O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


djoystik, sichqon, trekbol, maxsus ko’rsatkich yoki pero


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   152
Bog'liq
SATQ

djoystik, sichqon, trekbol, maxsus ko’rsatkich yoki pero 
(yorug’lik perosi)). Ushbu 
qurilmalar grafik interfeysga ega operatsion tizimlar paydo bo’lishi bilan ommalashib ketdi. 
Manipulyatorning keng ko’lamda qo’llaniladigan turlaridan biri qo’l kaftiga bemalol 
sig’adigan, tugmali quticha ko’rinishiga ega 
sichkon 
sanaladi. Sichqon stol yoki boshqa yuza 
ustida qanday surilsa, monitor ekranidagi kursor ham xuddi shu tarzda suriladi. Sichqon 
tugmalari yordamida kompyuterga komandalar berish mumkin. O’lchamlari kichik 
kompyuterlarda sichqon o’rniga 
trekbol, tachpad va trekpoynt 
qo’llaniladi. O’yin o’ynashda 
foydalaniladigan 
djoystik 
ham manipulyatorlar jumlasiga kiradi. 
Trekpoynt 
(ingl. Track point) ilk bor ay-bi-em (ibm) firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan 
noutbuklarda paydo bo’lgan bo’lib, diametri 5-8 mm keladigan usti paxmoq jajjigina pishang 
ko’rinishiga ega. Trekpoynt klavishlar orasida joylashgan bo’lib, barmoq bilan bosilib 
boshqariladi. 
Tachpad 
(ingl. Touchpad) sezgir panel bo’lib, ustiga qo’yilgan barmoq harakati kursorni 
harakatga keltiradi. Aksariyat zamonaviy noutbuklarda aynan tachpad qo’llaniladi. Negaki, 
ichida harakatchan qismlar yo’qligi uning yuksak ishonchliligini kafolatlaydi. 
Trekbol 
(ingl. Trackball) taglik ustiga o’rnatilgan shar ko’rinishiga ega bo’lib, uning 
aylantirilishi kursorning ekran bo’ylab harakatini yuzaga keltiradi. Jajji trekbollar o’lchamlari 
kichik shaxsiy kompyuterlarda keng qo’llaniladi. Korpusga o’rnatiladigan trekbollar tashqi 
tomonga maxsus qisqich yordamida mahkamlanib, noutbukning har-xil joylariga joylashtiriladi, 
interfeysga esa kabel vositasida ulanadi. Vaqt o’tgan sari shar yuzasi va yo’naltiruvchi g’altaklar 
ifloslanishi trekbollarning asosiy nuqsoni bo’lganligi sababli keng tarqalmadi. 
Djoystik 
(ingl. Joystick) pishang ko’rinishiga ega manipulyator. Djoystikning deyarli har 
qanday zamonaviy modelini elektr ta’minoti uchun 5 voltli kuchlanish manbasidan 
foydalaniladigan ikkita reostat datchik sifatida tasavvur etish mumkin. Djoystik dastasi ikkita 
o’zgaruvchan rezistorga bog’langan bo’lib, dasta harakatga keltirilganida, ushbu rezistorlar 
qarshiligi ham o’zgarib boradi. Rezistorlardan biri harakatni x koordinatasi, ikkinchisi esa y 
koordinatasi bo’ylab kechishini belgilaydi. Djoystikdagi adapterning vazifasiga rezistorlar 
qarshiligi parametrining o’zgarishini raqamli kodga aylantirish kiradi. Djoystiklarning tashqi 


199 
ko’rinishi muayyan o’yinning sinfiga bog’liq holda boshqaruv dastasi, samolyot shturvali
avtomobil ruli, tugmalar o’rnatilgan tekis yuza ko’rinishiga ega bo’lishi mumkin. 

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling