O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Arxivator - kompyuterda yaratilgan hujjatlarni arxivlovchi dastur Kompyuter arxitekturasi
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroprotsessor arxitekturasi
Arxivator
- kompyuterda yaratilgan hujjatlarni arxivlovchi dastur Kompyuter arxitekturasi tushunchasi ostida kompyuterning mantiqan tashkil topgan qismi, tuzilishi va resurslari, ya’ni ma’lumotlarga ishlov berish jarayoni uchun muayyan vaqtga ajratib beriladigan hisoblash tizimiga mansub vositalar majmui tushuniladi. Kompyuter arxitekturasi shaxsiy kompyuterning asosiy mantiqiy uzellari tomonidan bajariladigan harakatlar tamoyillarini, ushbu uzellar o’rtasidagi axborot almashinishga oid aloqalar va o’zaro jismonan bog’lanishlarni belgilab beradi. Asosiy mantiqiy uzellar jumlasiga: markaziy protsessor (MzP); asosiy xotira qurilmasi (AXQ); tashqi xotira qurilmasi (TXQ); tashqi qurilmalar kiradi. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning arxitekturasi magistral-modul tamoyiliga asoslangan. Arxitekturaning modulli tamoyili foydalanuvchiga kompyuter konfiguratsiyasini (ya’ni, beriladigan shakl, tarkibiy qismlarning o’zaro joylashishini) o’ziga qulay tarzda butlash, zarurat tug’ilganida esa uni modernizatsiya qilish imkonini beradi. Tizimning ushbu tamoyil asosida tashkil topishi axborot almashinuvining magistral tamoyiliga tayanadi. Qurilmalarda mavjud barcha kontrollerlar mikroprotsessor va tezkor xotira qurilmasi bilan tizim shinasi deb ataladigan ma’lumotlar uzatilishining tizimga oid magistrali orqali hamkorlik qiladi. Ushbu tizim shinasi asosiy plata ustidagi qoliplab tayyorlangan ko’prikcha ko’rinishiga ega bo’ladi. Mikroprotsessor arxitekturasi - foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaraladigan mantiqiy tuzilish bo’lib, MP tizimini tuzish uchun zarur bo’ladigan funktsiyalarnin apparatlar va dasturlar vosita amalga oshirilishiga ko’ra mikroprotsessorda joriy etiladigan imkoniyatlarni belgilab beradi. Mikroprotsessor arxitekturasi tushunchasi quyidagilarni aks ettiradi: mikroprotsessor tuzilishini, ya’ni mikroprotsessorni tashkil etadigan tarkibiy qismlar komponentlarining majmui va ular orasidagi aloqalarni (foydalanuvchi uchun mikroprotsessorning registrli modeli bilan cheklanish kifoyadir); ma’lumotlarning taqdim etilish usullari va ularning formatlarini; tuzilishning dasturiy jihatdan foydalanuvchi uchun tushunarli bo’lgan barcha elementlariga murojaat qilish usullarini (registrlarga, doimiy va tezkor xotiralar uyalariga, tashqi qurilmalarga ma’lum manzil bo’yicha murojaat qilish); mikroprotsessor tomonidan bajariladigan operatsiyalar to’plamini; mikroprotsessor tomonidan shakllantiriladigan va uning ichiga tashqaridan kirib keladigan boshqaruvchi so’zlar va signallar tavsifini; tashqi signallarga bildiriladigan munosabatlarni (uzilishlarga ishlov berish tizimi va shu kabilar). Mikroprotsessor tizimining xotira bo’shlig’ini shakllantirish usuliga ko’ra MP arxitekturalari ikkita asosiy turga bo’linadi: 1. Dasturlar va ma’lumotlarni saqlash uchun bitta xotira bo’shlig’i qo’llanilgan tuzilish fon Neyman arxitekturasi deb ataladi. 180 2. Dasturlar xotirasi CSEG (Code Segment) va ma’lumotlar xotirasi DSEG (Data Segment) o’zaro ajratilgan hamda har biri o’zining manzilli bo’shlig’i va kirish usullariga ega bo’lgan tarzda yaratilgan tuzilish Garvard arxitekturasi deb ataladi. Bugungi kunda aralash arxitekturali mikroprotsessorlar ishlab chiqarilib, ularda CSEG va DSEG yagona manzilli bo’shliqqa joylangan, ammo ular turli murojaat mexanizmlariga ega. Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling