O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
HTTP (HyperText Transfer Protocol) Internet orqali Web-sahifalar uzatilishiga oid standartlar to’plamini belgilaydi. URL
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
HTTP (HyperText Transfer Protocol) Internet orqali Web-sahifalar uzatilishiga oid
standartlar to’plamini belgilaydi. URL (Universal Resource Locator) faylning yoki Internetdagi resursning joylashgan joyini (manzilini) belgilash uchun mo’ljallangan standartdan iborat. Resurs turi qo’llanilayotgan protokolga bog’liq. Web misolida mulohaza yuritiladigan bo’lsa, bunda protokol HTTP sanaladi, resurs sifatida HTML-sahifa, grafik fayl va olis kompyuterda amalga oshayotgan dastur xizmat qiladi. URL o’z ichiga resursga kirib borish uchun talab qilinadigan protokol nomini hamda Internetdagi ma’lum kompyuter va ushbu kompyuterdagi fayl joylashgan joyning boqichma- bosqich tavsifini aniqlovchi domen nomini mujassam etadi. Misol uchun, Internetdagi «Kirill va Mefodiy megaentsiklopediyasi»ning URLi http:G’G’www.km.ruG’ ko’rinishiga ega. Bunda, www.km.ru domen nomi km resursining nomidan iborat bo’lib, km.ru nomiga tegishli Internet- manzilni (Internet Protocol address, IP address) ko’rsatadi. Mazkur holatda www.km.ru., G’megaG’ Web-server mavjud jismoniy kompyuterning 222.2.2.2 manzili direktoriyaga, Megaentsiklopediya kiritilgan kompyuterga aniq yo’l ko’rsatadi. Web-server - bu, HTML-sahifa yoki fayllarni so’rab berilgan so’rovlarga xizmat ko’rsatiladigan kompyuter dasturi. So’rovlar foydalanuvchining kompyuteri yoki har qanday boshqa Internet-terminalida mavjud mijoz-dasturdan keladi. Bunday dastur brauzer (browser) yoki Web-brauzer (Web-browser) deb ataladi. Bugungi kunda keng tarqalgan brauzerlar jumlasiga Microsoft Internet Explorer, Netscape Navigator va Opera grafik brauzerlar, shuningdek, matnli Lynx brauzer kiradi. Domen nomlarni cheklab, ularni IP-manzilga o’tkazuvchi tizim Domain Name System (DNS) deb ataladi. km.ru ikkinchi darajaga mansub (second-level domain, SLD) domen sanalib, uning ma’muriy sohibi - «Kirill va Mefodiy» kompaniyasini identifikatsiyalaydi. Ikkinchi darajaga mansub domenlar bosqichma-bosqich uchinchi, to’rtinchi va h. k. darajalarga bo’linishi mumkin. Misol uchun, mega.km.ru - km.ru zonasidagi uchinchi darajaga mansub domen sanaladi. Mazkur misolda yuqori pog’onaga mansub domen tarmoqning geografik jihatdan RU (Russia) mansubligini ko’rsatib turuvchi domen.sh sanaladi. Yuqori pog’onaga mansub domenlar tarmoqning geografik jihatdan mansubligini va domen turini (asosan AQShda) ko’rsatib turadi, jumladan: .com - tijorat domeni .edu - ta’limga oid domen .gov - hukumat domeni .org - notijorat tashkilotlar domeni .net - tarmoqlar va xizmat ko’rsatuvchi provayderlar domeni .mil - qurolli kuchlar domeni. 185 Internet tarmog’ida eng ko’p so’raladigan domenlar .com zonasidagi ikkinchi darajaga mansub domenlar sanaladi. .com zonasidagi qo’shimcha nomlarga bo’lgan ehtiyojning oshib ketishi yuqori pog’onaga mansub qo’shimcha .cc o’rin bosuvchi-domenning joriy etilishiga, shuningdek, yuqori pog’onaga mansub domenlarning turlar bo’yicha ro’yxati kengaytirilishiga, misol uchun, .firm,.info vujudga kelishiga olib keldi. Odatda, URL ko’rsatiladigan manzilda Web-sayt (Web site) joylashadi. Web-sayt - bu, World Wide Web fayllarning chambarchas bog’liq majmui bo’lib, o’z ichiga home page deb nomlanadigan start faylini (start sahifasi yoki bosh sahifani) mujassam etadi. Amalda home page manzili o’z ichiga manzil satrida ko’rsatilishi shart bo’lmagan o’ziga xos index.html faylini qamrab oladi. Odatda, sayt manzili sifatida home page manzili qo’llaniladi. Ushbu manzil bilan saytdagi har qanday boshqa sahifaga kirish mumkin. Brauzerda foydalanuvchi har qanday saytning home page manzilini Internetdan chiqish mobaynida start sahifasi sifatida sozlab olishi mumkin. O’z turlariga ko’ra Web-saytlar o’nlab yirik toifalarga va tasniflanish tizimiga ko’ra yuzlab mayda toifalarga farq qiladi. Ko’p sonli foydalanuvchilar tashrif buyuradigan saytlar jumlasiga qidiruv mashinalari, kataloglar va Web-do’konlar kiradi. Bugungi kunda eng yirik saytlar uchun portallarning bitta toifasida tutashish, ularda esa turlarga tasniflanish jarayoni ro’y bermoqda. Internet-foydalanuvchi uchun World Wide Web ga kirish mobaynida doimiy start sayti sifatida chiquvchi asosiy Web-sayt - portal deb ataladi. Portallar ikkita umummaqsadli yirik toifalarga (general portals) va mavzuga doir ixtisoslashtirilgan yoki quyi portallarga (niche portals) farq qiladi. Dunyodagi eng yirik umummaqsadli portallar jumlasiga AOL, Yahoo, MSN, Lycos va Excite sanaladi. Ularning bir oylik auditoriyasi o’nlab millionlarga etadi. Dunyoda mamlakatlari ichida Internet-foydalanuvchilar soni ko’p bo’lgan davlatlardan biri 1999 yilning o’zida foydalanuvchilar soni 100 mln dan oshib ketgan AQSh sanaladi, Evropa hamjamiyatida 2001 yili 120 mln, Rossiyada esa Internet-foydalanuvchilar soni 2002 yili 4 mln dan oshib ketdi. Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling