O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   152
Bog'liq
SATQ

indeksli manzil belgilash
. 
Bunda operand manzili manzilning tegishli maydonida joylashadi. Ushbu registr manzili 
esa operatsiya kodi tarkibiga kiritilgan. Operand manzilining tayanch manziliga nisbatan siljish 
holati X (Index) indeksli registr ichida ro’y beradi. X sifatida umummaqsadli registrlar yoki 
maxsus manzil registri chiqishi mumkin; 
indeksli tayanch bo’yicha manzil belgilash
. Bunda operandning tayanch manzili BP 
tayanch registri ichida joylashadi. Operand manzilining tayanch manziliga nisbatan siljish holati 
X indeksli registr ichida ro’y beradi. Registrlar manzillari operatsiya kodi tarkibiga kiritilgan. 
Komanda ichida manzil maydoni yo’q. X va BP sifatida umummaqsadli registrlar yoki maxsus 
manzil registrlari chiqishi mumkin
segmantli manzil belgilash
. Bunda jamiki xotira muayyan hajmga ega segmentlarga 
bo’lib chiqilgan. Segmant manzili SR (Segment Register) segment registri ichida saqlanadi, 
manzilning segment boshiga nisbatan siljish holati manzilning tegishli maydonida yoki X 
indeksli registr ichida ro’y beradi. X sifatida umummaqsadli registrlar yoki maxsus manzil 
registri chiqishi mumkin 
Xotiraga to’g’ridan-to’g’ri kirish 
(XTTK) 
mexanizmi 
-ma’lumotlarni markaziy 
protsessor ishtirokisiz xotiradan tashqi qurilmalarga va aks yo’nalishda kiritish-chiqarish 
imkoniyati 
Central Processor Unit 
- markaziy protsessorli qurilma, MPQ) - mashinaning 
barcha bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy 
operatsiyalar bajarish uchun mo’ljallangan shaxsiy kompyuterdagi markaziy blok. Bitta yoki bir 
nechta katta integral sxemalar ko’rinishiga ega elektron sxema, axborotga ishlov berish 
qurilmasi. Mikrokompyuterdagi mikroprotsessor boshqarish vazifasini bajarib, axborotning katta 
qismiga ishlov beradi. 
Mikroprotsessor juda katta integral sxema bo’lib, uning imkoniyatlari kremniy kristallining 
o’lchamlari va ushbu kristall negizidagi tranzistorlar soni bilan belgilanadi. 
Mikroprotsessorning asosiy elementlari tranzistorli qayta ulagichlar sanaladi. Mazkur qayta 
ulagichlar asosida ikkita turg’un holatga ega bo’lib, axborot saqlash va ushbu axborotga tez kirib 
borish uchun mo’ljallangan qurilmalar majmuidan iborat registrlar yaratiladi. Registrlar soni va 
ularning razryadlilik darajasi ko’p jihatdan mikroprotsessor arxitekturasini belgilaydi. 
Mikroprotsessor tomonidan bajariladigan komandalar, odatda, arifmetik amallar, mantiqiy 
operatsiyalar bajarilishini, boshqaruvning (shartli ravishda va to’la-to’kis) topshirilishini va 
ma’lumotlarning joyi o’zgartirilishini (ya’ni, registrlar, tezkor xotira qurilmasi hamda axborot 
kiritish-chiqarish portlari orasida ko’chirib o’tkazilishini) ko’zda tutadi. 
Mikroprotsessor eng murakkab elektron qurilmalardan biri bo’lib, uni tayyorlash jarayoni 
yuzlab texnologik operatsiyalardan tashkil topadi. Mikroprotsessorlarning ishlab chiqarilishida 
fotolitografiya usuli qo’llaniladi. Qatlamlar shablonlari yordamida mikroprotsessorda muayyan 
xususiyatlarga ega qatlamlar ustma-ust bosib boriladi. Bunday tuzilishlar ultrabinafsha nurlar 
ta’siri ostida eriydigan modda -fotorezistdan yaratiladi. Fotorezist kremniyli asos yuzasiga 


190 
yuritilib, ultrabinafsha nur bilan qatlam orqali nurlanadi. Fotorezist eritmasiga, qotib qolganidan 
so’ng zaruriy elektr o’tkazuvchanlik xususiyatini ta’minlaydigan aralashmalar aralashtiriladi. 
Agar elektr o’tkazmaydigan maydon hosil qilish kerak bo’lsa, tegishli yuzada kremniy oksidi 
oshiriladi. 
Mikroprotsessorlarning ayni bir xil modeli megagertslarda o’lchanadigan har-xil takt 
chastotasiga ega bo’lishi mumkin. Takt chastotasi qanchalik yuqori bo’lsa, kompyuter ishining 
unumdorligi shu qadar yuqori bo’ladi. Takt chastotasi mikroprotsessor ichida elementar 
operatsiyalarning amalga oshirilish tezligiga ishora qiladi. 
Demak, mikroprotsessor integral sxema ko’rinishidan iborat, ya’ni u umumiy maydoni 
atigi bir necha kvadrat millimetr keladigan to’g’ri burchak shaklga ega kristall holatdagi 
kremniyning yupqa plastinkasi ko’rinishida tayyorlangan bo’lib, ustiga protsessorning barcha 
ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. Ushbu kristall-plastinka, odatda, 
plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga 
ulash imkoni bo’lishi uchun metall tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi. 
Hisoblash tizimida parallel ishlaydigan bir nechta protsessorlar bo’lishi mumkin. Bunday 
tizimlar - 

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling