O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   152
Bog'liq
SATQ

 
Palmtop 
(ingl. 
palmtop
) ixcham mikrokompyuterlarning eng jajji, kishi cho’ntagi yoki 
kaftiga bemalol joylashadigan alohida turi. Shu bois unga ikkinchi nom - 
handheld personal 
computer 
(
HPC

kaft usti shaxsiy kompyuteri 
nomi berilgan. Palmtoplarda Intel x86 oilasiga 
mansub protsessorlari bilan mos kelmaydigan, faqat IBM PC-mos keladigan kompyuterlarda 
foydalaniladigan mikroprotsessorlar qo’llanilgan. Elektr energiyasining oz miqdorini iste’mol 
qiladigan kaft usti shaxsiy kompyuteri batareyalar vositasida noutbukka nisbatan o’nlab barobar 
uzoq vaqt ishlay oladi. Palmtoplardagi tezkor xotira qurilmasining hajmi 216 Mb ni tashkil etadi. 
Cho’ntaki kompyuterlar alohida operatsion tizim bilan ta’minlanadi. Palmtoplar, odatda, 
organayzer vazifasini bajaradi, shuningdek, ulardan kalendar yoki yozuv daftarchasi sifatida 
foydalaniladi. 
XX asr 90- yillarining oxiridagina kompyuterlarning boshqa turlari bilan axborot 
almashinish, global kompyuter tarmoqlariga ulash imkonini beruvchi operatsion tizimlarga ega 
palmtoplar paydo bo’ldi. Kaft usti shaxsiy kompyuteri, odatda, elektron pochta bilan ishlash 
uchun soddagina dastur va kompyuterlarning boshqa turlari bilan ma’lumot almashinish uchun 
mo’ljallangan dasturlar bilan ta’minlanadi. 
Palmtop vazni 450 grammdan oshmaydi, o’lchami taxminan 20x10 sm, qalinligi 2-3 sm 
keladi. Cho’ntaki kompyuterlar tarkibida ko’chmas magnit disk asosidagi to’plagich ham, disk 
kiritish qurilmasi ham bo’lmaydi. Konstruktiv jihatdan ikkita o’zaro ulangan panel ko’rinishiga 
ega bo’lib, yozuv daftarchasi kabi yopiladi. Ushbu panellardan biriga klaviatura, ikkinchisiga esa 
sezgir ekran joylashgan. Ularning ayrim modellari jajji klaviaturali bo’lsa, ayrimlari umuman 
klaviaturasiz, ya’ni bitta panel ko’rinishida ishlab chiqariladi. Klaviaturasiz modellar ishi 
ekranga maxsus peroni bosish yoki ushbu pero vositasida ekranga chizish orqali boshqariladi. 
Kompek (

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling