O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   152
Bog'liq
SATQ

Kiritish-chiqarish portlari 
- shaxsiy kompyuterning tizim interfeysiga qarashli joylar 
bo’lib, mikroprotsessor ayni shu nuqtalar orqali boshqa qurilmalar bilan axborot almashinadi. 
Mikroprotsessorda jami 65536 ta portlar bo’lishi mumkin. Har bir port, xotira uyasining 
manziliga mos keluvchi manzilga, ya’ni port raqamiga ega. Ushbu manzil (port raqami) asosiy 
xotira qurilmasining bir bo’lagi emas, balki kiritish-chiqarish qurilmasining ushbu portdan 
foydalanuvchi qismi sanaladi. 
Barcha qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari shinaga tegishli ajratkichlar (slotlar) orqali 
bevosita yoki maxsus kontrollerlar (adapterlar) orqali ulanadi. 
Mikrodasturlarni xotirada doimo saqlovchi qurilma 
(XDSQ) - ShK bloklarida 
axborotga ishlov berish operatsiyalari bajarilishi uchun zarur bo’ladigan boshqaruvchi signallarni 
(impulslarni) o’z uyalarida saqlaydigan qurilma sanaladi. Deshifrator tomonidan operatsiya 
kodiga muvofiq tanlangan operatsiya impulsi boshqaruvchi signallarning zaruriy izchilligini 
mikrodasturlarni XDSQ ichidan solishtirib chiqaradi.
Printer 
- axborotni qog’ozga bosib chiqarish uchun mo’ljallangan elektromexanik qurilma. 
Printerlar monoxrom va rangli, zarb berib (impact) va zarb bermay ishlaydigan (non-impact) 
turlarga bo’linadi. Ishi izchil kechadigan printerlar belgilarni qog’ozga ketma-ket bosadi, satrli 
printerlar - bitta satrni birdaniga, sahifali printerlar esa bitta sahifani butunligicha shakllantiradi. 
Axborotni bosish texnologiyasiga ko’ra printerlar matritsali, purkovchi, lazerli, yorug’lik diodi 
vositasida ishlaydigan va sublimatsion turlarga farq qiladi. 
Matritsali 
printerlar XX asrning 70-, 80- yillarida kompyuter sohasida eng keng tarqalgan 
printerlar bo’lgan. Ishi zarb berib (impact dot matrix) izchil kechadigan axborot bosish 
qurilmalari ignalar yoki ingichka kichik o’zaklarning bitta (ikkita) vertikal qatoriga ega bosuvchi 
kallak bilan jihozlangan. Ushbu kallak bosilayotgan satr bo’ylab harakatlanadi. Zarur bo’lgan 
fursatda esa ignalar rangli tasma ortidan qog’ozga zarb berib, bir belgidan so’ng keyingi belgini 


195 
izchil shakllantirib boradi. Bunday printerlarda muayyan formatli yoki rulon qilib o’ralgan 
qog’ozdan foydalanish imkoni mavjud. Printer kallagi 9, 18 yoki 24 dona igna bilan jihozlanishi 
mumkin. Bunday printerlarning keng karetkali (A-3 format) va tor karetkali (A-4 format) 
modellari mavjud. 
Matritsali printerlarning bosish sifati yuqori bo’lmaydi, ishi shovqinli kechib, unumdorligi 
past bo’ladi. Satr va sahifa bosuvchi matritsali printerlar ishining unumdorligi nisbatan yuqori 
bo’ladi. Bunday printerlarda nuqtali-matritsali kichik o’lchamli kallaklar o’rniga ignalarni ko’p 
soniga ega uzun massivlardan foydalaniladi. Bunda bosish tezligi daqiqada 1500 satrga qadar 
ortishiga erishiladi. XX asrning 90-yillaridan e’tiboran matritsali axborot bosish qurilmalari 
o’rnini purkovchi va lazerli printerlar egallay boshladi. 

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling