192
tezkor xotira qurilmasining hajmi. Odatda, tezkor xotira qurilmasining hajmi Mbaytlarda
o’lchanadi. Hajmi 16 Mbayt bo’lgan tezkor xotira qurilmalari bilan aksariyat zamonaviy amaliy
dasturlar ishlamaydi, ishlagan taqdirda ham ularning ishi nihoyatda sust kechadi;
ko’chmas magnit disk asosidagi to’plagich (vinchester)
hajmi. Vinchester hajmi, odatda,
Gbayt o’lchov birligida o’lchanadi;
ko’chma magnit disk asosidagi to’plagich turlari va hajmi. Bugungi kunga qadar standart
hajmi 1,44
Mbaytga teng, diametri 3,5 dyuym keladigan disketaga ega ko’chma magnit disk
asosidagi to’plagichlar qo’llanilib kelinmoqda;
kesh-xotira qurilmasi mavjudligi, uning qo’llanilgan turi va hajmi;
videomonitor va videoadapter rusumi;
printer mavjudligi va uning qo’llanilgan turi;
CD-ROM kompakt disklar asosidagi to’plagich mavjudligi va uning qo’llanilgan turi;
modem mavjudligi va uning qo’llanilgan turi;
multimediali audio va video vositalar mavjudligi va ularning qo’llanilgan turi;
mavjud dasturiy ta’minot va operatsion tizim turi;
apparatlar va qo’llanilayotgan dasturning boshqa turga mansub EHMlar bilan mos
kelishi. Mazkur tavsif mashinalarning boshqa rusumlarida
mavjud texnik elementlar va
dasturlarni muayyan kompyuterda ham qo’llash imkoni bor-yo’qligini anglatadi;
hisoblash tarmog’iga ulanib ishlash imkoniyati;
ko’p vazifali rejimda ishlash imkoniyati. Ko’p vazifali rejim bir vaqtning o’zida bir nechta
dasturga oid (
ko’p dasturli rejim) yoki bir nechta foydalanuvchilar uchun
(foydalanuvchilar soni
ko’p rejim) hisoblash amallarini bajarish imkoniyatini beradi;
ishonchlilik. Mazkur tavsif tizimning, unga kiritilgan barcha vazifalarni to’la-to’kis, to’g’ri
bajara olish qobiliyatini anglatadi;
kompyuterning bahosi, tashqi o’lchamlari va vazni.
Do'stlaringiz bilan baham: