Dasturiy ta’minot
(yoki
EHMning matematik ta’minoti
), Ehmning avtomatik ravishda
ishlashini ta’minlovchi dasturlar, tavsiflar va yo’riqnomalar kompleksi. Umumiy matematik
ta’minot (muayyan EHMda hisoblash jarayonini tashkillashtirish uchun) va maxsus (ma’lum
vazifalarni hal etish uchun) matematik ta’minotlarga farq qiladi.
Dasturlar
(Software - dasturiy ta’minot) - oldindan kiritilgan arifmetik, mantiqiy va shu
kabi boshqa operatsiyalarning aniq belgilangan izchilligi.
Signallarga raqamli ishlov berish protsessorlari
DSP (Digital Signal Procesor) -
arxitekturasi muayyan toifaga mansub hisoblab chiqarish amallarini bajarish uchun
moslashtirilgan mikroprotsessorlar.
Mikroprotsessor tizimining hamda interfeysning kodli shinasiga daxldor razryadlik
darajasi
, ya’ni bitta komanda yordamida markaziy protsessor ishlov bera oladigan axborot
bitlarining miqdori.
Razryadlik darajasi
- bu, mashina operatsiyasi, shu jumladan axborot uzatish operatsiyasi
bir vaqtda bajarilib, ishlov berilishi mumkin bo’lgan ikkilik son razryadlarining maksimal
miqdori. Razryadlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, shaxsiy kompyuter bajaradigan ish
unumdorligi ham shu qadar yuqori bo’ladi.
Mikroprotsessorning razryadlik darajasi undagi arifmetik mantiqiy qurilma, ichki
ma’lumotlar registrlari va tashqi ma’lumotlar shinasining razryadlik darajasi bilan belgilanadi
Komandalar registri
- xotirada saqlaydigan registr bo’lib, unda komanda kodi, ya’ni
bajarilayotgan operatsiya kodi hamda operatsiyada ishtirok etayotgan operandlarning manzillari
saqlanadi. Komandalar registri MPning interfeys qismida, komandalar registrlari uchun
mo’ljallangan blok ichida joylashgan.
Mikroprotsessor registrlari
- uzunligi turlicha bo’la oladigan tez ishlovchi xotira uyalari
(standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past bo’lgan asosiy xotira qurilmasi
uyalaridan farq qiladi)
Do'stlaringiz bilan baham: |