishi qirq yoshlar chamasi. qonsiz yuzlik, siyrakkina soqollik, qo‘y ko‘z, qotma, uzun bo‘ylik odam edi (A.Qahhor). 4. Demak. o‘z qadrini topdi desa bo‘ladi (Shuxrat). 5. Soy bo‘yida o‘sguvchi yulg‘unzoru, eski chashma biz uchun aziz edi (Sh.Xolmirzayev). 6. Ko‘zlari odamni zo‘rg‘a ko‘radigan qisiq, lekin ko‘ngillari daryoday keng (Sh.Xolmirzayev). 7. Uning butun harakati dushmanidan o‘chini olish ekan. (A.Qodiriy)

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling