O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
mexanik sichqonlarning
) aksariyatida surilishni kodlashtirishning optik-mexanik tamoyili qo’llaniladi. Bunda, rezina bilan qoplangan, vazni og’ir, nisbatan katta diametrga ega kichik shar stol yuzasiga tegib turadi. Shar yuzasiga siqib qo’yilgan g’ildirakchalar esa bir-biriga perpendikulyar, ikkita datchikka ega o’qlarga o’rnatilgan. Optik juftlikni (svetodiod-fotodiod juftligini) tashkil etgan ushbu datchiklar tirqishlarga ega disklarning boshqa-boshqa tomonlariga joylashtirilgan. Yorug’likka ta’sirchan elementlarning yorilish tartibi sichqon suriladigan yo’nalishni, ushbu elementlardan keladigan impulslar chastotasi esa -tezlikni belgilaydi. Sharning stol yuzasi bilan yaxshi mexanik kontaktda bo’lishini maxsus gilamcha ta’minlaydi. Kursorning ekranda muayyan vaziyatga yanada aniq kelishiga optik sichqon yordamida erishiladi. Bunday sichqonni ishlatish uchun yuzasiga bir- biriga nisbatan perpendikulyar joylashgan qoramtir va och rangli chiziqlardan iborat juda mayda to’r yuritilgan maxsus gilamcha qo’llaniladi. Sichqonning quyi qismida joylashgan ikkita optik juft gilamchani yoritib, harakat mobaynida kesib o’tilgan chiziqlar soniga ko’ra surilishning qiymati va tezligini aniqlaydi. Koordinatalarni hisoblab chiqarish uchun mo’ljallangan sichqon ichiga joylashtirilgan qurilmalarning imkoni 400 dpi ni tashkil etib ( Dot per Inch -dyuymda nuqtalar soni), mexanik qurilmalarning o’xshash ko’rsatkichlaridan ustun keladi. Ma’lumot tashuvchi , axborotlarga avtomatik ravishda va avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish tizimlariga axborot yozish va ushbu tizimlarda saqlash uchun qo’llaniladigan jismoniy jism yoki muhit. Ma’lumot tashuvchilar perfokarta va perfolenta, magnit tasmalari va disklari, optik disklar, fotoplastinka va fotoplyonkalar kabi ko’rinishlarda keng tarqalgan. Axborot bunday tashuvchilarga, ularning shakli, magnit, optik va boshqa xususiyatlarini o’zgartirish yo’li bilan yoziladi. Ma’lumot tashuvchilar tovush va videotasvir yozish tizimlari, EHM, axborot- qidiruv tizimlari, dastgoh-avtomatlar va shu kabilarda qo’llaniladi. Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling