O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Download 329.72 Kb.
bet60/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

[ WPm WPm] tipik ko’rinishli qo’shma gap
[ WPmWPm] tipik ko’rinishli gapda har ikkala sodda gap ham shakllangan (Pm) ga ega bo’lsa-da, birinchi gapning markazi mustaqil sodda gap kesimi (MKSH) bo’la olmaydi. U hamisha tobe gap markazini shakllantiruvchi vosita sifatida o’z mazmunini namoyon qilish uchun o’zidan keyin mustaqil holda namoyon bo’la oladigan, voqelanishi uchun oldingi gapga ehtiyoj sezmaydigan gap bo’lishini taqozo qiladi. Boshqacha aytganda, bu tipik ko’rinishli gap tarkibidagi oldingi sodda gapning kesimi NKSH bilan, keyingisi MKSH bilan shakllangan bo’ladi: 1. Firuza toshli uzukni olar ekan, Saidaxonning ko’zlari quvonchdan yaltirab ketdi. (S.Ahm.)2. Dilshoda guruchni endi tuzlagan ham ediki, ichkaridan Anvar chiqib keldi. (A.Qod.)3. Botirjon telefonda endi gaplashib bo’luvdiyam, choy ko’tarib Qirmizxon kirib keldi. (N.Amin.)4. Havo ochilsa, aylanishga boramiz. (S.Nur.)5. Unga ustozi chin dildan «barakalla», «barakalla» desa, Aziz ko’nglida to’lib turgan niyatini ham aytadi. (S.Ahm.)
Bu gaplarning barchasidagi birinchi sodda gap mustaqil qo’llana olmaydi, qo’llanganda ham ushbu qo’shma gap tarkibidagi ma’noni bera olmaydi. Keyin turgan sodda gap esa bunday emas.
[WPmWPm] tipli qo’shma gap tarkibidagi nomustaqil kesimni hosil qiluvchi turli-tuman vosita bor. Nomustaqil kesim shaklining o’zbek tilidagi tipik vakili shart mayli qo’shimchasi [-sa]dir. Masalan, Men o’qisam, u eshitadi gapida U eshitadi gapi o’z holicha mustaqil sodda gap bo’lib kela oladi, Men o’qisam qismi esa qo’shma gap tarkibidan tashqarida shu holicha mazkur mazmunni bera olmaydi.
[-sa]qo’shimchasi bilan shakllangan kesimli gap mustaqil qo’llanaverishi ham mumkin. Masalan: 1. Avra-astarini ag’darib mohiyatiga nazar tashlasangiz. (S.Az.)2. Qishloqqa borsam. (A.Qah.)3. Vatangadolikning men tortmagan azobu-uqubati, ozori bo’lmasa kerak. (S.Az.)4. Nahotki, o’ldirsalar. 5. Menga, Iskandariyadagi mashhur devonaga, Berlindan telegramma kelsa bo’ladimi? (S.Az.)6. Qani, hey Mamadali, gapirsang-chi.. (A.Qah.) Ushbu gaplarda [-sa] shart mayli qo’shimchasi istak, achinish, sevinch, qistash kabi ma’noviy bo’yoqlarga ega. Bu gaplar o’zidan keyin keluvchi gaplar bilan mazmunan bog’lanib, matn yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi. SHu kabi gaplar qanchalik mustaqil qo’llana olmasin, baribir o’zidan keyin qandaydir qurilmalarning bo’lishini taqozo qiladi. Masalan, 1. – Uyga qaytsam. Nima deysiz? – Yaxshi bo’lardi kabi.
[-sa] biriktiruvchi unsur sifatida quyidagi mazmunning ifodalanishiga sabab bo’ladi:
a) payt: Borsam, joyi gulzor ekan, ko’rsam o’zi jonon ekan. (Qo’shiqdan);
b) to’siqsizlik: Alisher Navoiy dunyodan o’tgan bo’lsa, uning asarlari tirik;
v) shart: Sen bo’lmasang, gullar kulmaydi, sen bo’lmasang, bo’lmaydi bahor.
[-sa]unsuri tobelik vositasi sifatida ko’p hollarda ergash gapning kesimini shakllantiradi (yuqoridagi misollar). Mehmonlarni jo’natdik, endi tarqalsak gapidagi bosh gapni, Mehmonlar kelsa, men ketsam gapida ergash gapni ham, bosh gapni ham shakllantirgan.
[-sa] unsurining qo’shma gap tarkibida shart mazmunini ifodalashi bir xil emas. [-sa] shaklli ba’zi gapda shart mazmuni kuchli bo’lsa, ba’zilarida kuchsiz namoyon bo’ladi. SHart ergash gapli qo’shma gapda shart ma’nosi o’ta kuchli bo’ladi: Siz bo’lmasangiz, men yashay olmayman. Boshqa ergash gapli qo’shma gaplarda shart ma’nosi boshqa ma’nolar «soya»sida juda kuchsizlanadi: 1. Aytsam, ko’nmadi. 2. CHaqirsam, eshitmadi. 3. Dutor chalib o’tirsam, tori uzilib ketdi. 4. Kim gapirsa, o’sha aybdor sanaladi.
Ko’rinadiki, [-sa] shart mayli shakli faqat shart ergash gapli qo’shma gap uchungina xizmat qilmaydi.
[ -(a)r+di] shakli ham [WPm WPm] tipik ko’rinishidagi gapni hosil qiladi. Bu shakl ko’p hollarda [-ar edi] ko’rinishida keladi.
[-(a)r+di] shakli qo’shma gap tarkibidagi sodda gap kesimini shakllantirganda ikki xil vazifa bajaradi: Halim o’qirdi gapida fe’lning zamon shakli vazifasida kelgan. Halim o’qirdi, ukasi qo’ymadi gapida esa [-(a)rdi] «o’qigan bo’lardi» ma’nosini voqelantirishi uchun keyingi gap zarur. Demak, bunday holda [-(a)rdi] bog’lash, tobelash vazifasini bajarmoqda. Ko’rinadiki, Halim o’qirdi, ukasi qo’ymadi gapi omonimlik tabiatiga ega. Ya’ni:
H alim har kuni o’qir edi, bugun
esa ukasi qo’ymadi.
Halim o’qirdi, ([WPm, WPm])
ukasi qo’ymadi.


Halim o’qigan bo’lur edi, ukasi
o’qigani qo’ymadi.
( [WPm WPm])

[ -(a)r ekan] shakli qo’shma gapning [WPm WPm] tipik ko’rinishining ham nomustaqil kesimini shakllantiradi. Misol: Davron papirosini og’ziga keltirar ekan, qo’li hayajondan qaltirardi. [-(a)r ekan]shakli[WPm,WPm]qolipli gaplar uchun ham xizmat qiladi: U kelar ekan, demak, mening bormaganim ma’qul.


[ -(a)r] shakli qo’shma gapning [WPm WPm] tipik ko’rinishi hosilalari tarkibida kelganda quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:
a) shart: Agar ana shu ishga munosib hissa qo’shar ekanman, xalq ishonchini oqlagan bo’laman.(SH.Rash.)
b) payt: Jannat xola begona betob bola tepasida o’tirib, o’z bolasini o’ylarkan, ko’zlaridan dumalab tushayotgan achchiq yoshlari ajinli yuzlarini kuydirardi. (S.Ahm.)
v) sabab: Kechani kecha, kunduzni kunduz demay ter to’kar ekanmiz, turmushimiz ham farovon bo’lishi shart. (SH.Rash.)
[ -gan edi]shakli, odatda, [WPm, WPm] qolipli gaplarni ham hosil qiladi. CHunki bu ham omonimik tabiatli shakl. Lekin uning tarkibiga boshqa birlik kiritilishi bilan qo’shma gap a’zolari orasidagi tenglik munosabati so’nib, tobelik munosabati vujudga keladi. Masalan, Qopqon tomonga burilgan edi, baqiriq-chaqiriq boshlandi gapi [WPm, WPm] va [WPm WPm] qolipiga tushadi.
[-gan ham edi]: Ergash ko’ringan ham edi, bolalar yugurishdi. (S.Nur.)
[-gan edi hamki]: Arz qilishga og’iz juftlagan edi hamki, kulimsirab turgan Burgut polvonga ko’zi tushdi. (S.Ahm.)
[-ganda edi]: Bizning duomiz ijobat bo’lganda edi, hammamiz sevinardik. (A.SHorah.)
Keltirilgan misollarning barchasida gaplarning birinchi qismlari ikkinchi qismlarining kelishini talab qiladi.
[ -(i)b edi]shakli ham ayrim hollarda [WPm WPm] tipini vujudga keltirishda ishtirok etadi: SHu kuni endi ko’chaga chiqib edi, Zunnun boshliq besh nafar bola poylab turgan ekan. (M.Ism.)
[deb]vositasi: 1. Xolmurod Gulsunning o’qituvchisini ko’rsam deb, deraza orqasidan sekin qaradi. (P.Turs.). 2. Bolalar ovqatlanamiz deb, birdan shiypon tomon yo’l oldilar. (H.Naz.)
Q o’shma gapning [WPm WPm] tipik ko’rinishi hosilalari tarkibiy qismlari uchun nafaqat qo’shimcha, balki ularga ko’makchi maqomidagi nisbiy so’zlar ham muhim: 1. Kim ko’p ishlasa, ko’p haq oladi. 2. Kimki chindan sevsa yorini, umri hamisha bahor. 3. Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir. (Bob.)4. Gulnora qachon kelsa, Jahongir hoziru nozir.
Ko’rinadiki, qo’shma gap tarkibiy qismlarining hokim-tobelik munosabatini namoyon qilishda nisbiy so’z nomustaqil kesimlik shakliga qo’shimcha vositadir.
Q o’shma gap tarkibiy qismlari inversiya holatida ham bo’ladi: 1. Borishim kerak, aytmasa ham. Bunday gaplar qo’shma gapning [WPm WPm] qolipi ham mavjudligidan dalolat bermaydi, balki ular [WPm WPm] tipik ko’rinishining nutqiy xoslangan mahsuli. Demak, qo’shma gapning ko’p hosila beruvchi tipik qolipidan biri [WPm WPm] dir. Bunda birinchi gap kesimi shaklan va mazmunan ikkinchi bir gapga ehtiyoj sezadi, lekin aksincha emas.
Tobelik munosabatini ta’minlashda sof nomustaqil kesimlik shakli ham, omonimlik kesimlik shakllari ham xizmat qiladi.
Nisbiy so’zlar nomustaqil kesimlik shakllarining vazifasini mustahkamlovchi vositadir.

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling