O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


GAPNING IKKINCHI DARAJALI BO'LAKLARI


Download 329.72 Kb.
bet78/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

GAPNING IKKINCHI DARAJALI BO'LAKLARI
Aniqlovchi, uning ifodalanishi va turlari
53 - mashq. Matndagi predmet belgini ifodalovchi aniqlovchilarni
aniqlang. Ularning qaysi so‘zga, qaysi xil aloqada sintaktik munosabatga
kirishganini ayting.

Shoira navbatchilik qilmagan kun kam bo‘lardi. U goh birinchi qavatda, goh bemorlami qabul qiladigan bo‘limda ishlardi. Sherzod darrov ko‘zini olib qochdi. Uning qiziq odati bor edi: birovning ovqatlanishiga nazar solishni uyat hisoblardi. U tez-tez yurib, burchakdagi titan oidiga bordi. Sherzod paxta gulli choynakka shoshib-pishib qaynoq suv to‘latdi. Zum o'tmay ikkinchi choynak ham to'idi. Sherzod ikkala qo‘li band bo‘lgani uchun jo‘mrakni burashga ulgurolmay qoldi. Qaynoq suv choynakdan toshib, tog'oraga to‘kila boshladi. Bug’ ko‘tarilib Sherzodning qo‘li achishdi. Shu ondayoq Shoiraning yangroq qah-qahasi xonani to‘ldirdi. U yugurib kelib jo‘mrakni buradi. Sherzod har ikkala choynakni yaqinroqdagi stol ustiga qo‘ydi. (O'.Hoshimov)

54 - mashq. Berilgan misollardagi sifatlovchi aniqlovchilarni
ajrating. Ularning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini tushuntiring.

1. Qizil, ko'k sariq, zangori ninachilar tinimsiz uchib turardi (S.Ahmad). 2. To‘g‘riso‘z, halol odam hammaga yoqa bermas ekan. 3. Nahotki, shunday obro'li, dono odam o‘z bolasiga tarbiya bera olmasa?! 4. Baland bo‘yli, baquvvat matroslar kemadan ruda lushirishar edi (S.Ahmad). 5. Tepamda eski, uniqib ketgan chit ko‘ylakda Minavvar turardi (O‘.Hoshimov). 6. Zunnunning uyi juda chiroyli qilinib yig‘ishtirilgan edi (Cho‘lpon). 7. Yana qor. Oq kafan o‘raldi, yana, Yana ko‘k quydi yerga parlarin (Cho'lpon). 8. Anchagacha jim o‘tirganimizdan keyin sekin xo‘rsindi. (O'.Hoshimov).
55 - mashq. Yozuvchi Said Ahmad asarlaridan olingan matndagi
birikmali sifatlovchi aniqlovchilarni aniqlang. Ularning tuzilishi va qaysi
gap bo‘lagi bilan qanday sintaktik aloqaga kirishganini tushuntiring.

1. Abdulla Qahhor insonni beburd qiladigan, obro‘sini to‘kadigan, qadr qiymatini yerga uradigan jamiki narsalardan hazar qilardi. 2. O‘zidek sodda, do'Ivor mirishkorlar suhbatida yayrab ketardi. 3. Aslini olganda, bu mehribon, qayg'ungga qayg‘udosh bo'ladigan odamga Polvonning mehri tushib qolgandi. 4. O‘yga tolasiz: tahqirlangan, quvg‘inga uchragan, qamoq kameralarida xor-zor bo‘lib, umrini poyoniga yetkazgan, olis yurtlar tuprog‘ida qolib ketgan jigarbandlaringizni eslaysiz. 5. U yelkalari keng, bilaklaridan mushaklari bo‘rtib chiqib turgan, ochiq kaftiga bitta odam bemalol o‘tirsa, ikkita barmog‘i ortib qoladigan bo'z yigit edi. 6. Qandoq beozor, bearmon kunlar edi Andijondagi kunlarim!

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling