O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


- mashq. Beiilgan matndagi vositasiz to'ldiruvchilar ishtirok etgan gaplarni aniqlang, ularning kesim bilan qanday aloqada birikkanligini ayling


Download 329.72 Kb.
bet82/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

68- mashq. Beiilgan matndagi vositasiz to'ldiruvchilar ishtirok etgan gaplarni aniqlang, ularning kesim bilan qanday aloqada birikkanligini ayling.
Shu payt mashina cho'zib, qattiq signal berdi. «Voy yaramas-ey» deb o'yladi u boshini keskin ko‘tarib. Sirojiddinning to‘rt yashar o‘g‘ilchasi mashinaga o‘ch edi. Hozir ham Sirojiddin «Volga»ning ikkala oldingi eshigi lang ochiq turganini ko‘rib yugurdi. Sochi peshonasiga tushgan, bosh yalang o‘g‘li rul chambaragini ushlab u yoq-bu yoqqa aylantirar, lablarini cho‘chchaytirganeha, og‘zini «motor» qilib g'uvillatar edi. U tuflichasi bilan o'rindiqqa chiqqan boisa kerak, qizil chiyduxoba g‘ilof loy bo‘lib ketgandi... Bola ko‘zlarini katta-katta ochib negadir iljayib qo‘ydi-da, nari ketdi... Sirojiddin katta ko‘chaga chiqishi bilan gazni bosdi. (O‘.Hoshimov).
69 - mashq. Berilgan misollar ichidan vositali to‘ldiruvchili
gaplarni ko‘chiring. Fe’lli so‘z birikmalarini aniqlang.

1. To‘rt roman, to‘rt qissa, qator dostonlar, dramalar, tom-tom she'rlar, hisobsiz adabiy-tanqidiy maqolalar mana shu oltmish yilning ijod bilan o‘tgan qirq yili davomida yaratildi (S.Ahmad). 2. Jo‘rabek bular oddiy kishilar emasligiga endi to'la ishonch hosil qildi. Demak, ularning hammasida ham qurol bor (M.Qoriyev). 3 Jo‘rabek Cho‘lpondan xavotir ola boshladi (M.Qoriyev). 4. Yugurib vannaxonaga kirdi. Paqirga limmo-lim suv to‘ldirdi. Deraza oldiga borib, pastga engashdi-da, sepib yubordi

(O'.Hoshimov). 5. Oldingi uyda ko‘tarilgan qattiq kulgi tovushi muharrirning g‘ashiga tegdi, sekretarga xo‘mrayib qaradi. (A.Qahhor)
70 - mashq. Matndagi to‘ldiruvchilarning turlarini belgilang. Otli
so‘z birikmalarini izohlab bering.

Saidiy hujrasiga yarim kechada qaytib ketdi. U lanj edi, ertasiga fakultetda ham shunday bo‘lib yurdi, to ko‘nglini undan ham badtar g‘ash qiladigan yangi tashvish ortguncha shunday bo'lib yura berdi. Bu kunlarda markaziy gazetalar yirik-yirik sarlavhalar bilan turli joylarda yer islohotiga tayyorgarlik ishini boshlashgani, uning borishi to‘g‘risida xabarlar bosar va ularning ichida yoshlarning she’rlari, ocherklari ham ko'rinar edi. (A.Qahhor)
71 - mashq. Badiiy asar bo‘yicha kelishikli to‘ldiruvchi ishtirok
etgan gaplarga ikkita, ko‘makchili to‘ldiruvchi ishtirok etgan gaplarga
ikkita misol toping va tahlil qiling.


Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling