179
GLOSSARIY
Analog hisoblash mashinasi
(AHM), uzluksiz o’zgaruvchi fizik kattaliklar (mashinaga
oid o’zgaruvchan miqdorlar) bilan hal etilayotgan vazifaga oid tegishli o’zgaruvchan
miqdorlarning analoglari o’rtasidagi muayyan nisbatlarni qayta ishlab chiqarish (modelini tuzish)
uchun mo’ljallangan hisoblash qurilmasi. Mashinaga oid o’zgaruvchan miqdorlar sifatida elektr
kuchlanish
va toklar xizmat qiladigan, izlangan nisbatlar modeli esa elektr zanjirlarida ro’y
beradigan fizik jarayonlar bilan tuziladigan elektron AHMlar keng tarqalgan.
Analog kompyuterlar
- hisoblab chiqarilayotgan kattaliklar analogi sanaladigan, uzluksiz
o’zgarib turuvchi fizik (elektr kuchlanish, vaqt va shu kabi) kattaliklarga ishlov beruvchi
kompyuterlar.
Mikroprotsessorning arifmetik-mantiqiy qurilmasi
(AMQ) - sonli va belgili axborot
bilan bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun
mo’ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalar ijrosini
jadallashtirish uchun AMQga
qo’shimcha matematik soprotsessor ulanadi). Funktsional jihatdan AMQ, odatda, ikkita registr,
summator va boshqaruv sxemasidan (mahalliy boshqaruv qurilmasidan) tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: