O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


-mashq. Keltirilgan misollar orasidan birikmali undalmalar ishtirok etgan gaplarni ajratib yozing. Gapning bosh bo‘laklarini aniqlang


Download 329.72 Kb.
bet85/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

80-mashq. Keltirilgan misollar orasidan birikmali undalmalar
ishtirok etgan gaplarni ajratib yozing. Gapning bosh bo‘laklarini aniqlang.

1. Mehrdan gapirmang, tog'a! - deb koyidi Hamida tog'asiga hammalaringiz birsiz! (P.Qodirov) 2. O‘rtoq komissar, Shamatov halol jang qilgan, kontuziya bo'lgan (O'.Hoshimov). 3. O‘ktamjon, onang qoqindiq, tinchgina uxla! (Oybek) 4. Qo‘y, mehribongina qizim, ul mash’um kunlarni esimga solma. 5. O‘rmonjon o‘g‘lim, bola bechoraga bir vordam qilgin. O‘tgan ishga salovat (A.Qahhor). 6. Sinab ko‘rilgani, qachon tajribadan o‘tkazilgani yosh olimning ishida aniq aytilmagan-ku, hurmatli Normurod Shomurodovich. 7. Biram sertashvish, biram sertashvishsanki. bolaginam! (O.Yoqubov) 8. Juda to‘g‘ri gapirding, bolam, sendan olgan va’dani undan ham olamiz (A.Qodiriy). 9. Fitna-tasoddan yiroq, sadoqatli do‘stim! Sizdan ancha vaqt xavotirlanib yuribman. Nega hech xabar yo'q sizdan (Oybek). 10. O, ustod, ustod! Niyating рок ekanmi, diydor ko‘rishmoq nasib bo'ldi.
81- mashq. Gaplarning mazmuniga qarab o‘zingiz undalmalar
qo'yib chiqing.

1 ... bugungi ishni ertaga qo‘ymang. 2. Nihoyat eshik ochilib, ichkaridan uch-to‘rt kishi chiqdi. Kotiba menga imo qildi: ... kiravering. 3. Yo‘l hozirliklarini uch kundan beri ko'rib qo‘ygan edik. Nega bu narsa esimdan chiqdi deysiz...? 4. Hammamiz o:z burchimizni vijdonan bajarayiik, ... 5. ... yaxshi so‘z ham sadaqadir, deb bejiz aytishmagan. 6. ... siz uchun, sizning baxtingiz uchun o‘z jonini fido qilganlarni unutmang.

82- mashq. Berilgan rnisoliar ichidagi uyushgan undalmalar
ishtirok etgan gaplarni aniqlang. Undalma ishtirok etgan gap kuzatilgan
maqsadga ko‘ra qanday gap ekanligini ayting.

1. Sizda ham yo'l to‘sish odatlari bormidi, Akmal aka? (O.Yoqubov) 2. Anorxon-u, Anorxon! Sizni haligi, yigit so‘rayapti. (Ch.Aytmatov) 3. Janoblar, xaloyiq! - xitob qildi qozi va yo‘talib, jahldan qorayib davom etdi: - Shariat qonuniga muvofiq gunohkor bir yarim yil muddatga hibs qilinsin (Oybek). 4. - Chiroqlaiim, o‘tirgan bo‘yra, yurgan daryo, ko‘p yillar bosib, ko‘p mashaqqat chekib, ko‘pni ko‘rib keldinglar, gapiringlar, eshitaylik! - dedi keksa bir bo‘zchi (Oybek). 5. - Men ertadan keyin ketaman, Rahimjon, shuning uchun bugun Sharifni va boshqa yor-do'stiarimni ko‘rishim kerak (A.Qahhor). 6. - Xo‘sh, Kanizakxon, endi nima qilamiz? (A.Qahhor) 7. Jo‘ra aka. dadam sizga salom aytib yubordilar (G‘.G‘ulom). 8. - Ilhomboy, menga desa kecha-kunduz ishlating o‘g‘lingizni! - dedi Ibrohim ota g“ururbilan (G‘.G‘ulom). 9. Hov bola, nega sen bizga aql o‘rgatadigan bo‘lib qolding? (H.G‘ulom) 10. O‘lma, Alioxun, so'zingda bitta xato bo’lsa, oppoq xo‘jam ursin! - deb qichqirdi bir mardikor (Oybek).

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling