O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   152
Bog'liq
SATQ

ko’p protsessorli tizimlar 
deb ataladi 
Mikroprotsessor xotirasi 
(MPX) - kichik hajmga ega xotira bo’lsa ham-ki, u haddan 
tashqari tez ishlaydi (bunda, MPXga murojaat qilish vaqti, ya’ni ushbu xotiradan axborotni 
qidirib topish, yozish yoki solishtirib chiqarish uchun sarflanadigan vaqt nanosoniyalarda 
o’lchanadi). Mazkur xotira qurilmasi axborotni qisqa muddat davomida saqlash, yozib olish va 
mashinaning hisoblarda ishtirok etayotgan taktlariga bevosita uzatish uchun mo’ljallangan. MPX 
mashinaning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash uchun qo’llaniladi, negaki asosiy xotira 
qurilmasi tez ishlaydigan mikroprotsessorning unumli ishlashi uchun zarur bo’ladigan axborot 
yozish, qidirib topish va solishtirib chiqarish tezligini doim ham ta’minlay olmaydi. 
Minikompyuterlar 
yirik hisoblash mashinalari (meynfreymlar) bilan mikrokompyuterlar 
o’rtasidagi oraliq mavqega ega kompyuterlar turi. Aksariyat hollarda minikompyuterlarda 
RISC 
va 
UNIX 
arxitekturasi qo’llanilib, ular o’nlab va yuzlab terminallar yoki mikrokompyuterlar 
ulanadigan serverlar vazifasini bajaradi. Minikompyuterlar yirik firmalar, davlat idoralari, ilmiy 
muassasalar, o’quv muassasalari va kompyuter markazlarida, mikrokompyuterlar hal eta 
olmaydigan ishlarni bajarish, axborotning juda katta hajmini saqlash va unga ishlov berish uchun 
qo’llaniladi. Minikompyuterlar asosan Ay-Ti-end-Ti (
AT&T
), Intel (
Intel
), Xyulett-Pakkard 
(
Hewlett-Packard
), 
Digital Equipment 
firmalari tomonidan ishlab chiqariladi.
Modem 
(ingl. 
mo
(
dulator
va 
dem
(
odulator
)), kompyuterlar orasida axborot almashinish 
uchun mo’ljallangan qurilma bo’lib, aloqa yo’li orqali uzatish maqsadida diskret (uzlukli) 
signallarni modulyatsiya qilingan uzluksiz signallarga va bunday signallarni qabul qilish 
mobaynida (demodulyatsiya qilgan tarzda) diskret signalga aylantirish uchun xizmat qiladi. 
Mahalliy hisoblash tarmoqlarida, modem, axborot oqimining server bilan terminallar orasidagi 
taqsimotini boshqaradi. Shaxsiy kompyuterlarning modemlari aksariyat hollarda axborotni 
telefon aloqasi orqali yuboradi. Modemlarning ish rejimi, agar ma’lumotlarning foydalanuvchilar 
o’rtasida uzatilishi faqat bir yo’nalish tomon kechsa - 

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling